$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Qarshida “haydovchining YPX xodimlari tomonidan kaltaklangani” aytilgan xabarga izoh berildi  

10:08 / 09.07.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qarshidagi “reyd”da chiroqchilik haydovchi YPX xodimlari tomonidan kaltaklandi” sarlavhali videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi. 

IIV Matbuot xizmati rahbari Shoxruh Gʻiyosovning holat yuzasidan bildirgan rasmiy munosabatiga ko‘ra, joriy yilning 5-iyul kuni Qashqadaryo viloyati IIB YPX inspektori katta serjant O.Tursunov Qarshi shahar A.Temur ko‘chasida Qarshi shahar Pedagogika kolleji ro‘parasida piyodalar yo‘lakchasi ustida O.O. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli davlat raqami 70 A 485 NA bo‘lgan avtomashina piyodalar o‘tishiga xalaqit qilib turganligi uchun qoidabuzarlikni tegishili tartibda rasmiylashtirish jarayonida, avtotransport haydovchisi ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, hujjatlarni taqdim etmasdan, transportda birga bo‘lgan O.O.ning xotini X.Sh. va o‘g‘li T.S. bilan birgalikda janjal ko‘tarib atrofdagilarni e’tiborini jalb qilishgan.

Ayol kishining baqiriqlariga to‘plangan fuqarolar, xodimlarning faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishgan, shu jarayonda janjaldan foydalanib haydovchi avtotransportiga minib voqea joyidan yashiringan.

Hozirda janjal ishtirokchilarining barchasi aniqlanib, tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xodimlarning harakatlariga qonuniy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 


Bu ham qiziq

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Boliviyaning sobiq prezidenti qamoqqa olindi

“Sotsializm sari harakat” partiyasi yetakchisi bo‘lgan Luis Arse 2020-yilda Boliviya prezidenti etib saylangandi. Mamlakatda…
09:13 / 14.12.2025
Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

“Shuningdek, tikanli maxsus simlar va “ajdaho tishlari” turidagi to‘siqlar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, zarurat tug‘ilg…
17:48 / 13.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘ch…
14:22 / 15.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!