$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
35° Kechasi 20°

O‘tmish va hozirgi zamonning eng g‘aroyib 10ta kitobi 

19:11 / 08.10.2019

1. Mitti aylana kitob (1480)

картинка tatalexaros

Har qanday mitti kitob san’at asari bo‘lsa, doira shaklidagi mitti kitob – haqiqiy shedevr. Codex Rotundusning ushbu o‘ziga xos namunasi, taxminan, 1480-yilda qo‘lda tayyorlangan. Bu nasroniylarning kitobi – Breviariy bo‘lib, fransuz va lotin tillaridagi o‘rta asrlarning mashhur kitobi edi. Kitobning diametri 9 santimetrdan oshmasa-da, u 266 sahifadan iborat bo‘lgan. O‘zagining uzunligi bor-yo‘g‘i 3 santimetr, shuning uchun u  got alifbosining harflaridan foydalangan holda monogram shaklida tayyorlangan uchta qulf bilan mahkamlanadi.

Codex Rotundus’ning yaratuvchisi – Bryugge shahridan (Belgiya) bo‘lgan noma’lum illyustrator – nafaqat kitob matnini doira sahifalarga ajoyib tarzda joylashtirgan, balki 30ta noodatiy bosh harf ham chizgan. 

2. Belga taqiladigan kitob (1589)

картинка tatalexaros

Bu kitob kichkina tom bo‘lib, uni belga yoki tasmaga qistirib qo‘yish mumkin bo‘lgan. Kitobdagi charm muqovaning bir qismi bo‘lgan tuguncha – uni belda ushlab turilishiga xizmat qilgan. Kitob “oyog‘i osmondan” bo‘lib osilib turadi. Egasi istalgan vaqt uni qo‘lga olib, o‘qish imkoniga ega bo‘ladi.

Belga taqiladigan kitoblar 1400-1550-yillarda Germaniya va Gollandiyada keng tarqalgan. Aynan shu kitob esa 1508-yilda tayyorlangan. 1589-yilda unga ilgichli tashqi charm muqova qilingan va shu tariqa uni belga osib yurish mumkin bo‘lgan. 

3. Ikki tomonli kitob

картинка tatalexaros

XVI-XVII asrlarda “dozado” (dos-a-dos) deb ataluvchi maxsus tikish usuli yordamida kitoblar yaratilgan. Erik Kvakkel ularni “siam egizaklari” deb ataydi. Bu eng munosib nom. Kitoblar ikkita old tarafga va bitta orqa tarafga ega. Dozado bir-birini to‘ldiruvchi ikkita kitobni birlashtirish uchun qo‘llanilgan. Masalan, Yangi ahd (ahd-injil qisimlari) bilan Eski ahdni.

4. 6 usulda o‘qisa bo‘ladigan kitob (XVI asr)

картинка tatalexaros

Bu noyob kitob dozado tikish usulining yana bir ko‘rinishini o‘zida namoyon qiladi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, kitobni 6 xil usulda ochish va o‘qish mumkin. Boshqacha aytganda, tom 6ta turli kitobdan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida bog‘lanishga ega va o‘z mandallari bilan umumiy bog‘lanish ichida yashiringan.

Kitob Germaniyada chop etilgan. Bu diniy matnlar va Bibliyaga oid qisqa mulohazalar, jumladan, Martin Lyuterning “Qisqa katexiziz” kitobidan iborat. Kitob Strengnesdagi (Shvyetsiya) Rogge kutubxonasi kolleksiyasidan joy olgan.  

5. Tutqichli bolalar kitobi (XVII asr)

картинка tatalexaros

Noyob va o‘ziga xos bu kitob “muguz kitob” deb ataladi. Bunday kitoblarning alifbosi hamda o‘qish malakasini rivojlantirish uchun bir nechta murakkab bo‘lmagan qisqa matnlari bo‘lgan. O‘sha paytlarda kitoblar bugungidan og‘irroq bo‘lgan. Shuning uchun ularning dastasi oson ko‘tarib yurishga yordam berish vazifasini bajargan – bola alifbeni bir qo‘li bilan osongina ko‘zining qarshisigacha ko‘tara olar edi. Nima uchun “muguz kitob”? Bunday kitoblar doimiy foydalanilishi hisobga olinib tayyorlangan. Kitoblar qog‘ozga chop etilar va yupqa muguz qavat bilan qoplanardi. Bunday kitob qo‘ldan tushib ketsa ham katta ziyon yetmasdi. 

6. Elektr toki va siqilgan havo bilan ishlaydigan kitob (1949)

картинка tatalexaros

“Enciclopedia Mecánica” (“Mexanika ensiklopediyasi”) elektron kitoblarning “otasi” hisoblanadi. “Mexanika, elektr toki va siqilgan suv orqali ishlaydigan kitob” 1949-yilda ispan yozuvchisi va muallima Anxela Ruis Robles tomonidan patentlangan. 

Kitobda uning qismlarini kattalashtirib o‘qish funksiyasi mavjud bo‘lgan. Kashfiyotchi keyinchalik o‘qish uchun lampa, kalkulyator va ovoz ham qo‘shish niyatida bo‘lgan. Kitobning yagona nusxasi La-Korunya tabiatshunoslik va texnologiyalar milliy muzeyida saqlanadi.

7. Internetga kiradigan qog‘oz kitob (2010-yil)

картинка tatalexaros

“Blink” abbreviaturasi “book+link” (“kitob+havola”) so‘zlaridan kelib chiqqan. Londondagi Qirollik san’at maktabidan Manolis Kelaydis tomonidan yaratilgan kitobning siri shundaki, matnning ba’zi qismlari havola yoki tugma hosil qiladigan yo‘naltiruvchi siyohlar bilan chop etilgan. Zarur so‘zga barmog‘ingizni tekkizganingizda, zanjirga signal boradi va kitob yaqinroqda joylashgan hamda Bluetooth modulga ulangan kompyuterga buyruq yuboradi. Shu tariqa, kerakli so‘zning ma’nosini yoki Wikipediyadagi maqolani topish mumkin. 

8. Yirik formatli kitob (2010)

картинка tatalexaros

Siz ko‘rib turgan ushbu kitobning balandligi 4 metrdan ziyod, ochilgan holatdagi kengligi 7 metr, og‘irligi esa 1 452 kg. Vengriyada Bela Varga va Gabor Varga tomonidan tayyorlangan ushu kitob 2010-yil may oyida “Ginnes rekordlari kitobi”ga dunyodagi eng katta kitob sifatida kiritilgan. Uning 346 sahifasi reklama bilbordlari tayyorlashga mo‘ljallangan yirik formatli printerda chop etilgan. 

9. Ipli giper-havolalari bor kitob (2010-yil)

картинка tatalexaros

Ushbu ajoyib kitob Mariya Fisher tomonidan Augsburg Universitetida diplom ishi sifatida tayyorlangan. “Traumgedanken” (“Tushlardagi o‘ylar”) bir-biri bilan ipda tartibli qilib ulangan ilmiy, falsafiy va nazmiy matnlarning jamlanmasidan iborat. Raqamli texnologiyalar davrida yaratilgan bu kitob nafaqat tushlar mantig‘ini ifoda etadi, balki internetning moddiy metaforasini ham aks ettiradi. 

10. O‘zini o‘zi yoqib yuboruvchi kitob (2013-yil)

картинка tatalexaros

Bu o‘ziga xos g‘oya faqatgina bitta o‘ziga xos kitob – “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” kitobi uchun qo‘llanilishi mumkin edi. Kitob muqovasiga uning nomidagi bir soni o‘rniga gugurt qo‘yilgan. Kitobning “umurtqasi” gugurt qutisi qirg‘ichi ko‘rinishida tayyorlangan. Demak kitobni yoqsa ham bo‘ladi.  Bu g‘oya talaba Elizabet Perez tomonidan Austin Creative Department dizayn maktabi studiyasida ish paytida o‘ylab topilgan.


Bu ham qiziq

Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Mazkur fuqaro Istanbul shahri Kadikoy tumani Fikirtepe mavzesida joylashgan ijaradagi uyda, noma’lum sabablarga ko‘ra yuzaga…
14:21 / 26.04.2025
Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkent shahrida fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi. Bu haqda Toshken…
13:04 / 27.04.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘li bo‘yicha tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini ikki yilga uzaytirdi. …
11:02 / 27.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi

26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik …
12:54 / 26.04.2025
Toshkent shahrida 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi

Toshkent shahrida 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi

Toshkent shahrida kelajakda har xil magnitudada namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan 12 ta zilzila o‘chog‘i aniqlandi. Bu haqda f…
19:41 / 27.04.2025
O‘zbekiston dzyudo Federatsiyasi rahbari Osiyo dzyudo Ittifoqi vitse-prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston dzyudo Federatsiyasi rahbari Osiyo dzyudo Ittifoqi vitse-prezidenti bo‘ldi

26-aprel kuni Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining yetti vakili 73 kg va 81 kg vazn toifasidagi erkaklar, shuni…
18:57 / 27.04.2025
Zangiotadagi yong‘in FVB tomonidan bartaraf etildi

Zangiotadagi yong‘in FVB tomonidan bartaraf etildi

Bugun, 26-aprel kuni soat 09:32 da Toshkent viloyati Zangiota tuman “Olim polvon” MFY, Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashg…
11:08 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Baxtiyor Saidov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali muloq…
16:16 / 27.04.2025
O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 3,57 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi xab…
18:39 / 26.04.2025
Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

Joriy yilning l choragida 173 nafar shaxs YTH sodir etib, qamalgan

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi choragida yo‘l-transport hodisasi keltirib chiqargani uchun 173 nafar shaxs ozodlikdan m…
10:21 / 26.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!