$
12917.10 UZS
-48.24
160.14 UZS
-1.2
14460.69 UZS
-64.38
28° Kechasi 17°

Unutmang, siz samolyotdasiz

14:45 / 21.01.2015

Har qanday holatda ham odob-axloq me'yorlariga rioya qilish insonga hurmat-izzat keltiradi. Jumladan, samolyotda parvoz qilishning ham o‘ziga yarasha qoidalari bo‘lib, bu qoidalar bilan tanishib qo‘ysangiz foydadan xoli bo‘lmaydi.

Chetgi o‘rindiq: yo‘lak bilan yonma-yon joylashgan o‘rindiq oyog‘i uzun yo‘lovchilar uchun qulay. Lekin bu yerda o‘tirgan odam ikki-uch marta yonida o‘tirgan yo‘lovchini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Chetgi o‘rindiqda o‘tirgan bo‘lsangiz sizni o‘n marta bezovta qilishsa ham xotirjamlikni saqlang. Balki yoningizda o‘tirgan yo‘lovchi hojatxonaga tez-tez borishga majbur bo‘luvchi bemordir. 

Kampirsho va chamadon: boshingiz tepasidagi bo‘lmalar qo‘l yuklarini solib qo‘yish uchun qulay. Faqat yukingiz og‘ir bo‘lmasa. Qo‘lida og‘ir yuki bo‘lgan kampir mabodo yukini yuqori bo‘lmaga qo‘ymoqchi bo‘lsa, uni ko‘rmaganga olib o‘tirish o‘rniga yordamlashing. 

Navbatga rioya qiling: samolyotga chiqayotganlarni kuzatganmisiz? Samolyot hech qayoqqa uchib ketmayapti, hamma yo‘lovchilar chiqsagina uchib ketadi. Lekin yo‘lovchilar xuddi qolib ketadigandek bir-birlarini turtib-surtib, samolyotga chiqib olishga urinishadi. Siz chiqmaguningizcha samolyotingiz uchib ketmaydi, navbatga rioya qiling.

Paypoq: uzoq vaqt parvoz qilganda poyabzalni yechish noqulay. Lekin yechmasangiz ham bo‘lmaydi. Parvozdan oldin toza paypoq kiyishni unutmang. 

Xuddi uydagidek: samolyotda xuddi uydagi kabi film tomosha qilishingiz, uxlashingiz, ovqatlanishingiz yoki biror narsa o‘qishingiz mumkin. Lekin unutmang: samolyot uyingiz emas. Baqirib kulish, qo‘shiq aytish, hushtak chalish atrofingizdagilarning g‘ashiga tegishi mumkin.

Kerakli buyumlar: zerikmaslik uchun o‘zingiz bilan planshet, musiqa tinglash uchun go‘shak, parvoz davomida kerak bo‘ladigan narsalarni sumkangizdan birato‘la chiqarib oling. Har besh daqiqada kerakli buyumni olish uchun o‘rningizdan turib yuk bo‘lmasidagi sumkangizni kavlash yoningizdagilarga noqulaylik tug‘dirishi mumkin.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda ayrim yo‘l belgilar o‘rnatilishi qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuq…
20:04 / 16.05.2025
Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi. Bu haqda …
09:32 / 17.05.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona va voyaga yetmagan farzandi vatanga qaytarildi

Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
08:37 / 18.05.2025
Uchda avtovokzal va to‘qqizta avtostansiya qayta nomlanadi

Uchda avtovokzal va to‘qqizta avtostansiya qayta nomlanadi

O‘zbekiston Transport vazirligi respublikaning olti viloyatidagi uchta avtovokzal va to‘qqizta avtostansiyaga yangi nomlar b…
20:25 / 16.05.2025
Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

Mirziyoyev To‘qayevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada …
12:47 / 17.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

Tramp 1 mln nafar g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati G‘azo sektoridan 1 million falastinlikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmo…
13:53 / 17.05.2025
“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining o‘z xizmat vakol…
14:00 / 18.05.2025
Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Reuters’ga ko‘ra, Suriya rasmiylari banknotlarni bosib chiqarishni BAA va Germaniyaga ko‘chirish imkoniyatlarini ma’lum vaqt…
13:47 / 17.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!