$
12586.41 UZS
54.63
160.42 UZS
0.6
14758.82 UZS
220.7
33° Kechasi 21°

Kun tarixi: 20-oktyabr – Xalqaro oshpazlar kuni

11:27 / 20.10.2021

Har yilning 20-oktyabr sanasi Xalqaro oshpazlar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram Butunjahon oshpazlar assotsiatsiyasi tomonidan 2004-yilda taʼsis qilingan. Xalqaro oshpazlar kuni munosabati bilan sizga dunyodagi eng yaxshi oshpazlar roʻyxatini taqdim etamiz.

Aynan mana shu odamlar oshpazlik yoʻnalishida u yoki bu taom, mahsulot va taom tayyorlash uslubini urfga kiritishadi. Ularni butun dunyoda eng yaxshi oshpazlar sifatida bilishadi.

Gordon Ramzi

Taniqli oshpaz bir nechta televizion loyihalarga boshlovchilik qiladi, Angliyaning oʻzida oʻndan ortiq, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 12 ta restoran ochgan. Ramziga tegishli birinchi restoran – “Gordon Ramsay at Royal Hospital Road” ochilish marosimidan keyin oradan 3 yil vaqt oʻtib 3 ta mishlen yulduziga ega boʻlgan. Gordon Ramzi tomonidan yozilgan pazandachilikka oid kitoblarning son-sanogʻi yoʻq. Ularning barchasi bestsellerga aylangan.

Alen Dyukass

Alen Dyukass oʻz faoliyatini Bordo shahridagi mehmonxonalarning biri oshxonasida yordamchilikdan boshlagan. U bugungi kunga kelib provansal oshxonasining eng mashhur va eng yaxshi mutaxassisi sifatida eʼtirof etiladi. Dyukass tomonidan ochilgan restoranlar Tokio, Monako, Parij, Nyu-York, Beyrut, Sankt-Peterburg shaharlarida faoliyat olib boradi. Alen Dyukass oʻz faoliyatini anʼanalar bilan birlashtira olgan.

Jeymi Oliver

Jeymi Oliver – britaniyalik restorator, oshpaz, shoumen.

Oliver oʻz kitoblari, televizion dasturlari, dunyoning turli mamlakatlaridagi chiqishlari bilan odamlarni sogʻlom taomlar isteʼmol qilishga undaydi. Oshpaz tomonidan olib boriladigan koʻrsatuvlar dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida efirga uzatiladi. Jeymi Oliver bolalar orasidagi semizlikka qarshi kurashish va sogʻlom taomlanishni targʻib qilish yoʻnalishi boʻyicha Qirollik shifokorlar kollejining aʼzosi hisoblanadi. “Manchester Siti” sport klubi Jeymi Oliver bilan shartnoma imzolagan, unga koʻra malakali oshpaz klub taomnomasi uchun javob beradi.

Nobuyuki Nobu Matsuxisa

Matsuxisa – fyujn oshxonasining eng taniqli vakili ekanligi bilan mashhurlikka erishgan. U oʻz taomlarida Yaponiya oshxonasiga xos boʻlgan jihatlarni Peru va Argentina oshxonasiga tegishli taomlar bilan uygʻunlashtiradi. Taniqli oshpaz oʻz vaqtida Yaponiya, Peru, Argentinada faoliyat olib borgan, shu kunga qadar toʻplagan tajribasi bilan ayni vaqtda Los-Anjeles shahri mehmonlariga xizmat koʻrsatib beradi. Nobuyuki Nobu Matsuxisa dunyodagi eng yaxshi 10 oshpazdan biri sifatida tan olingan. Ekspertlar uning taom tayyorlash uslubiga teng keladigani yoʻq ekanligini aytishadi.

Volfgang Pak

Kelib chiqishi Avstraliyadan boʻlgan taniqli oshpaz Volfgang Pak taomlar tayyorlash jarayoniga noodatiy yondashuvi bilan mashhurlikka erishgan. U bugungi kunda dunyo boʻylab 20 dan ortiq restoranlarga egalik qiladi. Volfgang Pak tomonidan oʻylab topilgan original buterbrodlar dunyoning eng katta aeroportlarida sotiladi. Oskar mukofotini topshirish marosimidan keyin mehmonlar uchun yozilajak muhtasham dasturxon uchun ham aynan Volfgang Pak javob beradi.

 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida turli rusumda…
11:39 / 24.06.2025
Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.
11:14 / 24.06.2025
Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston davlat tashrifi yakuniga yetdi

Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston davlat tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p q…
14:19 / 25.06.2025
Sergelida Spark yonib ketdi

Sergelida Spark yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
11:27 / 25.06.2025
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
11:02 / 25.06.2025
Toshkentda fuqaro xonadonida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Toshkentda fuqaro xonadonida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92 prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiri…
09:23 / 25.06.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari rafiqalari bilan daraxt ekishdi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari rafiqalari bilan daraxt ekishdi

25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari…
12:58 / 25.06.2025
Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025
26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
14:41 / 25.06.2025
Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Shuningdek, xabarda yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida…
10:13 / 24.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!