$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Dunyodagi eng qimmat qo’l telefonlari 10 taligi

10:30 / 13.08.2019

Uyali telefonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Siz shunchaki, arzimagan pulga oddiy, tugmachalisini ishlatishingiz mumkin yoki kamida uch oylik maoshga murakkab funksiyali smartfonga ega bo’lishingiz ham mumkin. Ammo shunday uyali telefonlar borki, ularning narxi kishi aqlini shoshirib qo’yishi aniq.

Vertu Signature Diamond. Vertu kompaniyasining eksklyuziv seriyasi, uning telefonlari doimiy ravishda "dunyodagi eng hashamatli"lar qatoriga kiradi. Korpusi platindan yasalgan va olmos bilan bezatilgan. Hammasi bo’lib, bor-yo‘g‘i 200 tagina nusxasi yaratilgan va ularning har biri 88 ming AQSh dollarni tashkil qiladi.

Картинки по запросу Vertu Signature Diamond

iPhone Princess Plus. Ushbu telefonning  ichki funksiyalari oddiy iPhonedan ko‘p ham farq qilmaydi. Ammo tashqi ko’rinishi —  shubhasiz, ajoyib! Uning dizayni taniqli avstriyalik zargar Piter Aloyson tomonidan yaratilgan va korpusi 17,75 karatli olmos bilan betakror tarzda bezatilgan. Narxi haqida ham huddi shunday deyish mumkin. Betakror!  66 ming AQSh dollardan 176 AQSh dollarigacha baholanadi (brilliantlar soniga qarab).

Картинки по запросу iPhone Princess Plus the 9th

BlackDiamond VIPN smartfoni. Sony Ericsson tomonidan ishlab chiqarilgan “Qora olmos” dizayner Jaren Goh tomonidan yaratilgan. Organik LED texnologiyasi usulida yaratilgan ushbu model, deyarli sinmaydigan va qirilmaydigan korpus va Sony’ning ekran hamda ichki funksiyalari bilan ajralib turadi. U ikkita olmos bilan bezatilgan - biri navigatsiya tugmalarida, ikkinchisi orqa tomonida. Telefon narxi - 300 ming dollar.

Картинки по запросу BlackDiamond VIPN

Vertu Signature Cobra. Ushbu modelning dizayni Boucheron fransuz zargarlik uyi tomonidan ishlab chiqilgan. Ilon shaklidagi zargarlik buyumlariga — bitta nok shaklidagi olmos, bitta dumaloq olmos, zumraddan yasalgan ikkita “ko’zlar” va 439 dona rubin kiradi.

Gresso Luxor Las-Vegas Jackpot. Shveytsariyada birinchi bo’lib 2005-yilda taqdim etilgan ushbu model og’irligi 180 gramm bo’lgan qattiq oltindan qilingan. Uning orqa paneli dunyodagi eng qimmat bo’lgan, 200 yoshdan oshgan Afrika yog’ochidan o’yilgan. Tugmalar toza safirlardan qilingan. Narxi million AQSh  dollari.

Картинки по запросу Gresso Luxor Las-Vegas Jackpot

Diamond Crypto Smartphone. Piter Aloysonning yana bir avlodi Windows CE operatsion tizimi bilan jihozlangan. U 50 ta olmos bilan bezatilgan, ulardan o’ntasi eng kam uchraydigan ko’k rangli, shuningdek, qisman pushti oltindan qilingan. Narxi 1 million 300 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.  

GoldVish Le Million. Zargarlik buyumlari va qimmatbaho soatlarga ixtisoslashgan taniqli dizayner Emmanuel Gvayt tomonidan yaratilgan. 2006-yilda ushbu telefon Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. U oq tilla va 20 karatli olmos bilan bezatilgan, narxi 1 million 300 ming AQSh dollariga teng.

iPhone 3G King’s Button. Piter Aloyson doimgidek,  bir qimmatbaho telefon ortidan boshqa — qimmatrig‘ini yaratish harakatida. Ushbu model 138 ta olmos bilan bezatilgan va markazda 6,6 karatli oq olmos "Home" tugmachasiga o’rnatilgan. Bunday go’zallikning narxi 2,4 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Supreme Goldstriker iPhone 3G 32GB. Og’irligi 271 gramm bo’lgan sof oltindan yasalgan. Yana bir super-iPhone va 1 karatli jami 53 dona brilliantli ekran. "Home" tugmachasi ham, albatta, olmosdan - 7.1 karat. Bundan tashqari, smartfon oltin bilan bezatilgan bitta granit blokdan o’yilgan, ichki qismi esa yuqori sifatli nubukdan tayyorlangan. Narxi 3,2 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

Diamond Rose iPhone 4 32GB. Sayyoradagi eng qimmat telefon. Va yana iPhone! Styuart Xages tomonidan ishlab chiqilgan, vazni 100 karatdan oshadigan 500 ta benuqson olmos bilan bezatilgan. Orqa tarafidagi iPhone logotipi pushti tilladan va u 53 dona olmosdan to’plangan. "Home" tugmachasi platinadan yasalib, 7,4 karatli pushti olmos bilan bezatilgan. Narxi esa “bor-yo‘g‘i” 8 million AQSh dollarini tashkil qiladi!

Albatta, dunyodagi eng qimmat mobil telefonlar ham boshqalaridan ortiq imkoniyatlarga ega emas, ammo “boyvachcha” odamlar uchun bu ularning maqomi elementi bo’lishi ham mumkin. Shunga qaramay, bir gap — telefon, hatto toza platindan yasalgan bo‘lsa,  undan faqat qo’ng’iroq qilish mumkin…

Shunday qilib, biz dunyodagi eng qimmat o’nta mobil telefonlarni taqdim etamiz!


Bu ham qiziq

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!