$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

“Uzauto Motors” va “Uzauto Motors Powertrain” kompaniyalari bosh direktori etib shvetsiyalik mutaxassis tayinlandi

14:58 / 23.08.2021

“O‘zavtosanoat” AJ Bu Anderssonni o‘zining eng yirik korxonalari – “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ larning bosh direktori etib tayinladi.

Shvetsiya Harbiy Akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi, Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavri Bu Andersson avtomobilsozlik sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning "Saab Automobile AB" kompaniyasida boshlagan.

1993-yildan 2009-yilgacha xarid yo‘nalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001-2009-yillarda “General Motors”ning global xarid bo‘linmasiga rahbarlik qilgan.
2009-yildan 2013-yilgacha “Gruppa GAZ” korxonasiga prezident etib tayinlanadi. Bu davrda Andersson “Gruppa GAZ” biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqishga erishadi.

2014-yildan 2016-yilgacha “AvtoVAZ” OAJ prezidenti etib tayinlanadi. “Gruppa GAZ”da bo‘lgani kabi, Andersson “AvtoVAZ”da ham to‘liq transformasiyani amalga oshirdi.
“AvtoVAZ”ni tark etgach, Andersson eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “Yazaki Europe, Africa, North & South America” korporatsiyasiga 4 yil rahbarlik qiladi.

Adam Smit xalqaro avtomobil forumida Bu Andersson Rossiya avtomobilsozlik sanoatida “2010-yilning eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi. 2011-yilda Andersson Yevropa avtomobilsozlik sanoatining eng muvaffaqiyatli rahbarlarini aniqlash uchun “Automotive News Europe” tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Eurostars” mukofotida “Rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha Yevropa avtomobil sanoatining eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi.

2012-yilda Bu Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi nashriyoti bo‘lgan “Automotive Supply Chain”dan “GAZ Gruppasi”ni inqirozdan keyin moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakchiligini ta’minlagani uchun “Eng yaxshi yutuqlar” mukofotiga sazovor bo‘ladi.

“Uzavtosanoat” AJning ta'kidlashicha, Bu Inge Andersson MDH mamlakatlaridagi avtomobil konsernlarini boshqarish va inqirozlar davrida erishgan muvaffaqiyatlari va katta tajribasi “UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyalariga yarimo‘tkazgichlar tanqisligi va logistika muammolari bilan bog‘liq global inqirozlarini eng kam yo‘qotish bilan yengishga hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiyalashning yangi yo‘nalishini egallashga imkon beradi.

 


Bu ham qiziq

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailandda komendantlik soati joriy qilindi

Tailand Kambodja bilan chegaradagi to‘qnashuvlar sabab Trat provinsiyasida komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda Reuters x…
16:46 / 14.12.2025
O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘ch…
14:22 / 15.12.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

“Shuningdek, tikanli maxsus simlar va “ajdaho tishlari” turidagi to‘siqlar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, zarurat tug‘ilg…
17:48 / 13.12.2025
Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025
“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyu…
11:54 / 14.12.2025
Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Toshkentda Yangi yil tadbirlari sabab ayrim hududlarda transport harakati cheklanadi

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
18:02 / 13.12.2025
Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Messining Hindistonga tashrifi ortidan ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Biroq Vivekananda Yuvabharati Salt Lake Stadium arenasida futbolchining tijoriy safari doirasida o‘tkazilgan tadbir paytida …
13:58 / 14.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!