$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Idish yuvish vositasini qo‘lda yasaymiz

17:32 / 07.02.2020

Oddiygina idish yuvish vositasini ham qo‘lda tayyorlash mumkinligiga ishonasizmi? Bu vositalar ekologik nuqtai nazardan toza bo‘lishidan tashqari samarali tejashga yordam beradi ham. Yog‘ni yaxshi ketkazadi. Qo‘lbola idish yuvish vositasini tayyorlash uchun uning foyda va zararlarini ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi. 

Ijobiy tomonlari
• Bunday vosita ekologik jihatdan toza va tashqi muhitga zarar yetkazmaydi. Idish yuzasida qolib ketmaydi, suv bilan oson yuviladi.
• Uning tarkibi zararli moddalardan xoli. Allergiya chaqirmaydi, terini ta’sirlantirmaydi. 
• Barcha kerakli narsalar arzon turadi. Ulardan aksariyatini istalgan oshxonadan topish mumkin. 

Salbiy tomonlari
• Qo‘lda yasalgan idish yuvish vositasi sotib olingan kimyoviy vositalarga qaraganda tez tugaydi. 
• Idish yuvish vositasini tayyorlash uchun ma’lum vaqt talab etiladi.  

Glitserin yoki xo‘jalik sovunidan tayyorlangan gel
Ushbu yuvish vositasini tayyorlash uchun 2 osh qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan xo‘jalik sovuni, 8 oshqoshiq glitserin, bir litr qaynagan suv va ikki osh qoshiq spirt kerak bo‘ladi. Aralashma suv hammomiga qo‘yiladi va quyuq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.

Самодельное средство для мытья посуды

Tayyor bo‘lgach, shisha idishga solib bemalol foydalansa bo‘ladi.

Iste’mol sodasi asosidagi yuvuvchi vosita
Buning uchun sizga qirg‘ichdan o‘tkazilgan bir stakan bolalar sovuni, besh oshqoshiq iste’mol sodasi, bir stakan qaynagan suv, bir necha tomchi istalgan efir moyi kerak bo‘ladi.

Приготовление геля для мытья посуды

Barcha masalliqlar blenderga solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Quyuq massa hosil bo‘lgach, uni bemalol idish yuvish vositasi sifatida qo‘llash mumkin.

Idish yuvuvchi gel-pasta
Ikki oshqoshiq xo‘jalik sovuni, to‘rt oshqoshiq ammiak, uch oshqoshiq xantal kukuni, bir litr qaynagan suv kerak bo‘ladi. Aralashmalar ustiga uch oshqoshiq iste’mol sodasidan qo‘shsangiz ham bo‘laveradi. Avvaliga qaynagan suvga sovun solib eritib olinadi, keyin ammiak, xantal qo‘shiladi, 10 daqiqa tindirishga qo‘yiladi. Iste’mol sodasi qo‘shilib, yana bir bor aralashtiriladi. Aralashma 2 soatga tindirishga qo‘yiladi. Vaqt o‘tgach undan foydalanishni boshlash mumkin. 

Горчичное мыло для мытья посуды

Sprey shaklidagi yuvuvchi vosita
Bir stakan qaynagan suvga 3 foizli vodorod peroksidi va iste’mol sodasidan uch oshqoshiqdan qo‘shiladi. Masalliqlar yaxshilab aralashtiriladi va purkagichga solinadi. Mazkur vositani idish, plita, stol yuzasini tozalash uchun qo‘llash mumkin.


Bu ham qiziq

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

Ta’lim vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning valsga tushishi taqiqlanmaga…
10:49 / 14.05.2025
Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijonda fuqaroning elektrdan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan montyor ushlandi

Andijon viloyatida elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilgan ETK elektromontyori ushlandi.
18:01 / 14.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Imom Buxoriy majmuasi uchun O‘zbekistonga Hirot marmarini hadya qildi

Afg‘oniston Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini tugatish uchun O‘zbekistonga 16 yuk mashinasi Hirot marmarini had…
18:06 / 14.05.2025
AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

AQSh Saudiya Arabistoni bilan 600 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishdi

“Qo‘shma Shtatlar va Saudiya Arabistoni bir qator bitimlarni imzoladi, unga ko‘ra Ar-Riyod Amerika kompaniyalari va iqtisodi…
08:27 / 14.05.2025
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya…
17:56 / 14.05.2025
13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

13-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja bo‘ladi.
22:36 / 12.05.2025
Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Samarqandda tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarq…
15:43 / 14.05.2025
Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonid…
11:18 / 14.05.2025
Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

14-may kuni Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarboyeva 84 yoshida vafot etg…
17:34 / 14.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!