AQShning prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berib, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi uzaytirilishini, biroq blokada davom etishini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Eron hukumatidagi ichki kelishmovchiliklar, shuningdek, Pokiston harbiy rahbari Osim Munir va Bosh vazir Shahboz Sharifning murojaatlari inobatga olinib, Eron vakillariga yagona taklif ishlab chiqish uchun vaqt berilgan.
Shu munosabat bilan harbiy kuchlarga blokadani saqlab qolish va to‘liq jangovar shaylikda qolish topshirilgan.
“Muzokaralar yakuniga yetmaguncha, o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qiladi”, — deya yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!