Fuqarolarni Chirchiq davlat pedagogika instituti yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Departament hamda DXXning Shayxontohur tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sh.E. fuqaro B.T. va E.J.larni ushbu institut yoki Toshkent davlat pedagogika universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!