Ta’lim tizimini raqamlashtirish doirasida maktablarda davomatni nazorat qilishning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Unga ko‘ra, davomat “e-maktab” platformasi hamda “aqlli” kameralar yordamida kuzatib boriladi.
Sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarning ota-onalariga dastlab rasmiy ogohlantirish yuboriladi. Farzandini maktabga yubormagan ota-onalar esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.
Jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 10 baravarigacha etib belgilanishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda ushbu loyiha Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktablarda sinov tariqasida joriy etilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!