$
12917.10 UZS
-48.24
160.14 UZS
-1.2
14460.69 UZS
-64.38
28° Kechasi 17°

Surxondaryoda yangi madrasa tashkil etildi. Unga qabul jarayoni 15-iyundan boshlanadi

16:43 / 25.05.2020

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Imom Termiziy” nomidagi yangi madrasa tashkil etildi. Bu yerda o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati. 

Qayd etilishicha, mazkur madrasa Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17−18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tashkil etilgan.

Ta’lim muassasasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy muassasa bo‘lib, bu yerda o‘rta maxsus diniy ma’lumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi.

Mazkur ta’lim muassasasiga 2020−2021-o‘quv yili uchun abituriyentlar qabul imtihonlari asosida o‘qishga qabul qilinadi. Abituriyentlardan hujjat qabul qilish 2020-yilning 15-iyundan boshlab onlayn shaklda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ta’lim muassasasiga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari o‘tkazishning tasdiqlangan tartibi va qabul jarayonlariga oid ma’lumotlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining muslim.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib boriladi.


Bu ham qiziq

Buxarest meri Ruminiya prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Buxarest meri Ruminiya prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

“Liberal siyosatchi prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 53,60 foiz ovoz olib g‘alaba qozondi”, – deb xabar bermoqda …
12:25 / 19.05.2025
Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 16-may kuni soat 14:05 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Yuqori Darxon” MFY, Beltepa ko‘chasida bir-biriga …
10:55 / 19.05.2025
OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi…
09:53 / 18.05.2025
Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Vatikanda 18-may kuni yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ham vakil…
11:00 / 19.05.2025
Yangi Rim papasi bugundan o‘z lavozimiga kirishdi

Yangi Rim papasi bugundan o‘z lavozimiga kirishdi

18-may kuni Rim papasi Leo XIV o‘zining ruhiy hokimiyatining asosiy belgilari - pallium va “baliqchi uzugi”ni qabul qilib, r…
19:39 / 18.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli no…
13:35 / 18.05.2025
“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” hafta boshida, 19—21-may kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
18:20 / 17.05.2025
Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

“Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘…
22:10 / 17.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektoridan 1 million falastinlikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmo…
13:53 / 17.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!