$
12502.99 UZS
-21.9
155.94 UZS
-0.6
14484.71 UZS
28.48
35° Kechasi 20°

Hollivudning eng katta haq oluvchi yulduzlari ma'lum qilindi

11:49 / 02.05.2019

Variety nashri Gollivudning 2019 yilda eng katta haq olgan yulduzlari ro‘yxatini tuzdi.

Reytingga ko‘ra, Netflix striming platformasi bilan ishlovchi aktyorlar Sony va Warner Bros. kabi kompaniyalar bilan ishlovchi hamkasblaridan ko‘proq pul toparkanlar. Ro‘yxatga 17 aktyor va aktrisa kiritilgan. 

Daromadning kattaligi bo‘yicha 1-o‘rinni “Dedpul” filmi yulduzi Rayan Reynolds egalladi. U “6 Underground” jangari filmidagi roli uchun Netflix’dan 27 mln dollar olgan.

2-o‘rinni Dueyn “Qoya” Jonson va Robert Dauni egallagan. Ularning ikkisi ham 20 mln dollardan haq olishgan. Jonson “Forsaj: Xobbs va Shou” filmida, Dauni esa “Doktor Dullitl sayohati” filmida suratga tushgan.

Yetakchi beshtalikdan Uill Smitt “Yomon yigitlar 3” filmi uchun 17 mln dollar va Jyeyson Stetxem “Forsaj: Xobbs va Shou” filmi uchun 13 mln dollar gonorar bilan o‘rin egallagan.

Emili Blant 12-13 mln dollarlik, Gal Gadot 10 mln dollarlik va Margo Robbi 9-10 mln dollarlik gonorar bilan eng katta haq oluvchi aktrisalar deb topilgan.

Shuningdek, reytingga Tom Kruz (13 mln dollar), Bred Pitt (10 mln dollar), Leonardo di Kaprio (10 mln dollar), Idris Elba (8 mln dollar), Ben Afflek (8 mln dollar), Kristen Styuart (7 mln dollar), Martin Lourens (6 mln dollar), Xoakin Feniks (4,5 mln dollar) va Jyessika Chesteyn (2,5 mln dollar) kiritilgan.

Nashrning ta'kidlashicha, ba'zi nomdor aktyorlar qiziqarli rol uchun kamroq haq olishga ham rozi bo‘ladilar. Misol uchun, Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt Kventin Tarantinoning “Bir kun Gollivudda” filmidagi rollari uchun 10 mln dollar gonorar olishga rozi bo‘lishgan.


Bu ham qiziq

Xitoyda chikungunya virusi bilan kasallanganlar soni 7000 dan oshdi

Xitoyda chikungunya virusi bilan kasallanganlar soni 7000 dan oshdi

Mamlakatning Guandun provinsiyasida iyuldan buyon chikungunya virusiga chalinish bilan bog‘liq 7000 dan ortiq holat aniqlang…
09:20 / 07.08.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanining bir qismida yo‘l harakati vaqtincha cheklanadi

Mirzo Ulug‘bek tumanining bir qismida yo‘l harakati vaqtincha cheklanadi

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan yurish tavsiya etildi
20:52 / 06.08.2025
Jennifer Lopez konsertiga bepul avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Jennifer Lopez konsertiga bepul avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yiladi

“Konsert tugagach, ushbu avtobuslar sizni o‘zingiz chiqqan manzilga qaytarib olib keladi”, – deyiladi xabarda.
12:20 / 07.08.2025
Polshadagi prezidentlik saylovida muxolifat tarafdori bo‘lgan mustaqil nomzod g‘alaba qozondi

Polshadagi prezidentlik saylovida muxolifat tarafdori bo‘lgan mustaqil nomzod g‘alaba qozondi

Karol Navroskiy mamlakat tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi
22:23 / 06.08.2025
Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Drayver loyihalar tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuziladigan dalolatnomaga asosan foydalanishga qabul qilinadi va amalga…
12:39 / 06.08.2025
Toshkent viloyatida Latviyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida Latviyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Hozirda qator moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
18:34 / 06.08.2025
O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi

Mamlakat iyun oyida jami 9 tonna oltin sotib olgan.
11:16 / 07.08.2025
O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish tartibga solindi

O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish tartibga solindi

O‘zbekistonga olib kirilgan hayvonlar 21 kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi lozim.
15:20 / 06.08.2025
“Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida Turkiyadan 18 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Vatanga qaytarish” aksiyasi doirasida Turkiyadan 18 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“Yurtimiz diplomatlari Turkiyaning Mersin viloyatidagi vatandoshlar holidan xabar oldilar”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” axb…
14:16 / 07.08.2025
Bill Klinton va Hillari Klintonni Epshteyn ishi bo‘yicha sudga chaqirildi

Bill Klinton va Hillari Klintonni Epshteyn ishi bo‘yicha sudga chaqirildi

Epshteynning o‘zi 2019-yil qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotganda vafot etgan
21:34 / 06.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!