$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

Braziliyaliklar hayotidan qiziqarli lavhalar

11:49 / 25.11.2019

1.  Braziliyada hozir bahor fasli. Dekabr oyi o‘rtalaridan yoz boshlanadi. Iyun, iyul va avgust qish fasli oylaridir. Chunki, Braziliya geografik jihatdan biz tarafda emas, Yerning ikkinchi yarimsharida joylashgan.

IMG_0214.JPG

2.  Braziliyada (poytaxti Braziliya shahri) saylovda ishtirok etmagan fuqaroga jarima solinadi. Ovoz berish huquqini taqdim etuvchi hujjat (título de eleitor) – har bir fuqaroning muhim hujjati hisoblanadi.
Foto

3.   Braziliyaliklar “yo‘q” so‘zini ishlatib, suhbatdoshini xafa qilib qo‘ymaslik uchun faqat “ha” so‘zidan foydalanishadi. Biroq, va’dasida turmasligi mumkin.

IMG_0035.JPG

4.  Braziliyada mobil telefonlar hisobi dorixonalarda to‘ldiriladi. Bu portugal tilida “recarregar” deb ataladi.

IMG_0886.JPG

5.  Braziliya Lotin Amerikasidagi portugal tilida so‘zlashuvchi yagona davlat. Faqat braziliyaliklar qo‘llaydigan portugal tili asl portugal tilidan ancha farq qiladi. Lotin Amerikasidagi boshqa davlatlarda rasmiy til ispan tili hisoblanadi. 

GettyImages-1137770902.jpg

Braziliya restoranlarida “Shvedcha stol” uslubi keng tarqalgan. Har qanday taom 100 gramm nisbatda baholanadi. Restoranlarda keng tarqalgan yana bir xizmat turi bu – rodiziodir.  Bunda xo‘randa stol yoniga kelib o‘tiradi. Unga restoran menyusida mavjud turli taomlardan navbati bilan olib chiqiladi. 
Foto

6.  Braziliya aholisi Lotin Amerikasidagi boshqa mamlakatlar singari yapon taomlarini juda ham yoqtirishadi. Bu mamlakatda qulupnay va suzma pishloqli rollilar, shirin povidlo qo‘shib tayyorlangan losos go‘shtli guruchni eng aziz mehmonlarga taklif qilinadi. 
Foto
7.  Braziliyada qo‘lning bosh barmog‘ini ko‘rsatib “zo‘r” ishorasini berish  salomlashishda ham, xayrlashishda ham, rozilik va minnatdorchilikda ham qo‘llaniladi.

GettyImages-1169311745.jpg

8.  Braziliyaliklar shaxsiy biznesini ochsa, albatta, faoliyatini o‘z ismi bilan nomlaydi. Masalan, “Alan Souzning ko‘chmas mulk agentligi”, “Vitor Oliveyraning do‘koni” kabi. 

9.  Braziliya jamoat transportida nafaqat yoshi ulug‘, homilador, bolali yo‘lovchilarga, balki ortiqcha vaznli kishilarga ham joy beriladi. Ayrim vagonlarda semiz kishilar uchun maxsus o‘rindiqlar mavjud. 

GettyImages-653531580.jpg

10.  Braziliyadagi shoshilinch tibbiy yordam markazlari xizmatlaridan har kim bepul foydalanishi mumkin. Hatto, sayyohlar, mehmonlar ham bepul emlanadi.
Foto
11.  Braziliyada quyosh botishini qarsaklar bilan qutlash odati bor.

IMG_0985.JPG

12.  Braziliyaliklar o‘z tashqi ko‘rinishlariga juda katta e’tibor qilishadi, shuning uchun aholining ko‘pchiligi sport bilan shug‘ullanadi. Ayniqsa, tishga va tabassumga alohida urg‘u berishadi. Har bir ovqatlanishdan keyin, albatta, tish yuviladi va tish cho‘tkasi sumkachada olib yuriladi.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlar…
21:42 / 28.05.2025
Sirdaryoda 3 nafar shaxs zaharli gazdan vafot etdi

Sirdaryoda 3 nafar shaxs zaharli gazdan vafot etdi

Sirdaryo viloyatida ota va o‘g‘il, shuningdek ularning qo‘shnisi quduqni tozalash paytida zaharli gaz bilan zaharlanish nati…
20:04 / 26.05.2025
XAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

XAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Al Jazira nashri xabar berishicha, XAMAS AQShning 60 kunlik sulh va 10 asirni ozod qilish haqidagi taklifiga rozi bo‘lgan, a…
17:59 / 27.05.2025
O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri qarzlar tufayli 20,2 ming jismoniy va yuridik iste’molchi suv ta’minoti tizimidan uzild…
15:51 / 27.05.2025
Rishtonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

Rishtonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tka…
16:53 / 26.05.2025
Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Rossiya Zaporoje AESdan foydalanish uchun elektr uzatish liniyasi qurmoqda

Bu haqda New York Times nashri Greenpeace tashkiloti hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
12:22 / 28.05.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025
Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari …
08:58 / 27.05.2025
Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

Markaziy bank avtomobil importining keskin pasayishi sabablarini tushuntirdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2025-yilning birinchi choragi uchun pul-kredit siyosati bo‘yicha yangi ma’ruzasida mamlakat avtom…
19:46 / 26.05.2025
Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘z…
12:58 / 27.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!