Siz uchun jannatda bir uy bino qilinishini hohlaysizmi? Unda “Ixlos” surasini 10 marotaba takrorlang.
عن النبي صلى الله عليه وسلم قال : " من قرأ قل هو الله أحد عشر مرات بني له بها قصر في " . رواه الدارمي
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: “Kim “Qul huvallohu ahad”ni o‘n marotaba o‘qisa jannatda u kishi uchun bir qasr bino qilinadi.” (Dorimiy rivoyati.)
Siz uchun jannatda kanz-boylik bo‘lishini xohlaysizmi?
Unda “La havla vala quvvata illa billah” ni ayting.
عن أبي موسى الأشعري - رضي الله عنه -قال: قال لي رسول الله - صلى الله عليه وسلم -: "ألا أدلك على كنز من كنوز الجنة؟" فقلت: بلى يا رسول الله قال: "لا حول ولا قوة إلا بالله" رواه البخاري ومسلم
Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Seni jannat kanzlardan biriga yo‘llab qo‘yaymi? dedilar. Shunda men “Ha, Ey Allohning rasuli, dedim”. “La havla vala quvvata illa billah”ni aytgin, dedilar”. (Buxoriy va Muslim rivoyati.)
Jannatda siz uchun bir xurmo daraxt hozirlanishini hohlaysizmi?
Unda “Subhanallohul aliyyul aziym” ni ayting.
عن جابر عن النبي - صلى الله عليه وسلم - قال: "من قال سبحان الله - العظيم - وبحمده غرست له نخله في الجنة". قال الترمذي حديث حسن صحيح.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim “Subhanallohil aliyyil aziym va bihamdihi” ni aytsa jannatda u kishi uchun bir xurmo daraxti ekiladi”, dedilar. (Imom Termiziy xasan, sahih hadis deganlar.)
Har so‘zingizning barobariga jannatda bir daraxt bo‘lishini hohlaysizmi?
Unda “Subhanalllohi va bihamdihi va la ilaha illallohu vallohu akbar”ni ayting.
وعن ابن مسعود - رضي الله عنه - قال: قال رسول الله - صلى الله عليه وسلم - "لقيتُ إبراهيم ليلة أُسري بي فقال: يا محمد أقرئ أُمتك مني السلام وأخبرهم أن الجنة طيبة التربة عذبة الماء ,انها قيعان وأن غراسها سُبحان الله والحمد لله ولا إله إلا الله والله أكبر" رواه الترمذي
Ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar: “Isro kechasi men Ibrohimni ko‘rdim. U zot menga “Ey, Muhammad. Ummatingizga mening nomimdan salom ayting va ularga jannatning tuprog‘i pok, suvi totli ekanligini va u ekinzor bo‘lib uning ekinlari “Subhanalllohi va bihamdihi va la ilaha illallohu vallohu akbar”, ekanligini habarini bering”, dedilar. (Termiziy rivoyati.)
Sizning gunohlaringiz dengizdagi ko‘piklar kabi ko‘p bo‘la turib qanday kechirilishi mumkin?
“Subhanalllohi va bihamdihi” ni yuz marotaba takrorlang.
قال النبي صلى الله عليه وسلم : قال سبحان الله وبحمده في يوم مائة مرة ، حطت عنه خطاياه ، ولو كانت مثل زبد البحر متفق عليه
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir kunda “Subhanalllohi va bihamdihi” ni yuz marotaba” takrorlasa uning gunohlari kechiriladi garchi gunohlar dengiz ko‘piklaricha ko‘p bo‘lsa ham, dedilar. (Muttafaqqun alayh.)
Sizni g‘amga solgan narsalarni Alloh qanday ketkazishi mumkin? Siz “Hasbiyallohu va la ilaha illa huva alayhi tavakaltu va huva robbul arshil aziym”ni yetti marotaba ayting.
وعن أبي الدرداء - رضي الله عنه - قال:قال رسول الله - صلى الله عليه وسلم - "من قال في كل يوم حين يصبح وحين يمسي حسبي الله لا إله إلا هو عليه توكلت وهو ربُّ العرش العظيم سبع مرات كفاه الله ما أهمه من أمر الدنيا والآخرة " أخرجه أبو داود في الأدب
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollalohu alayhi vasallam “Kimda kim har kun tong ottirganda va kechkirtirganda ““Hasbiyallohu va la ilaha illa huva alayhi tavakaltu va huva robbul arshil aziym”ni yetti marotaba aytsa Alloh taolo uning dunyo va oxirat g‘amlariga kifoya qiladi”, dedilar. (Abu Dovud “Adab” kitoblarida keltirgan.)
Alloh taolo sizni qanday rozi qilishi mumkin?
Siz “Roziytu billahi robban va bilislami diynan va bimuhammadin nabiyan va rosulan” ni uch marotaba ayting.
وقال - صلى الله عليه وسلم - "من قال حين يصبح وحين يمسي : رضيت بالله ربَّاً وبالإسلام ديناً وبمحمدٍ - صلى الله عليه وسلم - نبياً" كان حقاً على الله أن يرضيه" رواه الترمذي
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ““Kimda kim har kun tong ottirganda va kechkirtirganda “Roziytu billahi robban va bilislami diynan va bimuhammadin nabiyan va nabiyyan” ni aytsa Alloh taologa uni rozi qilish haq bo‘ladi, deb marhamat qildilarlar. (Termiziy rivoyati. )
Alloh taolo sizninng gunohlaringizni qanday kechirishi mumkin?
Siz “Astag‘firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayhi” ni uch marotaba takrorlang.
قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : من قال أستغفر الله الذي لا إله إلا هو الحي القيوم وأتوب إليه ثلاثا غُفرت ذنوبه وإن كان فارّاً من الزحف . رواه الحاكم
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Astag‘firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayhi” ni uch marotaba aytsa uning gunohlar kechiriladi garchi u urshdan qochgan bo‘lsa ham”, dedilar. (Muslim rivoyati.)
Qanday qilib mingta yahshilikka egador bo‘lib, mingta yomon amallaringiz o‘chirilishi mumkin?
“Subhanalloh” ni yuz marotaba qaytaring.
وعن سعد بن أبي وقاص - رضي الله عنه - قال: كنا عند رسول الله - صلى الله عليه وسلم - فقال: "أيعجز أحدكم أن يكسب في كل يوم ألف حسنة!" فسأله سائل من جلسائه: كيف يكسب ألف حسنة؟ قال: "يسبح مائة تسبيحة فيكتب له ألف حسنة أو يحط عنه ألف خطيئة" رواه مسلم والترمذي
Sa'ad ibn Abu Vaqqosdan shunday deganlari rivoyat qilinadi: “Biz Rasulullohning huzurlarida edik. U zot “Sizlarning qay biringiz kunda mingta yahshilik qilishdan ojiz bo‘ladi” ? Shunda u bilan o‘tirganlarining biri so‘radi “ Kanday qilib mingta yahshilak qilish mumkin?”. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam “Agar yuzta tasbih aytsa unga mingta yahshilik yoziladi va undan minta yomonlik o‘chiriladi”, dedilar. (Muslim va Termiziy rivoyati.)
Qanday qilib har bir musulmon va muslima, mo‘min va mo‘minalarning tarafidan yaxshilikka egador bo‘lishingiz mumkin?
Siz “Allohummag‘fir lilmuslimiyna val muslimat val mo‘miniyna val mo‘minat al ahyaai minhum val amvat”ni o‘qing.
عن عبادة بن الصامت قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: من استغفر للمؤمنين والمؤمنات كتب الله له بكل مؤمن ومؤمنة حسنة . رواه الطبراني
Uboda ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U zot men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kim mo‘min va mo‘minalarningn gunohini kechirilishini so‘rasa Alloh taolo har bir mo‘min va mo‘minaning barobariga bir yahshilikni yozadi, dedilar.” (Tobariy rivoyati.)
Qanday qilib qur'oni karimni to‘liq o‘qiganni savobini olishingiz mumkin?
Siz “Ixlos” surasini uch marotaba takrorlab o‘qing.
عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِأَصْحَابِهِ (أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ ثُلُثَ الْقُرْآنِ فِي لَيْلَةٍ فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَيْهِمْ وَقَالُوا أَيُّنَا يُطِيقُ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَقَالَ اللَّهُ الْوَاحِدُ الصَّمَدُ ثُلُثُ الْقُرْآنِ) البخاري.
Abu Sa'iyd Xudri roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sahobiylarga “Qaysi biringiz bir kechada qur'onnning uchdan birini o‘qishdan ojiz bo‘ladi?”, dedilar. Bu ish ularga og‘ir tuyuldi va “Qay birimiz bunga toqat qila olamiz. Ey, Allohning Rasuli,” dedilar. Shunda Rasulullloh sollalohu alayhi vasallam “Qulhuvallohu ahad Allohussomad” qur'onning uchdan biridir, dedilar. (Buxoriy rivoyati.)
Xulosa shuki, inson bu dunyoga mol-mulk to‘plash va u bilan faxr qilishga kelgan emas. Asl boylik ko‘ngil pokligi va ma'naviy boylik ekanini bilishlikdadir.
Jaloliddin Hamroqulov
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi
TII “Tahfizul Qur'on” kafedrasi mudiri,
"Novza" jome' masjidi imom xatibi
Manba: novza.uz
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!