$
12130.01 UZS
32.08
153.04 UZS
1.27
14245.48 UZS
50.98
31° Kechasi 18°

Ko‘zlar uchun gimnastikaning Norbekovcha yo‘li

15:22 / 19.06.2019

Ko‘rish qobiliyatini tiklashning Norbekovcha usuli. Uning sharofati bilan minglab odamlar ko‘zoynak nimaligini unitishgan!

Bu mashqlar ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beradi va ko‘z mushaklariga kuch-quvvat taqdim etadi. Ko‘zoynak taqishga shoshilmang!

Mirzakarim Norbekov — dunyodagi minglab odamlarning ko‘rish qobiliyati tiklanib, ko‘zoynak nimaligini unitishga sababchi bo‘lgan inson. Uning usulidagi asosiy prinsip o‘zini kuchsiz, kasalmand, o‘ziga ishonchi yo‘q inson, deb hisoblaydigan fikrlardan psixologik forig‘ bo‘lishdir. Biroq bu mexanizm faqat o‘z-o‘zini ishontirishdangina iborat emas. Norbekov, shuningdek, uzoqni va yaqinni ko‘ra olmaslik, astigmatizmni davolash jarayonida ajoyib natija ko‘rsatuvchi bir qancha mashqlarni ishlab chiqargan. 

Ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun Norbekovcha mashqlarni bajarar ekansiz, qaddingizni tek tutishingiz lozim: yelkalar yoyilgan, bel tik, labda tabassum va ibojiy his-tuyg‘ular bilan bajarilishi kerak.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 1-mashq

Boshingizni orqaga tashlamasdan tekis tuting. Ko‘zlaringizni tepaga qarating (shiftga), uning harakatini hayolan davom ettiring. Peshonadan to‘g‘ri tepaga.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 2-mashq

Yana boshingizni tekis ushlab, ko‘zingizni pastga qarating va nigohingiz harakatini hayolan iyagingiz tomon davom ettiring. 

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 3-mashq

Nigohingizni chap tomonga, chap qulog‘ingiz orqali o‘tkazing. 

Nigohingizni o‘ng tomonga, o‘ng qulog‘ingiz orqali o‘tkazing. 

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 4-mashq – “Kapalak”

Ushbu mashqni bajarayotganda boshning qimirlamayotganiga alohida e'tibor qarating, faqat ko‘zni harakatlantiring. Ko‘z mushaklariga ortiqcha zo‘r bermang va iloji boricha ko‘zlaringiz yopiq holatda kattaroq hajmdagi rasmni yaratishga harakat qiling.

Ko‘z harakatining ketma-ketligi: pastgi chap burchak – yuqorigi o‘ng burchak – pastgi o‘ng burchak – yuqorigi chap burchak.

So‘ngra mashqni teskari tartibda bajaring: pastgi o‘ng burchak – yuqorigi chap burchak — pastgi chap burchak – yuqorigi o‘ng burchak.

Shundan so‘ng ko‘z va qovoqlarni bo‘shashtiring. Ko‘zlaringizni tez va yengilgina ochib yoping.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 5-mashq – “Sakkizlik”

Tavsiya qilinayotgan ushbu mashq “Kapalak” mashqiga o‘xshab ketadi. Ko‘zlaringizni yumib, ko‘z olmasi bilan sakkiz raqamini chizing. Rasmni iloji boricha kattaroq chizishga, ko‘z mushaklarini maksimal tarzda harakatlantirishga e'tibor bering. Navbatma-navbat harakatlar dastlab bir tomonga, so‘ngra boshqa tomonga bo‘lish lozim. Bu mashqning so‘nggida ham ko‘zlarni yengilgina ochib yumish kerak.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 6-mashq

Bu mashq ko‘z olmasining qiya mushaklari uchun bo‘lib, unda yon tomon ko‘rish qobiliyatini rivojlantirish xususiyati mavjud. Mashq uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik holatlarida tavsiya qilinadi.

Mashq hech nima halaqit qilmasligi va diqqatni tortmasligi uchun tinch joyda bajarilishi kerak.

Nigohingizni burningiz uchiga qarating. Oldingizga qo‘l barmog‘ingizni qo‘yingda, unga qarang va asta-sekin nigohingizni uzmasdan uni burningizga olib keling. Keyin yengilgina nigoh bilan old tomonga qarang. Yon tomondagi predmetlarni eslab qoling, ammo ko‘zingizni harakatantirmang!

Keyin galma-gal almashtiring:

Burun uchiga, keyin old tomonga, so‘ng yon tomonlarga nigohni uzmasdan qarang. Burun uchiga qarang, keyin – oldinga va yonga. Qoshlar orasiga qarash, keyin oldingga va yonga nigohni uzmasdan qarash.

Har bir yo‘nalishni 7-8 martadan bajaring.

Nigoh bir nuqtadan ikkinchisiga bir tekisda o‘tishiga e'tibor bering. Mashqlarni ko‘zni yengil ochib yopish bilan davom ettiring. Ko‘tarinki kayfiyat sizga hamrohlik qilsin!

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 7-mashq

Qo‘lning ko‘rsatkich barmoqlarini burningizga olib keling  va nigohingizni ular tutashgan nuqtaga qarating. Keyin asta-sekin barmoqlarni gorizontal tarzda ikki yonga harakatlantiring: o‘ng ko‘z o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘iga, chapi esa chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘iga qaratilsin. Ko‘zingizni ikki yonga harakatlantirmang, faqatgina yon tomon nigohidan foydalaning! Bu mashqni bir necha marta bajaring. Orada ko‘zlarga tanaffus berishni ham unutmang!

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 8-mashq

Boshni qimirlatmasdan, ko‘z bilan aylana harakatlar qiling. Oldingizda katta raqamli soat turganini tasavvur qiling (yaxshisi tilla rangda bo‘lsin), so‘ngra ko‘zni sekinlik bilan soat strelkasi bo‘ylab, so‘ngra teskarisiga harakatlantiring. Nigoh harakatlanayotganiga soat ichidagi sonlarga sinchiklab qarang.

Ko‘zni bir tekisda harakatlantiring, bo‘linishlar bo‘lmasin. Bir mashqdan ikkinchisiga o‘tar ekansiz aylanishlar o‘lchamini kattalashtiring. Mashqni ko‘z ochiq holatda, tepaga qarab ham bajaring. Keyin ushbu mashqni qaytarsa bo‘ladi, faqat yopiq ko‘z bilan. Bunday mashg‘ulot ko‘z gavharini massaj qilish xususiyatiga ega.

Mazkur videoda yuqorida keltirilgan barcha mashqlar bilan ko‘rgazmali tarzda tanishish mumkin:

Norbekov bu mashqlarni uch bosqichda bajarishni tavsiya etadi: birinchi bosqich – mashqlarni ochiq ko‘z bilan bajarish, so‘ngra yopiq ko‘z bilan, uchinchi bosqich – hayolan takrorlash.

Ko‘zoynagingizdan butunlay qutilishni istasangiz, mashqlarni bajarib ko‘ring. Yuzdagi tabassum va yaxshi kayfiyat haqida ham unutib qo‘ymang!


Bu ham qiziq

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

Respublika hududlarida 16-dekabrdan havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda kechqurun yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin…
15:08 / 15.12.2025
15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ing…
15:17 / 14.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025
16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
16:37 / 15.12.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun 250 million dollarlik moliyalashtirish paketini ma’qulladi.
17:31 / 15.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!