$
12531.78 UZS
75.53
159.82 UZS
1.46
14538.12 UZS
76.41
31° Kechasi 20°

Eng chiroyli kuz manzaralarini qayerda ko‘rish mumkin?

08:39 / 26.09.2019

Sayohatchilar uchun eng qulay palla hisoblanadigan qaynoq tarovatli go‘zal yoz fasli yakuniga yetdi, lekin ko‘nglingizni cho‘ktirishga hojat yo‘q. Chunki kuz eng yorqin va eng chiroyli mavsum hisoblanadi. Uning ulug‘vorligini to‘liq his qilish uchun esa o‘ziga xos rang-barang kuzgi bo‘yoqlar mujassamlashgan maskanlarga boring. 
  
Nara. Yaponiya

93932e7b.jpeg

Yaponiyada kuz fasli bahorda Sakura daraxti gullagan vaqtdagidan kam emas. Kuz tarovatini butun mamlakat bo‘ylab: Hokkaydo Shimoliy orolidan tortib to Janubiy viloyatlargacha bo‘lgan hududlarda ko‘rish mumkin. Yaponiyada kuz manzarasidan bahramand bo‘lish uchun eng yaxshi joylardan biri bu qadimiy Nara shahridir. Uning bepoyon xiyoboni rang-barang qizil, sariq va oltinrang barglarga to‘la.

Agava Kanyon. Kanada

Картинки по запросу Где самая красивая осень на Земле?

“Agawa Canyon” poyezdiga chiqing va go‘zal kuz manzaralaridan bahramand bo‘ling. Poyezd Kanada va AQSh bilan chegaradosh Saul-Sent-Mari shahridan jo‘naydi. Ushbu yo‘nalish bilan mamlakatning 180 km.lik masofasi bo‘ylab yastangan tabiat go‘zalligiga guvoh bo‘lasiz. Kanyonning kuzgi manzarasi rassom Tom Tomson hamda XX asr boshida Kanadadagi eng taniqli peyzaj rassomlarini o‘z ichiga olgan “Yettilik guruh” uchun ilhom manbai bo‘lgan. Lekin bu go‘zallik uzoq vaqt saqlanib turmaydi. Ularni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz shoshilingiz kerak. 

Din o‘rmoni. Angliya

Картинки по запросу Где самая красивая осень на Земле?

Gloustershir grafligidagi bu qadimiy o‘rmonda bir paytlar qirollik ayonlari ovga chiqishgan. Bundan tashqari bu hududda Tyudorlar sulolasining kemalari yasalgan. Bugun mazkur joy ko‘proq tabiat qo‘ynida badiiy kitob o‘qib o‘tiruvchilarning sevimli maskaniga aylangan. Kuzda esa eman, qarag‘ay va shirin kashtan daraxtlarining rangli barglari sariq va olovranglarning ajoyib uyg‘unlashuvini hosil qiladi.

Oq tog‘lar. Nyu-Gempshir, AQSh

1eb9e3b0.jpg

Nyu-Gempshirning Oq tog‘lari kuz faslining bor go‘zalligiga guvoh bo‘lish uchun butun dunyodagi eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi. Oktyabr oyining boshlarida barglar bilan to‘lgan qirg‘oqlar va tepaliklar bo‘ylab sayr qilib, 76 metr balandlikdan oqib tushuvchi “Kumush kaskad” sharsharasini tomosha maroqli, albatta. 

Luara vodiysi. Fransiya

aff384d4.jpg

Kuz Fransiyadagi Luara vodiysiga borish uchun eng yaxshi palla. Issiq kunlardan keyin yashil tabiatning sariq, jigarrang va olovli ranglarga almashishi ajib manzara kasb etadi. Fransuzlarning o‘zgacha uzumzorlarida hozir ayni yig‘im-terim vaqti. Bu yerda siz haqiqiy fransuz sharobini tatib ko‘rishingiz mumkin.
  
Danenong vodiysi. Avstraliya

7e325177.jpeg

Avstraliyada yorqin kuz martdan may oyigacha davom etadi. Melburn yaqinidagi Dandenong milliy bog‘ida bu qisqa muddat ichida juda chiroyli manzara hosil bo‘ladi.

Bishop-Krik kanyoni. Kaliforniya, AQSh

376a017a.jpeg

Kaliforniyadagi Bishop-Krik kanyonida kuzgi manzaralardan zavqlanish uchun ajoyib joylar juda ko‘p. Inyo okrugidagi Syerra-Nevada tog‘larida joylashgan qoyali tepaliklar oltin barglari bilan hammani hayratga soladi.

Pitloxri, Shotlandiya

0c1712b7.jpg

Shotlandiyaning qarag‘ay o‘rmonlari rangini o‘zgartira olmaydi. Lekin uning boshqa turdagi bargli daraxtlari Yevropadagi eng go‘zal kuz manzaralarini hosil qiladi. Tummel daryosi va Lox-Faskalli suv omborini ajratib turadigan joyda suvga tushgan rang-barang barglar jilosidan bahramand bo‘lasiz. 

Garchi kuzda ob-havo nisbatan salqin bo‘lsa-da, bu sayohat qilishni xush ko‘ruvchilarni to‘xtatib qola olmaydi. Ular har qanday sharoitda ham o‘zlari uchun yangi olamni kashf qilaverishadi.

b012da02.jpg


Bu ham qiziq

Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston davlat tashrifi yakuniga yetdi

Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston davlat tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p q…
14:19 / 25.06.2025
O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida turli rusumda…
11:39 / 24.06.2025
Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.
11:14 / 24.06.2025
26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
14:41 / 25.06.2025
Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida Isroil “ulkan tarixiy yutuqlarga” erishgan va mavjud bo‘lgan ikkita ekzi…
12:31 / 24.06.2025
Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
18:03 / 24.06.2025
Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
17:33 / 25.06.2025
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

“Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan Barqaror rivojlanish h…
12:27 / 25.06.2025
Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ilistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
17:17 / 24.06.2025
Sergelida Spark yonib ketdi

Sergelida Spark yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
11:27 / 25.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!