“Zarafshon” konsert zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ilm-fanga ixtisoslashgan Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning eng yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo‘lgan Scopus statiskasi bo‘yicha samarali faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yetakchi olimlarning nomini e’lon qildi.
“Scopus Award–2019” taqdirlash marosimida yil davomida ilmiy-tadqiqot faoliyat bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik olimlar o‘rtasida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Taqdimotda 28 ta nominatsiya bo‘yicha 37 nafar olimlar va tadqiqotchilar, 6 ta OTM va 1 ta ilmiy jurnal taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashi raisi, akademik Salimov Oqil Umurzoqovich “Ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nominasiyasi bilan taqdirlandi. Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi Biotexnologiya laboratoriya mudiri Dilbar Dolimova “Women in Science” (“Yil olimasi”) nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti katta o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jayev esa “Top Researcher in Humanities” (“Gumanitor sohada yil tadqiqotchisi”) nominatsiya g‘olibi bo‘ldi. R.Salaxo‘jayev Innovasiya vazirligining doimiy ekspertidir.
Scopus Award – Elsevier kompaniyasining dunyo miqyosidagi tashabbusi bo‘lib, jahoning nufuzli ilmiy mukofoti hisoblanadi. Mukofot olimlarning sermahsul faoliyatini rag‘batlantirish, ziyolilar mavqeni ko‘tarish hamda yoshlar o‘rtasida ilmiy faoliyat bilan professional shug‘ullanishni ommalashtirishga yo‘naltirilgan.
Ma’lumot uchun, 2018 yilda Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov “Qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida eng yaxshi olim” deb topilgan bo‘lsa, vazirlik huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori, professor Shahlo Turdiqulova “Eng yaxshi ayol olima” nominatsiyasining g‘olibi bo‘ldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!