$
11903.15 UZS
-62.36
₽
146.75 UZS
0.79
€
13329.15 UZS
-108.12
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi

16:31 / 15.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “2027-yilgi futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish ustuvor vazifa etib belgilandi. Xususan, musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish, FIFA talablariga mos infratuzilmani yaratish, ishtirokchilar va muxlislar uchun qulay sharoitlar ta’minlash hamda chempionat orqali mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish nazarda tutilgan.

Qarorda 2025-yil 2-oktyabr kuni FIFA Kengashi tomonidan U-20 Jahon chempionatini O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingani ma’lumot uchun qabul qilindi. Shuningdek, musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Tashkiliy qo‘mitaga Jahon chempionatini o‘tkazish jarayonida mas’ul davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, stadionlar va boshqa obyektlarni FIFA talablariga mos holda jihozlash, ishtirokchilarning kelib-ketishi, viza, transport, tibbiy xizmat va volontyorlik masalalarini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Shuningdek, chempionat hududlarida uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan ta’minlash, stadionlar, mashg‘ulot maydonlari hamda mehmonxonalarni tayyor holatga keltirish belgilandi.

Qarorga binoan, musobaqa doirasidagi xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalari alohida ilova bilan tasdiqlandi. Akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar va o‘yin chiptalari mavjud muxlislar uchun jamoat transportidan, jumladan avtobus va metrodan bepul foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini ochishga rozilik berildi. Mintaqaviy ofis O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida joylashtiriladi va uning faoliyati asosan FIFA mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Qarorda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Sport vazirligi, Energetika vazirligi hamda boshqa mas’ul idoralar zimmasiga Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish, media yorituvini ta’minlash, infratuzilma va energetika masalalarini hal etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash va nazorat qilish Bosh vazir hamda Prezidentning sport bo‘yicha vakiliga yuklatildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. 2025-yil 2-oktyabr kuni FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda kun tartibidagi dolzarb masalalar qatorida 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan Jahon chempionati mezbon mamlakatlari ham rasman e’lon qilingan.

Qarorga muvofiq, 2027-yilgi U-20 Jahon chempionati O‘zbekiston va Ozarbayjon hududida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa FIFA tomonidan tashkil etiladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan keyingi eng nufuzli turnir hisoblanadi.

 


Futbol


														
														Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

7-oktyabr kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Benin terma jamoasiga qarshi bah…
09:57 / 07.10.2026

														
														Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026

														
														O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Argentina bilan o‘tkazishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga L…
16:35 / 07.09.2026

														
														Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026

														
														Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026

														
														2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi.
12:07 / 21.07.2026

														
														Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Kongo DR darvoza…
10:28 / 21.07.2026

														
														Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Angliya Fransiyani mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

19-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun bahsida Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida …
11:09 / 19.07.2026

Bu ham qiziq

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari e’lon qilindi

2027 yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionati 17-sentabrdan 9-oktabrgacha davom etadi. B…
23:44 / 22.10.2026
Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Ziroat Mirziyoyeva Samarqanddagi sammitda nutq so‘zladi

Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” Jahon sammiti …
09:09 / 22.10.2026
Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan 20 yoshli yigit Labo bilan ag‘darilib ketdi.

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Labo haydovchisi boshqaruvni yo‘qoti…
15:55 / 21.10.2026
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Shuningdek, Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘olib…
11:13 / 22.10.2026
Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal qaysi dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

Asal nafaqat shirinligi, balki foydali xususiyatlari bilan ham qadrlanadi. Uning tarkibida antioksidantlar va organizm uchun…
08:29 / 23.10.2026
Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Qashqadaryolik tadbirkor Prezidentga o‘zi ishlab chiqargan kiyimni sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi 54 million dollarlik “Sulton Tex Group” to‘qimachilik fabrikasi faoliy…
15:58 / 21.10.2026
Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026
22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026
Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyadan o‘zbekistonlik ayol va uning farzandi vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyada ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol va mehribonlik uyi…
11:40 / 21.10.2026
Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

JSSTning mazkur nufuzli mukofoti Birinchi xonim boshchiligida bolalar salomatligini himoya qilish borasida amalga oshirilayo…
12:32 / 23.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!