$
12531.78 UZS
75.53
159.82 UZS
1.46
14538.12 UZS
76.41
31° Kechasi 20°

Qushcha va olmaxon

18:03 / 05.04.2020

O‘rmondagi daraxtda olmaxon bilan kichkina qushcha qo‘shni bo‘lib yashar edi. Ular bir-birlariga xalaqit bermay, har biri o‘z ishi bilan band bo‘lardi. Olmaxon ertadan-kechgacha yong‘oq, qurigan mevalarni yigib qishga zaxira tayyorlar edi.Qushcha esa shu atrofdagi daraxtlarga oralagan zararli hasharotlarni terib yerdi. Olmaxonni har kuni ertalab to‘q-to‘q etgan ovoz uyg‘otardi. Bu – daraxt po‘stlog‘i tagida yashiringan hasharotlarni topib yeyayotgan qushchaning ovozi ekanligini bilardi.
Bir kuni olmaxon qushchaga qarab:
– Qushcha, sening isming nima? – deb so‘radi.
– Otim qushcha.
– Qushcha ekanligingni bilaman. Qanday qushsan, deb so‘rayapman.

Qushcha o‘ylanib qoldi. Bu haqda hyech o‘ylamagan ekan.
– Men oddiy qushchaman. Qanday qushcha ekanligimning nima ahamiyati bor?
– Bor, hamma o‘z ismini bilishi kerak. Masalan, mana men olmaxonman, anavi quyon. Sen-chi chittakmisan, chumchuqmisan, zag‘izg‘onmisan, nimasan?
Qushcha g‘amgin bo‘lib boshini egdi va:
– Men o‘zimni doim oddiy qushcha deb hisoblar edim, boshqa narsani bilmayman, – dedi.
– Bu ishni shunday qoldirib bo‘lmaydi. Tezda o‘rmon majlisini yig‘ib sening qanday qush ekanligingni aniqlash kerak, – dedi olmaxon.
Olmaxon ayiqning oldiga borib fikrini aytdi va ular birgalashib o‘rmon hayvonlari majlisini chaqirishdi. Majlisda ular bilan yashayotgan qushchaning qanday qush ekanligini aniqlash masalasini hal qilish lozim edi.
Majlisga yig‘ilgan jonivorlar baqirib- chaqirib o‘z fikrlarini ayta boshlabdilar. Qushcha maydoncha o‘rtasidagi to‘nka ustida boshini egib turar, hayvonlarning baland ovozlaridan qo‘rqib titrar edi. Bahs- munozara shu darajaga yetdiki, endi qushchaga hyech kim e’tibor bermay ham qo‘ydi. U esa to‘nka ustida “chiq-chiriq, chiq-chiriq”, deb yig‘lab turar edi.
Ordan bir oz vaqt o‘tgach, qushcha qanotlarini yozib osmonga ko‘tarildi. Lekin shovqin-suron solayotgan jonivorlar buni sezishmadi. Qushcha ularning tepasida bir-ikki aylandi-da uchib ketdi.
Oradan bir yil o‘tdi, o‘rmon hayoti o‘z yo‘nalishida davom etar edi. Bir kuni olmaxon zaxira uchun to‘plagan yong‘oqlariga qurt tushganini ko‘rib qoldi. Avvallari hyech bunday bo‘lmagan edi, chunki qushcha daraxtga yaqinlashgan zararli hasharotlarni terib yer va shu atrofdagi daraxtlarning salomatligiga mas’ul edi. Endi u anchadan beri bu yerlarga kelmaydi. Olmaxon buni tushundi va o‘zining qilgan ishidan qattiq afsuslandi.
Bir kuni tong saharda inida uxlab yotgan olmaxon to‘q-to‘q etgan tanish ovozni eshitdi. Qushcha qaytib kelgan bo‘lsa kerak, deb sevingancha shoshib inidan tashqariga chiqdi. Qarasa, bir notanish qush u yashayotgan daraxtdagi zararli hasharotlarni terib yeyayotgan ekan. Olmaxon qushga salom berib so‘rashdi, lekin uning qanday qush ekanligini so‘ramadi. Qush ham ortiqcha gapirmay o‘z ishini davom ettirdi. Olmaxon daraxt shoxida o‘tirib xayol surdi. O‘rmonda yong‘oq terib yurganida tanish qushchasini ko‘rsa, undan qilgan ishi uchun, albatta, uzr so‘rashni ko‘ngliga tugib qo‘ydi. Qush esa ish orasida unga qarab qo‘yar ekan, olmaxonning g‘amginligini sezdi. O‘zining ulg‘ayib iniga qaytib kelgan o‘sha qushcha ekanligini, oti esa qizilishton ekanligini aytgisi keldi, lekin uni tanimagan olmaxonni xijolat qilishni istamay indamay qo‘ya qoldi.


Bu ham qiziq

Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
17:33 / 25.06.2025
O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida turli rusumda…
11:39 / 24.06.2025
24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol …
17:36 / 23.06.2025
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

“Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan Barqaror rivojlanish h…
12:27 / 25.06.2025
Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
17:03 / 24.06.2025
Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi

Samarqandda shina do‘koni yonib ketdi

Xabarga asosan, yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da voqea joyiga borib, yong‘in 15:21 da o…
15:54 / 25.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” pley-offga yo‘l oldi

Klublar o‘rtasidagi JCh. Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” pley-offga yo‘l oldi

Ushbu bellashuvlardan keyin “A” guruhida “Inter Mayami” va “Palmeyras” bir xil 5 ochko to‘plagan holda keyingi bosqichga yo‘…
09:45 / 24.06.2025
Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025
25-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
16:30 / 24.06.2025
Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Hunnu Air tomonidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan‑to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:14 / 23.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!