Fransiya chempionatida 2-tur bahslari davom ettirildi.
Fransiya chempionati 2-turi doirasida amaldagi chempion “Lill” oʻz maydonida “Nitsa”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi boʻlimidayoq mehmonlar, “Lill” darvozasiga uchta gol yoʻllab, oʻyin taqdirini deyarli hal qilishdi.
Ikkinchi taymda esa “Nitsa” futbolchisi mezbonlar darvozasiga yana bir gol kiritib, hisobni yirik koʻrinishga keltirib qoʻydi va yakunda “Lill” sensatsion tarzda, 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Qayd etish mumkin Fransiyaning oʻtgan mavsum chempioni 1-turda durang natija qayd etib, ochko yoʻqotgan edi. Shu tufayli ayni paytda jamoa 1 ochko bilan turnir jadvalida 16-oʻrindan joy olgan. 4 ochko jamgʻargan “Nitsa” esa hozircha 2-oʻrinda bormoqda.
“Lill” – “Nitsa” 0:4
Gollar: 0:1 – 1 Dolberg, 0:2 – 5 Budaui, 0:3 – 45, penalti Guiri, 0:4 – 64 Dolberg.
“Lill” – Leo Jardim, Chelik, Fonte, Botman, Reynildu, Andre, Yazidji (Onana, 65), Ikone (Devid, 46), Vea (Lixadji, 64), Yilmaz, Bamba.
“Nitsa” – Benites, Atal (Lotomba, 67), Dante, Todibo, Bar, Budaui (Maolida, 57), Lemina (Tyuram, 74), Rosario, Dolberg (Ndoye, 66), Guiri, Klyuyvert (Kamara, 73).
Kechagi kun doirasidagi ikkinchi uchrashuvda “PSJ” “Strasburg” bilan toʻqnash keldi.
6 ta gol urilgan bahsda parijliklar gʻalaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. Mauro Ikardi, Kilian Mbappe, Yulian Draksler va Pablo Sarabiya 4 ta goliga mehmonlardan Gameyro hamda Ajorklar 2 marotaba javob bera olishdi xolos.
Shu tariqa, Parij klubi ochkolarini 6 taga yetkazib, 1-oʻringa chiqib oldi. Umuman ochko ololmagan “Strasburg” esa soʻnggi pogʻonani band etgan.
PSJ — “Strasburg” 4:2
Gollar: Ikardi (3), Mbappe (25), Draksler (27), Sarabiya (86) — Gameyro (53), Ajork (64).
PSJ – Navas, Hakimi, Kimpembe, Kerer, Diallo, Veynaldum (Rafinya, 88), Errera, Ebimbe (Danilu Pereyra, 60), Draksler (Sarabiya, 70), Ikardi (Kalimuendo, 88), Mbappe.
“Strasburg” – Zels, Filya (Kasi, 63), Jiku, Sissoko, Perren, Lienar, Axolu (Tomasson, 42), Prsich (Sibi, 76), Bellgard, Gameyro (Uoris, 76), Ajork (Diallo, 76).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!