$
12672.81 UZS
79.04
158.89 UZS
0.4
14753.69 UZS
55.5
38° Kechasi 25°

O‘zbek qizi boks bo‘yicha ilk marta jahon chempioni bo‘ldi

09:19 / 23.04.2021

2021-yil 22-aprel kuni Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati qizlar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tdi.

Final bahslarida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi qizlar Nigina O‘ktamova hamda Mohinabonu Abdullayeva ishtirok etdi.
-54 kg vazn toifasida ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi ringga ko‘tarilgan samarqandlik Nigina O‘ktamova o‘z raqibini 4:1 hisobida yengdi. 
U bu g‘alabasi bilan o‘zbek bokschi qizlari orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchi bo‘ldi. 

-64 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Mohinabonu Abdullayevaga esa rossiyalik Azaliya Amineva bilan kechgan bellashuvda biroz omad yetishmadi. 

Ma’lumot uchun, bugun 23-aprel kuni ushbu turnirning erkaklar o‘rtasida final janglari o‘tkaziladi. Unda ham ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi oltin medal uchun kurash olib boradi. 
-52 kg vazn toifasi Shahzod Muzaffarov rossiyalik Yevgeniy Jorovga qarshi bahs olib borsa, +91 kgda Jahongir Zokirov armanistonlik Xovanes Papazyanga qarshi ringga ko‘tariladi.


Bu ham qiziq

Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Erkak pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
23:06 / 09.08.2025
Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025
Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga avvalroq 450 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.
12:49 / 11.08.2025
Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishgan.
19:48 / 09.08.2025
Samarqandda elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Samarqandda elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani bildirilgan.
12:46 / 11.08.2025
G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

Uning ustiga insonparvarlik yordami yuklangan konteyner tushib ketgan.
11:58 / 10.08.2025
Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Umuman olganda, 9-avgust kuni “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun shu kungacha bo‘lgan eng yirik mitingda…
10:12 / 10.08.2025
Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Bu haqda Sydney Morning Herald gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
11:27 / 11.08.2025
Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trend ortidan quvish, go‘yoki boshqalardan orqada qolmaslikka urinish insonni o‘zidan uzoqlashtiradi. U Instagram’dagi “idea…
12:17 / 10.08.2025
11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:06 / 10.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!