XABARDOR.UZ: Yer sharining qaysi nuqtasini olib ko‘rmaylik, mazkur vaziyatga duch kelamiz: ayollarning umr ko‘rish davomiyligi erkaklarnikiga qaraganda uzunroq. Agar Yevropani misol tariqasida oladigan bo‘lsak, hayot davomiyligi o‘rtasidagi farq uch va olti yil orasida ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Sharqqa qarab harakatlanamiz: ushbu ko‘rsatkich yetti-sakkiz yil orasini tashkil qilishini kuzatishimiz mumkin. Rossiya, Belorus va Litvada bu rekord natijaga yetgan va yaqin yillar ichida farq o‘n besh yilgacha yetishi mumkin. Har nima bo‘lganida ham, noqulay bir vaziyat yuzaga kelmoqda: kuchli jins egalari hayot quyoshi botishiga qarab yo‘nalganida u qadar qudratga ega emasliklariga guvoh bo‘lamiz. Olimlar bu savolni ham chetlab o‘tishmadi va shunday qarorga kelishdi: erkaklar turli biologik sabablar va hayotda yashash uslubi tufayli uzoq umr ko‘rishga moyil emaslar. Masalaning ikkinchi esa erkaklar zararli odatlar va mantiqqa to‘g‘ri kelmas amallarini bajarishadi. Quyida keltirilgan ikki jins orasidagi farqlarga qaramasdan shuni xulosa qilish mumkinki, ayollar qanchalik zaif bo‘lishlariga qaramay, erkaklarga nisbatan ko‘proq umr ko‘rishadi.
Barchasi ona qornida boshlanadi
Ideal natija bo‘yicha dunyoga kelgan o‘g‘il bolalar soni qiz bolalar soniga qaraganda 2,5 baravar ko‘proq bo‘lishi kerak, biroq haqiqat nuqtai-nazaridan olib qaraganda o‘g‘il bolalar organizmi tug‘ulguniga qadar ona qornida yuzaga keladigan infeksiya va boshqa sinovlarga nisbatan kurasha olmaydi. Bu esa “o‘g‘il bola-qiz bola” proporsiyasini 1:1 ko‘rsatkichga yetkazadi. Shu bilan birga erkaklar o‘pka va miya kabi organlarning yaxshi rivojlanmay qolishiga ko‘proq duchor bo‘lishadi, chunki ularning organizmi ayollarnikiga qaraganda sekinroq rivojlanadi.
X-omil
Ma'lumki, bola organizmimizdagi belgilarni meros qilib olishi xromosomalarga bog‘liq. Sog‘lom organizm jinsiy hujayralari 23 ta juftlikka, ulardan 22 tasi asosan bir-biriga o‘xshash bo‘ladi, oxirgisi esa jinsga qarab farqlanadi: ayollarda ikkita X xromosoma, erkaklarda esa bitta X va bitta Y xromosoma bo‘ladi. Shuning uchun X vaYxromosomalarga erkak va ayol xromosoma nomlari beriladi. Ba'zi tadqiqot natijalari bo‘yicha erkaklarda X xromosomalarning yetishmasliga ularning kam umr kechirishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
Agar erkaklar qaltis amallarni sodir etganlarida, ularning soni mavjud ko‘rsatkichga qaraganda ko‘proq bo‘lar edi.
Genetik material saqlash maqsadida
Boshqa ilmiy fikrlar orasida yana bir taxmin mavjud: ayol kishi avlodni davom ettirish vazifasini bajargani sababli evolyutsiya uning yonini olib, unga bir necha himoya mexanizmlarini joriy qilgan. Aynan ular ayollarning uzoq umr ko‘rishini ta'minlaydi, shuning uchun uning genetik materiali erkaklarnikiga qaraganda ko‘proq himoya qilingan. Shaxsiy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olmaslik ildizlarini ham biologiya va anatomiyadan qidirish lozim: tavakkalchiliklarni o‘lchab, mas'ullik masalalariga javob beradigan miya hujayralari erkaklarda ayollarga qaraganda kamroq rivojlangan. Bu esa erkaklarni jasoratga yo‘llovchi kuch mantiqqa qarab ish tutmaslik ekanini anglatadi.
Yurak kasalliklari
Yurak kasalliklari jins tanlamaydi – ayollar ham erkaklar ham unga baravar ko‘rsatkichda moyil bo‘lishadi. Biroq erkaklarda mazkur kasalliklar 30-40 yoshda “pishib yetilsa”, ayollarda esa 10 yil kechroq ko‘zga tashlanadi. Buning sababi esa ayollar organizmidagi estrogenga bog‘liq – aynan u tufayli 40 yoshli ayollar qon tomirlari 30 yoshdagi erkaklar tomirlarinikidek ko‘rinishda bo‘ladi va ayollarni turli yurak kasalliklaridan himoya qilib, o‘z funksiyalarini ko‘proq saqlab qoladi.
Zararli odatlar
Ayollar va erkaklar orasidagi alkogol va nikotinga tobelik bo‘yicha statistika ma'lumotlari so‘nggi yillarda erkaklarga yon bosayotganiga qaramay, mazkur zararli odatlar hamon erkaklarga xos salbiy xususiyatlar bo‘lib qolmoqda. Mazkur odatlarning qanchalik zararli ekanini haqida batafsil ma'lumot berish shart emas, tamaki qutisidagi yozuvning o‘zi kifoya.
Bir xilda taqsimlanmagan zo‘riqishlar
Erkaklarning ishda duch keladigan jismoniy va ruhiy zo‘riqishlari o‘ta sokin, ba'zida esa umuman harakat qilmay kompensatsiya qilinadi. Bunday tezkor almashinuv sog‘liqqa zarar keltiradi, ishdan keyin uy yumushlari bilan band bo‘ladigan ayollar esa bu borada mamnun bo‘lishlari kerak, mutaxassislar aynan shu grafikni foydali, deb hisoblaydilar.
Javobgarlik
Erkaklarga yuklanadigan vazifalar ularning sog‘ligi va yoshiga keskin proporsionaldir, buni rahbar erkaklar misolida ham ko‘rishimiz mumkin – na oylik maosh hajmi, na shaxsiy xona ularning kundalik mas'uliyati to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha umr ko‘rish yillarini qo‘shib berolmaydi. Shu bilan birga ayollar tomonidan bajariladigan ishlar muhim qarorlarni qabul qilishni talab etmaydi, shuning uchun hayotni qisqartiradigan ruhiy zo‘riqishlarning sodir bo‘lish ko‘rsatkichi erkaklardagiga qaraganda ancha kamroq.
Yaqin aloqalar
Erkaklar orasida tarqalgan zararli odatlardan yana biri bu – muammolarni ichga yutishdir, mazkur ruhiy jasorat evaziga erta o‘lim sodir bo‘lishi mumkin. Ayollar esa taqdirdan nolish va shikoyatlar masalasida o‘zlarini ushlab turishga kamroq moyil bo‘lishadi, aynan shuning evaziga qo‘shimcha yillarga ega bo‘lishadi. Yaqin ijtimoiy aloqalar ruhiy zo‘riqishlarda a'lo darajadagi terapevtik ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun erkak va ayol bir-birini qo‘llab-quvvatlagan nikohlarda har ikkala juftlik uzoq umr ko‘rishi kuzatiladi.
Sog‘liqqa bo‘lgan alohida e'tiborv
Oxir-oqibat ayollar ichki og‘riqlarga ahamiyatliroq bo‘lishadi va darhol shifokorlarga murojaat qiladilar. Erkaklar uchun esa sog‘liq hech narsa emas, kasalxonaga borishda qo‘rqib, og‘riqlarni ongsiz holda pasaytiradilar. Botirlikning zarari yo‘q, biroq qandaydir “oddiy shilinish” qaytarib bo‘lmas oqibatlar keltirishi mumkinligini ham hisobga olish lozim.