$
12142.10 UZS
-52.11
150.53 UZS
0.56
14079.98 UZS
95.66
31° Kechasi 18°

Uy bekalari uchun: yumshoq va mazali kartoshka tayyorlash sirlari

15:25 / 25.10.2019

Kartoshka ko‘pchilikning sevimli mahsuloti bo‘lishi bilan birga, taom tayyorlashda ham  asosiy o‘rinlarda turadi. Taomning xushta’m bo‘lishi kartoshka sifatiga bog‘liq bo‘lsa, uni qanday qilib tayyorlash oshpazning zimmasida. Quyida uy bekalari va oshpazlar uchun kartoshka pishirish tartibi haqida ma’lumotlar berib o‘tamiz. 

Pyure tayyorlaymiz

Kartoshkani sovuq suvga solib qaynatish kerakmi yoki issiq?

Bozor rastalarida kartoshkaning qizil, sariq, yuvilgan, yuvilmagan va boshqa bir qator turlarini uchratish mumkin. Uning xilma-xil tayyorlanishi ham tanlangan kartoshka turiga bog‘liq. Ammo ming afsuski, kartoshkaning mazasini ko‘rinishiga qarab bilish qiyin. Shuningdek, qaysi kartoshka qancha muddatda pishishini ham aniqlay olmaysiz. Natijada uning tayyor bo‘lishini ancha vaqt kutishga to‘g‘ri keladi! 

Agar siz kartoshkani qaynatilgan holda yemoqchi bo‘lsangiz sovuq suvga solib qaynating. Agar undan pyure tayyorlash rejasi bo‘lsa, avvaliga sovuq suv, keyin esa issiq suvga solib olish kerak bo‘ladi.
 
Sovuq suvga solingan kartoshka yarim soat qaynatiladi (issiqlik harorati 70 darajadan ortmasligi kerak). Shundan so‘ng, suvi to‘kiladi va issiq suvga solinadi. Keyingi bosqichda yaxshilab quritiladi.

Suvga butunligicha solish kerakmi yoki bo‘laklarga bo‘lib?

Kartoshka bir xilda pishib, qaynashi uchun uni bir xil hajmdagi bo‘laklarga bo‘lish tavsiya etiladi. Agar butunligicha solsangiz, ulardan biri pishib-pishmay qoladi. Yoki chala pishgan bo‘ladi.  

Mazali pyure tayyorlash uchun qancha yog‘ va sut kerak bo‘ladi?

Xushta’m pyure uchun 1 kg. kartoshkaga 400 gr. sariyog‘ qo‘shish kerak. Kartoshka po‘stidan tozalanadi va ustiga yog‘ solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Agar pyureni darhol dasturxonga tortish kerak bo‘lsa, unga issiq sut solish tavsiya etiladi (1 kg. kartoshkaga 100 gr. sut).
  
Kartoshkani qanday ezish kerak?

Ayrim oshpazlar kartoshkani pyure holatiga keltirish uchun uni qoshiq bilan ezishadi. Yana ayrimlar esa blenderdan foydalanadi. Yuqori tezlikdagi mexanik aralashtirish vaqtida kartoshka tuzilishiga zarar yetadi: ko‘p kraxmal ajralib chiqadi. Oqibatda pyure yelimga o‘xshab yopishqoq bo‘lib qoladi. Rangi ham o‘zgaradi.

Kartoshkani qovurib tayyorlaymiz

Qovurilgan kartoshkani tayyorlashning ham o‘z sirlari mavjud. Avvaliga kartoshkani vino sirkasi solingan suvda qaynatib olish kerak bo‘ladi (2 litr suvga 2 oshqoshiq sirka solinadi). Kartoshka sal pishay deganda, suvi to‘kib tashlanadi va shundan so‘nggina yog‘da qovuriladi.
 
Agar sarimsoqpiyozli kartoshka tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, uni kartoshka tayyor bo‘layotgan vaqtda qo‘shing. Piyozni alohida qovurib olib, keyin tayyor mahsulotga aralashtirib yuborsangiz ham bo‘laveradi.

Nima uchun qaynatish kerak?

Kartoshka birdan yog‘ga solib qovurib olinsa, u bir xilda pishmaydi. Avvaldan qaynatilsa, ichi yaxshi pishadi. Keyin esa faqatgina ustini yog‘da qovurib olish qoladi. Qarabsizki, qirsillagan kartoshkalar tayyor bo‘ladi.

Qovurish jarayonini o‘rtacha balandlikdagi olovda amalga oshirgan ma’qul. Unga qo‘shimcha ta’m bag‘ishlash uchun ustiga sariyog‘ solib yuborsa ham bo‘ladi. Tuz solishni esa qovurishning oxiriga qoldiring.

Nargiza UTEPOVA tayyorladi.


Bu ham qiziq

Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi

Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ta’minlash hamda jahon bo…
17:18 / 30.03.2026
1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati mazkur chora bog‘da xavfsiz va osoyishta piyoda sayr qilish muhitini ta’minlashga qarati…
12:09 / 31.03.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!