$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Perudagi Nasko platosidan topilgan sirli suratlar koinot bilan bog‘liqmi?

13:08 / 17.11.2019

Yapon olimlari Peruning Nasko platosidan 143 ta yangi geoglif topishdi. Ularning ayrimlarida sirli “monstrlar” tasvirlangan, deb xabar beradi Yamagata universiteti sayti.  Bu ulkan rasmlar platoning g‘arbiy qismida dala ishlari hamda 3D ma’lumotlarini o‘rganish vaqtida topilgan. Rasmlarda qushlar, hayvonlar, ikki boshli ilonlar va boshi to‘rtburchak g‘alati jonzotlar aks ettirilgan. Olimlar bu geogliflar eramizdan oldingi yuzinchi va eramizning uch yuzinchi yillarida yaratilganligini aytishmoqda. 

Nasko platosida bunday rasmlar borligi XVI-asrda ma’lum bo‘lgan edi. Ispan bosqinchilari bu suratlarni yo‘l ko‘rsatkichlari deb qabul qilishgandi. Shundan keyin 1939-yilda geogliflarga takroran duch kelingan va havodan fotosuratga olingan. Hozirga kelib bu yerda hayvonlar, o‘simliklar, geometrik shakllar aks etgan 30 taga yaqin, chiziqli 13 ming geoglif aniqlangan. Ayrim suratlar koinotdan ham ko‘rinadi. Olimlarn eramizning birinchi asrida yashagan odamlar qanday qilib bunday suratlarni chiza olganliklarini aniqlay olmasdan boshlari qotgan. Ayrim mutaxassislar bu suratlar hindularning koinot bilan aloqada bo‘lganliklari belgisi, deyishsa, kanadalik olimlar bu chizgilar inklarning “yo‘l ustidagi ibodatxonalari” bo‘lishi kerak, degan fikrdalar. 


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiyada qiyin ahvolga tushgan o‘zbekistonliklar 30 kungacha bepul yotoqdan foydalanishi mumkin

Rossiya Federatsiyasida ishlash jarayonida murakkab moliyaviy ahvolga tushib qolgan, turar joysiz qolgan, tazyiq yoki zo‘rav…
16:51 / 13.12.2025
Shifoxonalarda dorilarni qo‘llash bo‘yicha tekshiruvlar va protokollarni yangilash ishlari boshlandi

Shifoxonalarda dorilarni qo‘llash bo‘yicha tekshiruvlar va protokollarni yangilash ishlari boshlandi

Klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqish va xalqaro manbalar tomonidan samarasiz yoki yetarlicha o‘rganilmagan deb topilgan…
15:08 / 13.12.2025
“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha murojaatlar uchun “Call-markaz” tashkil etildi

“Elektron retsept” tizimi bo‘yicha murojaatlar uchun “Call-markaz” tashkil etildi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
14:34 / 13.12.2025
Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini Ukrainaga moslab qayta ko‘rib chiqmoqda

WSJ gazetasining yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi …
08:34 / 15.12.2025
Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

Odam savdosidan jabrlangan o‘zbek, qozoq va qirg‘iz fuqarolari Myanmadan vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston va Qozog‘istonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida Myanmada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zb…
15:50 / 13.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
18:02 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!