$
12790.12 UZS
-4.9
130.03 UZS
-1.59
13936.11 UZS
42
18° Kechasi 12°

O‘zbekistonda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni mahalliy mebel mahsulotlari bilan jihozlash yo‘lga qo‘yiladi

06:36 / 22.06.2021

Prezidentning mebelsozlikni rivojlantirishga oid qaroriga ko‘ra, “2021–2024-yillarda O‘zbekistonda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirish dasturi” loyihasi tasdiqlanadi.

Mazkur dastur o‘z ichiga:

–  respublika hududlarida qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylarni aholining talabidan kelib chiqqan holda birinchi navbatda mahalliy mebel mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha iste’mol kreditlarining yangi turlari va paketlarini joriy qilish;
–  2021–2024-yillarda respublika hududlaridagi davlat tashkilotlarining, shu jumladan, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining mebel jihozlarini yangilash grafigini tasdiqlash;
–  mebel sanoatining barcha yo‘nalishlarida xomashyo sifatida foydalaniladigan daraxt turlarini respublika iqlim sharoitini hisobga olgan holda yetishtirish hamda respublika mebel sanoatida xomashyo sifatida foydalaniladigan daraxt turlari plantatsiyalarini barpo etish;
–  xorijiy davlatlardagi (Xitoy, Turkiya hamda Yevropa davlatlari) yirik mebel ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan respublikada ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish kabi masalalarni oladi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 15-iyundan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq quyidagi xarajatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi:

–  2021–2024-yillarda yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalarning xomashyo (TIF TN bo‘yicha 4410 va 4411 kodlari) importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi miqdorida;
–  2024-yil 1-yanvarga qadar mebel mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan eksport qiluvchi korxonalarga mebel mahsulotlarini barcha davlatlarga, shu jumladan, qo‘shni davlatlarga eksport qilishda avtomobil va temir yo‘l tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq mahsulot eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 5 foizidan, temir yo‘l transportida 7 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorida.

Shuningdek, 2023-yil 1-yanvarga qadar mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.


Bu ham qiziq

Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
11:45 / 04.11.2024
Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklandi

Qozog‘iston chegarasida o‘zbekistonlik haydovchi kaltaklandi

Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
09:29 / 05.11.2024
Isroil harbiylari “Hizbulloh”ning dengiz kuchlari qo‘mondonini hibsga oldi

Isroil harbiylari “Hizbulloh”ning dengiz kuchlari qo‘mondonini hibsga oldi

Bu haqda “Axios” portali jurnalisti Barak Ravid Isroil rasmiylari vakiliga tayanib xabar berdi.
19:26 / 03.11.2024
Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqla…
20:36 / 04.11.2024
Eron Isroilga qarshi keng qamrovli hujumni rejalashtirmoqda

Eron Isroilga qarshi keng qamrovli hujumni rejalashtirmoqda

The Wall Street Journal xabar berishicha, Eron Isroilga qarshi “qaqshatqich va keng qamrovli” hujumni rejalashtirmoqda. Bung…
16:12 / 04.11.2024
“Qamchiq”dagi tunnelda avtomashinalar bir tasmada harakatlanmoqda

“Qamchiq”dagi tunnelda avtomashinalar bir tasmada harakatlanmoqda

Bunga sabab ushbu hududda ta’mirlash ishlari olib borilayotganidir.
12:40 / 04.11.2024
Toshkentda “Yashil shahar” kuni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Yashil shahar” kuni bo‘lib o‘tadi

Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:03 / 03.11.2024
Toshkentda sifatsiz benzin sotayotgan shoxobchalar aniqlandi

Toshkentda sifatsiz benzin sotayotgan shoxobchalar aniqlandi

Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.
09:46 / 04.11.2024
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun AQSh bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish uchun AQSh bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan mamla…
18:50 / 04.11.2024
Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga bordi

Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga bordi

Tashrif doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashuv o‘tkazildi.
18:24 / 04.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!