O‘zbekistonda tashqi reklama va yozuvlarni joylashtirish tartibi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Tashqi yozuvlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan. Hujjatda tashqi axborot vositalarini joylashtirish, ulardan foydalanish va nazorat qilish tartibi aniq belgilab berilmoqda.
Yangi loyihaga ko‘ra, amaliyotda turli talqinlarga sabab bo‘layotgan tushunchalar — “tashqi axborot vositasi”, “tashqi yozuv”, “axborot ko‘rsatkich”, “peshlofa”, “e’lon” va “ma’lumotlar taxtasi”ga aniqlik kiritiladi.
Muhim jihatlardan biri — peshlofa reklama sifatida baholanmaydi. Ya’ni savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obyektlarida tashkilot nomi yoki faoliyat turini bildiruvchi yozuvlar uchun endilikda ruxsatnoma olish va to‘lovlarni amalga oshirish talab etilmasligi mumkin.
Shuningdek, tashqi axborot vositalarida tijorat yoki reklama mazmunidagi materiallarni joylashtirishga cheklovlar belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur o‘zgarishlar tadbirkorlar uchun ortiqcha byurokratik yukni kamaytirish va faoliyatni soddalashtirishga qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!