$
12502.99 UZS
-21.9
155.94 UZS
-0.6
14484.71 UZS
28.48
35° Kechasi 20°

Chuchvara tayyorlash borasida 8 ta eng katta xato

13:25 / 21.02.2020

Ko‘pchilik chuchvara tayyorlashni juda oson yumush, deb o‘ylaydi. Yillar davomida qon-qonimizga singib ketgan ko‘nikmalar bilan buni, hatto ko‘zim yumuq holatda ham uddalayman, deydiganlar topiladi. Biroq uning o‘ta injiq taom ekanligini ham tan olish lozim. Chunki, agar sal adashsangiz, tansiq taomga emas, ezilgan xamir bo‘laklariga ega bo‘lishingiz hech gap emas.
 
Xo‘sh, chuchvara tayyorlash uchun qancha miqdorda un ishlatish lozim? Xamirni qanday yoyish kerak? Tugilgan chuchvarani qanday suvga tashlash lozim? Shu kabi qator savollarga javob topish maqsadida biz chuchvara tayyorlash borasidagi xatolar xususida so‘z yuritamiz.

Masalliqlar proporsiyasi

Chuchvara tayyorlash mobaynida ichidagi masalliqlar proporsiyasiga e’tibor qarating. Xamir juda qattiq bo‘lib ketsa, uni yoyishga ham qiynalasiz. Suvga tushganda esa pishishi ham qiyin bo‘ladi. 
Bundan qochish uchun quyidagi retsyeptdan foydalaning:
3 stakan un
0,5-0,75 stakan suv;
1 choy qoshiq tuz;
1 dona tuxum.
Tuxum katta-kichikligiga qarab suvni kamaytirish yoki ko‘paytirish mumkin. Qattiq bo‘lib ketsa, biroz suv qo‘shish ham mumkin. Faqat buni birdaniga qilmang. Agar xamir juda yumshoq bo‘lib qolsa, unga ozroq un qo‘shish ham mumkin.

Xamir uchun issiq suv ishlatish

Juda ko‘p retseptlarda xamir qilish uchun issiq suvdan foydalanish lozimligi tavsiya etiladi. Biroq bu maslahat chuchvara xamiriga to‘g‘ri kelmaydi. Unga faqat sovuq suv kerak. Hatto, xona haroratidagi suvda ham xamir zich va qattiq bo‘lib qoladi. 

Yaxshisi suvni muzlatgichda sovutib olgan ma’qul. Oxir-oqibat siz yumshoq va elastik xamirga ega bo‘lasiz. Undan ideal chuchvaralar tugish mumkin.

Xamir qilgan zahoti yoyishni boshlash

Ko‘pchilik uy bekalari chuchvara uchun xamir qilgan zahoti uni yoyishga tushib ketishadi. Oxir-oqibat uni yupqa qilib yoyguncha qiynalib ketishadi. Yaxshisi xamirni plyonka paketga o‘rab, bir soat muzlatgichda saqlang. Bu vaqt davomida un xamirni elastik qilish xususiyatiga ega kleykovina ishlab chiqaradi.

Chuchvara ichiga juda ko‘p miqdorda qiyma solish

Albatta, chuchvara ichida ko‘p qiyma bo‘lgani yaxshi, biroq me’yoridan oshirmagan ma’qul. Birinchidan, juda ko‘p qiyma solinsa, uni tugish qiyinlashadi. Ikkinchidan, qaynash davomida chuchvara ichidagi qiyma shishib, xamir yorilib ketadi. Shu tariqa chuchvara ichidagi suv chiqib ketadi va u bemaza, quruq bo‘lib qoladi. 

Chuchvaralarni muzlatmasdan pishirish

Oshpazlar tavsiyasiga ko‘ra, chuchvaralarni muzlatib, so‘ng pishirish kerak ekan. Muzlatilmagan chuchvaraning xamiri juda ingichka va yumshoq bo‘ladi. Suvga bo‘kkan chuchvara ezilib ketishi turgan gap. Muzlatilgan chuchvaralarning tirik qolish imkoniyati yuqori.
Muzlatilmagan chuchvarani faqat oz-ozdan, katta kastryulkaga solib pishirish kerak.

Sovuq suvga solib pishirish

Ko‘pchilik bu tajribaning achchiq mevasini allaqachon tatib ko‘rgan. Yana bir bor eslatamiz: chuchvarani faqat qaynab chiqqan suvga tashlash lozim. Sovuq suvga tushganda u ezilib, ochilib ketadi.

Chuchvarani ko‘p-ko‘pdan pishirish

Chuchvaralar me’yorida qaynashi uchun qozonda o‘z “shaxsiy hududi”ga ega bo‘lishi kerak. Agar siz birdan ko‘p miqdorda chuchvara solsangiz, suv sovub qoladi. Sovuq suvda pishgan chuchvara qay ahvolga tushishini esa aytib o‘tdik. 

Pishgan chuchvaraning suvi oqib ketishini kutmaslik

Mana, taom ham tayyor bo‘ldi. Siz mazali, yoqimli, xushxo‘r chuchvaralarni pishirib oldingiz. Biroq endi shoshilmang. Chuchvaralarni durshlagga solib, ortiqcha suv chiqib ketishini kuting. 

Ana shunda unga keyinroq qo‘shiladigan yog‘ va qatiq chuchvara tarkibiga singadi va ularni yanayam mazali qiladi.
Agar shu tavsiyalarimizga amal qilsangiz, chuchvaralaringiz doim xushxo‘r va ideal shaklda bo‘lishi turgan gap.


Bu ham qiziq

Ko‘kdaladagi portlash yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ko‘kdaladagi portlash yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

“Hodisa oqibatida avtotsisterna haydovchisi yengil kuyish tan jarohati olgan”, – deyiladi xabarda.
09:11 / 06.08.2025
Boks. O‘zbekistonning 9 nafar vakili Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

Boks. O‘zbekistonning 9 nafar vakili Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik yosh charmqo‘lqop ustalari Tailanddagi musobaqada eng ko‘p final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
17:36 / 06.08.2025
O‘zbekistonning dukkakli o‘simliklar bo‘yicha eksporti ancha pastladi

O‘zbekistonning dukkakli o‘simliklar bo‘yicha eksporti ancha pastladi

2024-yil bilan solishtirganda, qariyb 4200 tonna kamroq mahsulot eksport bo‘lgan
18:58 / 06.08.2025
O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi

O‘zbekiston oltin xaridi bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi

Mamlakat iyun oyida jami 9 tonna oltin sotib olgan.
11:16 / 07.08.2025
Xitoyda chikungunya virusi bilan kasallanganlar soni 7000 dan oshdi

Xitoyda chikungunya virusi bilan kasallanganlar soni 7000 dan oshdi

Mamlakatning Guandun provinsiyasida iyuldan buyon chikungunya virusiga chalinish bilan bog‘liq 7000 dan ortiq holat aniqlang…
09:20 / 07.08.2025
O‘zbekistonda yoz oylari uchun tonirovka to‘lovi arzonlashtirilishi mumkin

O‘zbekistonda yoz oylari uchun tonirovka to‘lovi arzonlashtirilishi mumkin

Bunda maydan sentyabrgacha belgilangan to‘lov 412 ming so‘mni tashkil etadi.
15:31 / 07.08.2025
DXX reydlarida Samarqand va Qashqadaryoda firibgarlar qo‘lga olindi

DXX reydlarida Samarqand va Qashqadaryoda firibgarlar qo‘lga olindi

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:11 / 07.08.2025
O‘zbekistonliklar orasida elektromobil xarid qilish yildan-yilga ortmoqda

O‘zbekistonliklar orasida elektromobil xarid qilish yildan-yilga ortmoqda

Hozirga qadar qariyb 75000 elektromobillar ro‘yxatga olingan
22:08 / 06.08.2025
Andijonda mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi

Andijonda mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi

Hozirda J.S.ga nisbatan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga…
09:38 / 06.08.2025
Bill Klinton va Hillari Klintonni Epshteyn ishi bo‘yicha sudga chaqirildi

Bill Klinton va Hillari Klintonni Epshteyn ishi bo‘yicha sudga chaqirildi

Epshteynning o‘zi 2019-yil qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotganda vafot etgan
21:34 / 06.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!