$
12578.21 UZS
-79.98
160.31 UZS
-1.13
14633.49 UZS
-38.62
41° Kechasi 26°

Kun tarixi: Mendeleyev davriy jadvalni tushida yaratmagan (!) kun. U Nobel bilan urishib qolgani uchun mukofot ololmaganmidi?

11:35 / 01.03.2020

Dmitriy Mendeleyev barcha zamonlar va xalqlarning eng buyuk olimlaridan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik yaratgan jadvali bilan eslasa-da, u fanning bir necha tarmoqlarida yangiliklar qilgan. Buning uchun insoniyat undan juda minnatdor bo‘lishi kerak. Quyida uning hayoti va faoliyatiga doir qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishamiz.

•  Buyuk olimning 16ta aka va opasi bo‘lgan. Oilada u eng kenjasi edi.
•  Pedagogik intitutda o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lmagani uchun Mendeleyev ikkinchi yilga qoldirilgan.
•  U aroqni o‘ylab topmagan. Mendeleyevning suv va spirtni qo‘shish haqidagi ilmiy ishidan keyin bu afsona yuzaga kelgan. Ilmiy ish e’lon qilinishidan oldin ham aroq ishlab chiqarilardi. 
• Mendeleyev umrining 30 yilini Sankt-Peterburg universitetida ishlashga bag‘ishladi. Talabalar so‘z erkinligini uchun petetsiya uyushtirganida xalq ta’limi vaziri inkor qiladi. Norozilik belgisi sifatida Mendeleyev universitetni tark etadi.
•  Mendeleyev ikki marta uylangan, uning 6ta farzandi bo‘lgan.
•  Mendeleyev haqida yana bir afsona – mashhur elementlarning davriy jadvalini tushda ko‘rganidir. Afsona olimning hayotlik chog‘idayoq yuzaga kelgan – u bu haqida eshitganida juda xafa bo‘ladi. Kashfiyot ustida qariyb yigirma yil ishlaganini, tayyor holicha hech ham tushda ko‘rmaganini aytgan. Jadval 1869-yilning 1-martida tayyor bo‘lgan.

•  Buyuk olim klassik musiqaga befarq bo‘lmagan. Uning sevimli kompozitori Betxoven edi.
•  Mendeleyevning xuddi o‘ziniki singari ism-sharifli jiyani bor edi. Ularni tez-tez adashtirib yuborishardi.
•  Elementlar jadvalini tuzar ekan, olim hali ochilmagan elementlarning xususiyatlarini oldindan tahmin qilgan va ularga bo‘sh katakchalar tashlab ketgan.
•  Mendeleyev qo‘l mehnatini yoqtirardi. Ayniqsa, jomadonlar tayyorlashga usta edi, qariligida butunlay ko‘zi ojiz bo‘lib qolganida ham jomadon yasashda davom etgan.
•  U bir necha bor Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan, biroq Bokuda olingan neft masalasida aka-uka Nobellar bilan ziddiyat tufayli mukofotni ololmagan degan gaplar yuradi. XIX asrning oxiriga kelib, tashabbuskor shvedlar Boku nefti orqali boyib ketadilar va Rossiya konlarining 13 foizidan ortig‘ini nazorat qila boshlaydilar. 1886-yilda, neft narxi keskin tushganda, aka-uka Nobellar hukumatga ushbu kon tezda tugaganini aytib, soliqni oshirishni taklif qilishadi. Neft uchun narxning oshishi ularning raqobatchilardan qutulishini ta’minlardi. Davlat mulki vazirligi huzurida maxsus komissiya tuziladi va uning tarkibiga Mendeleyev ham kiritiladi. Olim soliq oshirilishiga qarshi edi va neftning kamaygani haqidagi mish-mishlarni rad etadi. Bu esa aka-uka shvedlarga yoqmaydi.

•  1887-yilda Mendeleyev yolg‘iz o‘zi bir qancha o‘lchovlarni amalga oshirish uchun havo sharida uch kilometr yuqoriga ko‘tariladi. Parvoz uch soatga yaqin davom etgan.

•  Mendeleyev ishlarining bor-yo‘g‘I 10 foizi kimyoga oid.
•  Olim dunyodagi ilk muzyorar kema “Yermarka” qurilishida faol ishtirok etgan.
•  Mendeleyevning qizi shoir Aleksand Blokka turmushga chiqqan.

•  Aynan Mendeleyev neft quvurlarini o‘ylab topgan. Ungacha neftni bochkalarda tashishgan.
•  Qisman Mendeleyevning sharofati bilan Rossiyada ayollar oliy ta’lim olish huquqiga ega bo‘lgan. U ayol tinglovchilarga dars o‘tgan ilk ma’ruzachilardan edi.
•  Umri davomida olim 431ta ilmiy ish chop ettirgan.
•  Mendeleyev irqchilik va uning tarafdorlari bo‘lgan odamlardan nafratlanardi.

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Netanyaxu zaharlandi

Netanyaxu zaharlandi

Ma’lum qilinishicha, 20-iyulga o‘tar kechasi Netanyaxu o‘zini yomon his qila boshlagan.
10:18 / 21.07.2025
Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Xitoy rasman dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyaning qurilishini boshladi

Loyiha Tibet avtonom tumanida qurilmoqda
22:41 / 20.07.2025
Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Isroil yana gumanitar yordam hududiga borayotgan g‘azoliklarni o‘qqa tutdi

Qurbonlar soni kamida 36 ta ekanligi aytilmoqda.
17:22 / 20.07.2025
Surxondaryodagi vahshiy qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryodagi vahshiy qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat ostiga olingan
18:30 / 21.07.2025
Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi

Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi

Rossiya qurolli kuchlari 21-iyulga o‘tar kechasi raketa va dronlar qo‘llagan holda Kiyev bo‘ylab navbatdagi yopirilma hujumn…
14:17 / 21.07.2025
Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Ruminiyada keng ko‘lamli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Prezidentlikka nomzodlikdan chetlatilgan Kalin Georgesku tarafdorlari bir nechta shaharlarda tartibsizliklar uyushtirishda d…
22:56 / 20.07.2025
Jurnalist Anora Sodiqova va bloger Mirsaid Haydarov ishi yakunlandi

Jurnalist Anora Sodiqova va bloger Mirsaid Haydarov ishi yakunlandi

Jurnalistni haqorat qilgan bloger 25 million ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi.
11:48 / 21.07.2025
Moldova mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri

Moldova mahbuslar soni bo‘yicha Yevropada yetakchilardan biri

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat o‘rtachadan ham yuqori natijaga ega
19:21 / 21.07.2025
Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Gepatit kasalliklarini aniqlash maqsadida 1.6 million kishi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi

Mazkur ishlarning tahlili haqida Virusologiya instituti direktori Erkin Musaboyev axborot berib o‘tdi
19:18 / 20.07.2025
Vetnam o‘zbekistonliklar eng ko‘p borayotgan davlatlardan biriga aylandi

Vetnam o‘zbekistonliklar eng ko‘p borayotgan davlatlardan biriga aylandi

Statistika qo‘mitasi bu borada 2025-yilning dastlabki 6 oyi davomidagi natijalarni taqdim etdi
18:35 / 20.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!