$
12520.78 UZS
83.63
153.70 UZS
0.36
14634.29 UZS
153.72
31° Kechasi 19°

Ishlatilgan “iPhone” olyapsizmi? Unda bularni bilishingiz kerak

21:38 / 18.02.2020

Qo‘ldan sotib olingan “iPhone” yangi egasiga bir qancha noxush syurprizlarni tayyorlab turgan bo‘lishi mumkin. Undagi bir qator funksiyalar ishdan chiqqan, ekrani almashgan va eng yomoni, o‘g‘irlab, sotilayotgan hollar ham uchrab turadi. Bu kabi noxush holatlar boshingizga tushmasligi uchun Sizga tutilgan “iPhone” tanlash sirlarini o‘rgatamiz.
 
Sim-karta solinadigan joyi sinmagan “iPhone”ni tanlang
“iPhone” xarid qilyapsiz. Ahvoli juda yaxshi, korpus va ekrani zararlanmagan, barcha funksiyasi ishlayapti. Faqatgina sim-karta solinadigan joyi singan. Mazkur e’lonni o‘qishingiz bilan bu variant boshqalariga nisbatan yaxshiroq tuyuladi. Xuddiki, singan joyni ta'mirlatib, ishlatib ketadigandek. 
Shoshmang! Bu - firibgarlar tuzog‘i. Siz  telefonni yoqqan zahoti o‘z manzil va tilingizni kiritasiz. Ekranda "sim-kartani joylashtiring", degan yozuv paydo bo‘ladi. Biroq ta'mirlashdan so‘ng mobil telefonni faollashtirish mumkin bo‘lmay qoladi. Chunki “Apple” “iPhone”ning ID-manzili va parolini so‘raydi. Aslida esa qurilma o‘g‘irlangan va o‘g‘rilar uni sotayotganda yangi egasi tekshirib ko‘ra olmasligi uchun sim-karta tiqadigan joyini atayin sindirishadi. Sabab oddiy. Telefonning avvalgi egasi qurilma o‘g‘irlangan zahoti uni "iCloud" orqali qulflab qo‘yadi. 
Shu sababli, “iPhone”ga pul to‘lashdan avval uni sim-karta bilan faollashtirib ko‘ring. Agar ekranda faollashish amalga oshmagani haqida xabar paydo bo‘lsa, bu qurilmani xarid qilmagan ma’qul. 
 
Gadjetni ko‘zdan kechiring
“iPhone” sotib olayotganda chiroqni yoqib, quvvat oladigan joyini tekshiring. U yerda biror-bir tirnalish yoki shikastlanish alomati bo‘lmasligi kerak. Aks holat qurilmaning ochilganligini anglatadi. Shuningdek, quvvatlovlovchi manbalarga ham e’tibor bering. Ishlaydigan qurilmaning simi ezilgan va qisilgan bo‘lmaydi. Yana “Home” tugmasini ham nazardan qochirmang, u “iPhone”ning rangidan farq qilmasligi kerak. Shu tugmadagi har qanday o‘zgarish shubhali bo‘ladi. Unda juda ko‘p zaruriy funksiyalar, xususan, “Apple Pay” ishlamasligi mumkin.

Ekranga ham alohida ahamiyat bering
Almashtirilgan ekran korpusdan chiqib turadi, yaxshi yopishtirilmagan, rasmlar xira, bosilganda sensor darhol reaksiya bermaydi. Bu vaziyatda xariddan voz kechgan ma'qul. Original bo‘lmagan ekran batareyasi tez tugaydi, yerga yengil urilganda yoki harorat tushib ketganda yorilib ketishi mumkin. Shuningdek, ko‘pchilik original bo‘lmagan qurilmada “True Tone” texnologiyasi ishlamaydi. Ya’ni “iPhone” yorug‘likka moslashmaydi va ishlatganda ko‘zlar yorug‘likka ko‘nikolmay, charchaydi. Buni “Sozlamalar — Ekran va yorug‘lik” buyruqlari orqali tekshirib olishingiz mumkin. 
Telefon batareyasini ham “Sozlamalar – Akkumulyator - Akkumulyator holati - Maksimal imkoniyatlar” buyruqlari ketma-ketligini terib, tekshirib ko‘ring.

Qurilmaning IMEI raqamini tekshiring
Har bir “iPhone”da 15 raqamdan iborat IMEI-identifikatori bo‘ladi. U, odatda, sim-karta solinadigan joy, telefon qutisida aks etgan bo‘ladi va “Sozlamalar - Asosiylari — Shu qurilma haqida” buyruqlari ketma-ketligidan keyin ham chiqib keladi. Bu uchala raqam bir-biriga mos tushishi kerak. 
Shuningdek, model raqamini ham tekshirib ko‘rish lozim. Uni menyudagi “Qurilma haqida” buyrug‘idan topishingiz mumkin. Birinchi harf “iPhone”ning yig‘ilgan joyi, M – chakana savdo uchun yangiligi, F – qayta ishlab chiqarilgani, N – smartfon garov shartnomasiga binoan o‘zgartirilgani, P esa – individual shaxs nomi o‘yib yozilgan “iPhone” ekanligini anglatadi.   
 
Qutisini sinchiklab tekshiring
“Apple” kompaniyasi nafaqat qurilmaning o‘zi, balki uning qutisiga ham alohida e’tibor bergan. Shunday ekan, qutida yelim va o‘chadigan bo‘yoq izlari bo‘lmasligi kerak. Haqiqiy qutida o‘chmaydigan poligrafiya yozuvi aks etadi, xolos.
 
Qurilmaning tarixi bilan qiziqing
“iPhone” xarid qilayotganda uning buzilgan-buzilmagani, qaysi servis markazida ta'mirlanganini sinchiklab surishtiring. Agar telefon rasmiy servis markazda ta’mirlangan bo‘lsa, xavotirlanishga hojat yo‘q, biroq duch kelgan ustaga tuzattirilganini sezsangiz, yaxshisi bu xariddan voz keching.

 “iCloud”dan telefonni uzib qo‘yishni unutmang
Buni “iCloud”da "Sozlamalar – Mening hisobim - Chiqish" menyusi orqali amalga oshirishingiz mumkin. Faqat bu o‘rinda qurilmaning avvalgi egasi paroli ham kiritiladi. Shu buyruq bajarilmasa, qurilma bloklanib, barcha fotosurat va yozishmalarga kirish huquqidan mahrum bo‘lishingiz mumkin.


Bu ham qiziq

AQShdagi Hyundai zavodida o‘tkazilgan reydda 300 dan ortiq Janubiy Koreya fuqarolari qo‘lga olindi

AQShdagi Hyundai zavodida o‘tkazilgan reydda 300 dan ortiq Janubiy Koreya fuqarolari qo‘lga olindi

Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
10:48 / 07.09.2025
Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in…
15:56 / 06.09.2025
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boradi.
17:11 / 06.09.2025
“Avtoraqamlarga ism yozib sotish boshlandi” mazmunidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?!

“Avtoraqamlarga ism yozib sotish boshlandi” mazmunidagi xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?!

Huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiyev rasmiy kanali orqali bu haqda ma’lumot berib o‘tdi
20:35 / 07.09.2025
Angrendagi dahshatli avtohalokat bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi

Angrendagi dahshatli avtohalokat bo‘yicha Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi

Angrendagi dahshatli YTH yuzasidan IIV rasmiy axborot berdi
21:03 / 07.09.2025
Narendra Modi Donald Tramp bilan ziddiyati sabab BMT bosh assambleyasiga bormaydi

Narendra Modi Donald Tramp bilan ziddiyati sabab BMT bosh assambleyasiga bormaydi

Uning o‘rniga assambleyada hindlar nomidan tashqi ishlar vaziri qatnashadi
19:35 / 07.09.2025
Afg‘onistonda zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi

Afg‘onistonda zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi

Afg‘oniston hukumati 31-avgust kuni sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini to‘liq yakunladi.
09:29 / 07.09.2025
Kompyuter dasturlashtirish xizmatlarining hajmi 28,5 foizga oshgan

Kompyuter dasturlashtirish xizmatlarining hajmi 28,5 foizga oshgan

Bu borada statistika qo‘mitasining axborotlari bilan tanishamiz
18:23 / 07.09.2025
Shri-Lankada avtobus halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Shri-Lankada avtobus halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Avtohalokatda jami 16 kishi, shu jumladan besh nafar bola ham jarohat olgan.
21:31 / 06.09.2025
Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!