$
12705.79 UZS
59.23
159.20 UZS
-1.68
14704.41 UZS
243.07
36° Kechasi 21°

Davlat xavfsizlik xizmatining call-markazi ishga tushdi

08:41 / 15.05.2025

Davlat xavfsizlik xizmati vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida call-markaz faoliyat yurita boshladi.

Qayd etilishicha, bu “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq DXX vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkor ravishda qabul qilish maqsadida ishga tushirilgan. Unga 1520 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi:

– O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga bo‘lgan tajovuzlar haqida;

– davlat chegarasi qo‘riqlanishi va himoya qilinishiga bo‘ladigan tahdidlar;

– Qurolli kuchlar va mudofaa-sanoat majmuasida davlat xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar;

– terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoiy guruhlarga oid;

– qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir jinoyatlar haqida;

– davlat manfaatlariga tahdid soluvchi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar yuzasidan;

– milliy, etnik va diniy adovatni targ‘ib etish;

– davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga doir boshqa axborotlar.

Shu bilan birga, Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasida (jinoyat ishining tergovga tegishliligi) belgilab qo‘yilgan va tergovi DXX vakolatiga kiritilgan Jinoyat kodeksining 150-163-tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, 182-bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, 223-qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish, 246-moddalarida (kontrabanda) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.

Ta’kidlanishicha, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasiga asosan mazkur qonunni buzganlik, xuddi shuningdek, tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

“Murojaat qilgan fuqarolarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.

 


O‘zbekiston


														
														Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
10:26 / 14.06.2025

														
														14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025

														
														Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025

														
														Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025

														
														Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025

														
														Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025

														
														13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025

														
														Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025

														
														Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025

														
														Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank yillik asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 12-iyundagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risi…
15:42 / 12.06.2025

Bu ham qiziq

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Yangiyo‘lda “Kamaz” 9 yoshli bolani urib yubordi

Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida velosipedchi bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
14:53 / 11.06.2025
“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

Eron oliy rahnomasi Oyatulloh Ali Xomanaiy X tarmog‘ida yahudiylarga murojaat qildi.
11:16 / 13.06.2025
11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddat…
15:26 / 10.06.2025
Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025
Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Haj-2025. O‘zbekistonliklar 12-iyundan boshlab hajdan qaytadi

Bu haqda, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
10:59 / 12.06.2025
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatlardan avtomobil import qilmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 213,7 ml…
12:09 / 11.06.2025
Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Kreditni samarasiz ishlatish ortidan 19,6 mlrd so‘m zarar keltirgan mansabdorlarga jinoyat ishi ochildi

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
17:19 / 12.06.2025
Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

O‘zbekiston elchixonasi Rossiya TIVga mehnat migrantlarining huquqlari buzilgani yuzasidan nota yubordi

“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Moskvadagi reydlar chog‘ida chet el fuqarolariga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani ha…
10:02 / 11.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!