Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘i hududida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ishlari doirasida tozalash va yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish ishlari olib boriladi.
Shu sababli 25-apreldan 1-maygacha Shon-sharaf davlat muzeyiga kirish vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu davrda “G‘alaba bog‘i” hududiga tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.
6–8-may kunlari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda muzeyga kirish to‘liq cheklanadi.
Mazkur vaqtinchalik cheklovlar bayram tadbirlariga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida joriy etilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!