Yandex.Taxi Sberbankning VisionLabs kompaniyasi va “Sistema” venchur fondi bilan birgalikda haydovchilarning charchog'ini monitoring qilish tizimini joriy etishni rejalashtirgan.
Ushbu tizim haydovchining holatini old oynaga o‘rnatilgan infraqizil kamera yordamida baholaydi. Kamera taksi haydovchisining holatini yuzidagi 68 punktga qarab kuzatadi va charchash darajasini aniqlaydi, ko‘zni ochib-yumish va boshni egish chastotasi hamda davomiyligini baholaydi.
Agar kamera haydovchining charchoq‘ini aniqlasa, u ogohlantirish signalini olishi mumkin yoki uning buyurtmalarga kirish imkoniyati cheklanadi. Tizim internetga ulanmasdan ishlay oladi. Yandex.Taxi kelajakda bunday infraqizil kameraning sotuvga chiqishi va yuk mashinalari yoki uzoq safarlarni amalga oshiradiganlar foydalanishi mumkinligini istisno qilmaydi.
Tizim bir necha ming Yandex.Taxi avtomashinalarida, shuningdek Uber ilovasi orqali buyurtma qilingan taksilarda sinovdan o‘tkaziladi. Servis Rossiya va MDHda 2018-yil fevral oyida birlashgan. Ishlanma narxi oshkor etilmagan, ammo oldin Yandex.Taxi, keyingi uch yil ichida taksi xavfsizligi texnologiyalariga to'rt milliard rubl miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirilayotgani aytilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!