$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Kun tarixi: AQShdagi egizak binolar portlaganiga 18 yil bo‘ldi

13:37 / 11.09.2019

Bugun AQShda Vatanparvarlik va ibodatlar kuni. Bundan 18 yil avval sodir bo‘lgan mudhish (2001-yil 11-sentyabr) voqealariga bag‘ishlangan bu kunda butun mamlakat bo‘ylab mahalliy hukumat, universitet, maktab, jamoatchilik uyushmalari tomonidan tashkil qilingan xotirlash marosimlari, motam tadbirlari va xotira konsertlari bo‘lib o‘tadi. Federal binolarning barchasida shu kuni davlat bayroqlari tushiriladi.

Картинки по запросу AQShdagi egizak minoralar

Daxshatli fojea American Airlines va United Airlines aviakompaniyalariga tegishli bo‘lgan 4 ta samolyot yordamida amalga oshirilgan edi. 19 nafar terrorchi samolyotlarni garovga olib, Amerikadagi muhim strategik obyektlarga, jumladan, 2 ta Boeing 767 yo‘lovchi samolyoti Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining 110 qavatli egizak binolariga, 1 ta Boeing 757 samolyoti Vashingtondagi AQSh mudofaa vazirligi binosiga, yana bir Boeing 757 samolyoti esa Pitsburg shahridan 80 mil nariga borib tushgan. 

Похожее изображение

O‘sha 19 nafar terrorchining shaxsi aniqlandi. Ular Misr, Saudiya Arabistoni, BAA va Livan fuqarolari bo‘lib chiqishdi Mazkur shaxslar “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotiga aloqador bo‘lib, AQShda qonuniy ravishda yashagan, ularning ba’zilari esa Amerika uchuvchilik maktablarida ta’lim olgan. Oradan 10 yil o‘tib, ularga boshchilik qilgan “birinchi raqamli xalqaro terrorchi” Usoma ben Laden 2011-yil 2-mayga o‘tar kechasi Abbotobod shahri (Pokiston)da AQSh maxsus xizmatlari amalga oshirgan harbiy operatsiya natijasida o‘ldirilgan.

Ajablanarlisi, fojeadan 5 yil o‘tib, 75 nafar Amerika olimlari 11-sentyabr haqidagi haqiqat yashirilganini ta’kidlashdi. Ushbu fikrni ilgari surayotgan olimlar yetakchisi Yuta universiteti fizigi, professor Stiven Jons Savdo markazi qoldiqlarini o‘rganib chiqib, binoni qulatish uchun portlovchi moslamadan foydalanilgan, degan xulosaga kelgan.

Картинки по запросу AQShdagi egizak minoralar

“Hurriyat” gazetasining Amerika fojeasiga bag‘ishlab chiqarilgan maqolasida terror uyishtirilganligi haqida olimlarning taxminlari keltirib o‘tilgan. 
Professor Jonsning fikricha, ikkita samolyotdan chiqqan aviayonilg‘i shunday ulkan konstruktsiyani yer bilan yakson qilish quvvatiga ega emas. Uning taxminiga ko‘ra, ikkala minoraning ham strategik nuqtalariga portlovchi uskunalar o‘rnatilgan va moslamalar samolyotlar kelib urilgan paytda harakatga keltirilgan.

Professor Jons va uning hammaslaklari fikricha, Amerika ma’muriyatidagi neokonservatorlar guruhi teraktlar haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan va minoralar portlashiga yo‘l qo‘yib berishga Markaziy razvedka boshqarmasini ko‘ndirgan. 

Картинки по запросу AQShdagi egizak minoralar

O‘sha vaqtlarda razvedka boshlig‘i Jorj Tenet edi. Ammo uning fojeada aybi borligi hech qachon isbotlanmagan. Biroq 2004-yili u lavozimidan o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqadi. O‘sha vaqtdagi AQSh prezidenti Jorj Bushning so‘zlariga ko‘ra, Tenetning iste'fosi “shaxsiy sabablarga ko‘ra” yuzaga kelgan. AQSh rahbari bu qadamning boshqa tafsilotlari haqida ma’lumot bermagan. Jorj Tenetni 2004-yil 14-dekabrda AQSh prezidenti “Ozodlik” medali bilan mukofotlagan. 

Dmitriy Gromov "Корреспондент" jurnalining 2015-yil 27-fevraldagi 8-sonida yozishicha, Nyu-Yorkdagi Jahon Savdo Markazining (WTC) janubiy minorasidan ijaraga ofis olgan “FiduciaryTrustInc” kompaniyasi xodimi Skott Forbes 2001-yil sentyabr oyi boshida ishga kelganida g‘alati hodisalarni kuzatgan. 

U minoraning 97-qavatida har kuni ertalab deraza oynalarida, batareyalarda va boshqa joylarda kulrangli ko‘p miqdordagi changlarni ko‘rgan. Taxminan to‘rt hafta oldin Forbes tepadan kelayotgan daxshatli shovqinlarni eshitgan. G‘ildirakli bir nima harakatlangan, kuchli zarb bilan yerga qo‘yilgan. U yerda nima bo‘layotganini bilishga qiziqib tepaga chiqqanida esa faqat bo‘m-bo‘sh xonalarni ko‘rgan.

Похожее изображение

8-9-sentyabrdagi dam olish kunlari pastki qavatlardan tashqari deyarli butun bino elektr tokidan uzib qo‘yilgan. Bu xodimlarga yangi internet kabellarini o‘rnatish uchun qilinayotganligi tushuntirilgan. O‘sha kunlarda “FiduciaryTrustInc” kompaniyasining katta ma'lumotlar bazasi ma'muri Forbes kompyuterlarni to‘g‘ri o‘chirib-yoqish uchun ishdan tashqari vaqtda ham ishlashga majbur bo‘lgan.

11-sentyabr, seshanba kuni Forbesning qonuniy dam olish kuni bo‘lgan. Ertalab minoraga qaraganida 15-qavatdagi deraza oldida yana ko‘p miqdordagi changni ko‘rgan va daxshatga tushgan. 

Biroq Forbesning kuzatuvlari Nyu-Yorkdagi 11-sentyabr voqealarining yuzlab guvohlari kabi hujum sabablarining rasmiy tergov bayonnomasiga kiritilmagan. 

Butun dunyoni larzaga solgan voqeaning qanday sodir etilgani borasida yana ko‘plab turli qarashlar mavjud. U qanday amalga oshirilgan bo‘lmasin, insoniyat tarixda sira ketmas dog‘ bo‘lib qoldi. Endi butun dunyo aholisi bu kabi daxshatlar qayta yuz bermasdan hamisha tinch-totuv hayot kechirish umidida yashamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, hozirda AQShda “11-sentyabr” muzeyi tashkil etilgan. U yerdagi eksponatlarni ko‘rib, terrorning qay darajada daxshatli bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin. 

👉 batafsil: http://xabardor.uz/nyu-yorkdagi-11-sentyabr-muzeyi-haqida-bilasizmi

 

Nozima Rahmatova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
09:53 / 17.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalarni taqdim etishga tayyor

Bu safargi cheklovlar asosan neft va neft mahsulotlariga nisbatan bo‘ladi
22:08 / 16.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xito…
12:25 / 16.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!