$
12037.21 UZS
43.68
159.62 UZS
1.1
14071.50 UZS
17.48
31° Kechasi 18°

Xonaki gullar haqida: Ularni ko‘chirib o‘tqazish sirlari

14:52 / 20.05.2020

Bahor – yashil do‘stlarimizni xursand qilishning ayni payti
Bahoriy tashvishlar nafaqat ko‘chalardagi butalar, maysalarga, balki yil davomida ko‘zlarimizni yashnatib turgan xonaki gullarga ham tegishli. Aslida ular haqida qayg‘urishni mart oyidan boshlash kerak. Lekin haliyam kech emas. Demak, nimadan boshlashimiz kerak?   

O‘simliklar parvarishini nimadan boshlash kerak?
O‘simliklar bahorni bizdan ko‘ra yaxshi ko‘rishadi. Bahor kelishi bilan ularda vegetatsiya davri boshlanadi. Kunlar uzayib, quyosh ko‘proq nur socha boshlaganidan keyin ularning suvga talabi ham oshib boradi. Shuning uchun suv bilan ko‘proq ta’minlash kerak. O‘simlikni diqqat bilan kuzating va qurigan yoki kasallangan yaproqlarini, qismlarini olib tashlang. Ko‘proq e’tibor bering. Nam latta bilan yaproqlarini changdan tozalang. Suv puflashdan qo‘rqmang, ular buni yoqtiradi.
  

O‘simlik ko‘chirib o‘tqazilishga muhtojligini qanday aniqlash mumkin?
Qoidasiga ko‘ra, yirik gullarni ularning o‘sib borishiga qarab, har 1-1,5 yilda gultuvaklarini kattaroqlariga almashtirib borish kerak. Agar bu ish bahor oralatib amalga oshirilsa, eslab qolish juda oson bo‘ladi. Yosh nihollar dastlabki 3 yilda mazza qilib o‘sadi. 3 yildan keyin esa ularning ildiziga e’tibor qaratish lozim. Uni oziq moddalar bilan to‘yintirish uchun har yili ko‘chirib o‘tqazish shart emas, tuprog‘ining ustki qatlamini almashtirib turishning o‘zi kifoya qiladi.   Agar ildizlari tuvakning drenaj qismidan chiqa boshlagan bo‘lsa, bu unga yangi uy kerakligini bildiradi. Ko‘chirib o‘tqazish paytida eng muhimi – ildizlarni jarohatlab qo‘yishdan, xavf ostida qoldirishdan ehtiyot bo‘lish. 

Ko‘chirib o‘tqazish uchun maxsus tuproq qanday tanlanadi?
Bog‘dorchilik do‘konlarida sotiladigan universal tuproqlar nomiga qaramasdan barcha o‘simliklarga birdek to‘g‘ri kelavermaydi. Tushunmaganlar sotib olaveradi. To‘g‘ri, ularda zarur oziq moddalari mavjud, biroq o‘simliklarning ayrim turlari uchun bu yetarli emas. Shuning uchun har bir o‘simlik guruhi uchun o‘ziga xos tarkibli tuproq tanlash lozim. Misol uchun, tuproq tarkibidagi qum, torf, mox va boshqa elementlar turlicha nisbatda bo‘lishi kerak. Bu juda qiziq jarayon. Kirishib ketsangiz, juda qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Bilib olganingizdan keyin esa o‘simligingiz uchun maxsus tuproqni o‘zingiz tayyorlay boshlaysiz.

Yorug‘lik tushishiga qarab o‘simliklarning joyini o‘zgartirib turish kerakmi?
Albatta. Ayniqsa, quyosh nuri va issiqlik ko‘payib, xonadonlarni isitish to‘xtatilmagan paytlarda juda ham muhim. Agar e’tibor berilmasa o‘simliklar kuyib qolishi va nobud bo‘lishi mumkin. Soyani xush ko‘ruvchi o‘simliklarni chetroqqa olib qo‘ying.  Asosiysi ularni yelvizakdan nari ushlang: bahor havosi o‘zgaruvchan. 
 
Xona gullari mavsum o‘zgarishiga qanday munosabat bildiradi?
Mart oyida xonaki gullarning barchasi o‘sishni boshlaydi – ularni ko‘proq sug‘orish, o‘g‘itlash kerak. Hatto ko‘chirib o‘tqazish ham mumkin. Bularning hammasini oktabr oyigacha bajarib bo‘lish kerak. Kech kuz va qishda ularga tegmagan ma’qul. Bu davrda o‘simliklarning ko‘plariga o‘g‘it bermasa ham bo‘ladi.  
O‘simliklarni nega ko‘chirib o‘tqazish kerak o‘zi?

O‘simliklar oziq moddalarni tuproqdan oladi. Tabiiyki, ertami, kechmi tuproqdagi oziq moddalar tugaydi. Shuning uchun kichkina va o‘rtacha gullarni har yili qayta o‘tqazib turish kerak. 140 santimetrdan baland o‘simliklar tuprog‘ining esa yuqori qatlamini almashtirishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Agar o‘simlik uzoq muddatgacha qayta o‘tqazilmasa, uning ildizlari gultuvakni to‘la egallab, tuprog‘idagi oziq moddalar va suvni saqlash uchun joy qolmaydi.   
Bundan tashqari, yangi sotib olingan gullarni ham qayta o‘tqazish tavsiya etiladi: shu tariqa o‘simlikni ham stimulyatorlar, yangi oziq moddalari bilan ta’minlaysiz, ham ildiz qismini nazorat qilib, o‘simlik salomatligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lasiz.

O‘simlikni ko‘chirib o‘tqazish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?
Ildiziga e’tibor bering. Agar butun tuproqni egallab olgan yoki tuvak tagiga tashlangan drenajdan chiqishni boshlagan bo‘lsa, demak, uni boshqa idishga o‘tqazish kerak. Yangi gultuvak oldingisidan kamida 2-3 santimetr katta bo‘lishi shart. Biroq juda ham katta bo‘lib ketmasin. Aks holda o‘simlik tepaga qarab o‘smasdan bor kuchini ildizni mustahkamlashga beradi. Agar o‘simlik ildizlari “joyida” bo‘lsa, drenajga qo‘shimcha qilish va tuprog‘ini soz tuproqqa almashtirib qo‘yishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
  
Ko‘chirib o‘tqazish uchun nima qilish kerak:
Maxsus tuproq. Biz Compo Sana turidan foydalanamiz – bu juda sifatli tuproq. Suv quyganingizdan keyin o‘tirib, pasayib ketmaydi. Besh kilolik qadog‘i balandligi 40 santimetrgacha bo‘lgan o‘simlikning 3-4 tasi uchun yetarli bo‘ladi. Perlit – bu oq donachalar tuproqni yumshatib, ildizni havo bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Qadog‘ini ochganingizdan keyin suvda eritib, gulga pulvizator orqali  seping. Tuproqqa sepsangiz, suv yuzida qalqib yuradi.   
Drenaj. Bu keramzit, oddiy tosh yoki maxsus lechuza pon bo‘lishi mumkin. Hech qanday farqi yo‘q. Istak va ta’bingizga ko‘ra tanlayverasiz.  
Yangi gultuvak (agar kerak bo‘lsa). Stimulyatorlar – ko‘chirib o‘tqazilgandan keyin o‘simlikda paydo bo‘ladigan stressga qarshi vositalar,  HB 101 yoki “Epin” mos keladi. 

Kompleks o‘gʻitlar, o‘simlikni rivojlanish davrida parvarishlash uchun
Ayrim o‘simliklarga – misol uchun, zamiokulkas, sanseviyeriya, drasena tuprog‘iga qum aralashtirish kerak. Bunday ma’lumotlarni “Svetochnaya gruppa” hamjamiyatining gidlaridan olish mumkin. Ularda, misol uchun, fikus, monster, sakkulent kabi hamma turlar haqida ma’lumot bor.  

Ko‘chirib o‘tqazish qanday amalga oshiriladi?
Sochilgan tuproqni to‘plash va olib tashlash oson bo‘lishi uchun dastlab biror dasturxonsimon narsa (klyonka, qog‘oz) to‘shab oling. Undan keyin gultuvakning tagiga 2 santimetr qalinlikda keramzit seping. Agar gultuvak katta bo‘lsa, biroz qalin qilsa ham bo‘ladi. Maxsus tuproqqa perlit aralashtiring – 1 paket maxsus tuproqqa bir hovuch qo‘shsa bo‘ladi. Keramzitning tepasiga 2-3 santimetr qalinlikda maxsus tuproq yotqizing. Undan keyin o‘simlikni eski joyida ehtiyot bo‘lib ko‘chirib oling. Tuprog‘ini silkitib yuborib yangi gultuvakka qo‘ying va yonlarini tuproq bilan to‘ldiring. Tuproqning yuzasi gultuvak qirrasidan 1-2 santimetr pastda turishi kerak. Bu gulni sug‘orish uchun qulay bo‘ladi.   
O‘simlikka ko‘chirib o‘tqazgan zahoti emas, balki bir necha kundan keyin o‘sishini stimullovchi suv (nisbati qo‘llanmasida ko‘rsatilgan) quygan ma’qul. Bu tarzdagi sug‘orishdan keyin oddiy suv quyaversa bo‘ladi. Ikki haftadan keyin esa suvga o‘g‘it aralashtirish mumkin.  

Navfalbek Boltayev tayyorladi


Bu ham qiziq

Urgut tumanida 50 yillik poliklinika to‘liq rekonstruksiya qilindi

Urgut tumanida 50 yillik poliklinika to‘liq rekonstruksiya qilindi

Uzoq yillar davomida chekka hudud aholisi yagona tibbiy maskan sifatida foydalangan Urgut tumanidagi 21-sonli oilaviy polikl…
16:59 / 06.05.2026
Navoiyda 14 nafar bolani olib ketayotgan Matiz halokatga uchradi, haydovchi vafot etdi

Navoiyda 14 nafar bolani olib ketayotgan Matiz halokatga uchradi, haydovchi vafot etdi

YHXX xabariga ko‘ra, joriy yilning 5-may kuni soat 09:05 larda Navoiy viloyati, Nurota tumanida Matiz ishtirokida YTH sodir …
17:49 / 06.05.2026
Pesh lavhalar reklama hisoblanmasligi mumkin — yangi tartib taklif qilindi

Pesh lavhalar reklama hisoblanmasligi mumkin — yangi tartib taklif qilindi

O‘zbekistonda tashqi reklama va yozuvlarni joylashtirish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda.
15:22 / 06.05.2026
Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi

Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi

Ishga joylashtirish va ruxsatnoma evaziga pora olish holatlari fosh etildi
07:32 / 06.05.2026
Farzandli bo‘lgan erkaklarga ham dekret ta’tili berilishi mumkin

Farzandli bo‘lgan erkaklarga ham dekret ta’tili berilishi mumkin

Oliy Majlisda ko‘rib chiqilgan qonun loyihalaridan biri farzandli bo‘lgan otalarga ham qo‘shimcha ta’til berish masalasiga b…
13:46 / 05.05.2026
Eron Hormuz bo‘g‘ozida BAA tankeriga zarba bergani aytilmoqda

Eron Hormuz bo‘g‘ozida BAA tankeriga zarba bergani aytilmoqda

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Eronni Hormuz bo‘g‘ozida neft tankeriga hujum uyushtirishda aybladi. Bu haqda mamlakat Tas…
09:27 / 05.05.2026
7-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

7-may kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
10:21 / 06.05.2026
Toshkent viloyatida vazirlik xodimasi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida vazirlik xodimasi pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qilishicha, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ruxsatnoma olish hamda naf…
09:54 / 06.05.2026
Maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ta’lim tizimini raqamlashtirish doirasida maktablarda davomatni nazorat qilishning yangi tizimi joriy etilmoqda
13:53 / 05.05.2026
Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozidagi AQSH missiyasiga qo‘shilishga chaqirdi

Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozidagi AQSH missiyasiga qo‘shilishga chaqirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozida AQSH boshchiligida olib borilayotgan “Ozodlik missiyasi”ga q…
09:53 / 05.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!