$
12729.48 UZS
-20.27
139.72 UZS
-0.53
14156.45 UZS
14.43
25° Kechasi 15°

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Qatar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

10:07 / 21.06.2021

20-iyun kuni Toshkentdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari prezidentlari Abdusalom Azizov va Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani o‘rtasida o‘zaro Hamkorlik shartnomasini imzolashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat futbol federatsiyalari prezidentlari futbolni rivojlantirish, futbol birdamligini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, musobaqalar tashkilotchiligi, murabbiylar malakasi va futbol jarayonlari xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

O‘FA rahbari Abdusalom Azizov futbolni rivojlantirish, ayniqsa, terma jamoalarga foyda keltiradigan iqtidorli futbolchilarni tarbiyalash, terma jamoalarni tizimli ravishda shakllantirish muhim ekanligi haqida gapirdi. Shuningdek, O‘FA rahbari murabbiylarning malakasini oshirish va yana ko‘plab dolzarb masalalarda Qatar bilan yaqin hamkorlik qilinayotganidan mamnun ekanligini ma’lum qildi.

Kelishuvga kiritilgan yangi qo‘shimchalar sifatida ikki futbol assotsiatsiyasi tomonidan kelishilgan o‘yinlar va futboldagi korrupsiya xavfini yengish uchun amalga oshirilgan ishlarni yanada rivojlantirishga o‘z xissasini qo‘shishi ta’kidlandi.

Shayx Hamad bin Halifa Bin Ahmad Al Tani O‘FA prezidentini O‘zbekiston 2022-yilgi 23 yoshli futbolchilar o‘rtasida o‘tadigan Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik huquqini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi va QFAning barcha masalada yordamga tayyor ekanligini bildirdi. 

O‘zbekiston va Qatar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari davom etayotgan koronavirus pandemiyasi davrida Osiyo futbol konfederatsiyasiga a’zo assotsiatsiyalar futbolni rivojlantirish uchun ko‘proq hamkorlik qilishlari zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, suhbat davomida OFK musobaqalariga tegishli boshqa bir qator masalalar ham ko‘rib chiqildi.


Bu ham qiziq

To‘qayev tashqi razvedka va antiterror xizmati rahbarlarini iste’foga chiqardi

To‘qayev tashqi razvedka va antiterror xizmati rahbarlarini iste’foga chiqardi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KXB) tashqi razvedka xizmati va Antiterr…
10:31 / 16.09.2024
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitida qatnashdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmat xabar berdi.
14:21 / 17.09.2024
Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols birgalikda daraxt ekdi

Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols birgalikda daraxt ekdi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
13:59 / 16.09.2024
UzAuto Motors bosh direktori jarimaga tortildi

UzAuto Motors bosh direktori jarimaga tortildi

Bu haqdagi ma’lumot Istiqbolli loyihalar milliy agentligi korporativ axborot yagona portaliga yuklangan.
14:43 / 17.09.2024
Rossiya 3 ta davlatdan yordam so‘radi

Rossiya 3 ta davlatdan yordam so‘radi

Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
09:47 / 17.09.2024
JCh-2024. Bugun o‘zbekistonlik futzalchilar Paragvayga qarshi bahs olib boradi

JCh-2024. Bugun o‘zbekistonlik futzalchilar Paragvayga qarshi bahs olib boradi

Bugun O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 2-tur bahslariga start beriladi.
10:08 / 17.09.2024
800 nafar o‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga ishga yuboriladi

800 nafar o‘zbekistonlik hamshiralar Germaniyaga ishga yuboriladi

Shuningdek, Germaniyaga ishga yuboriladigan hamshiralar kamida €2200 maosh oladi.
15:22 / 17.09.2024
Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari qurbonlari soni 41 252 kishiga yetdi

Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari qurbonlari soni 41 252 kishiga yetdi

2023-yil 7-oktyabrdan beri Isroil hujumlarida yaralangan falastinliklar soni 95 497 nafarga yetgan.
16:49 / 17.09.2024
Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar Isroilni mag‘lub etdi

Shaxmat Olimpiadasi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar Isroilni mag‘lub etdi

Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 6-tur o‘yinlari ham o‘z nihoyasiga yet…
09:24 / 17.09.2024
Krishtianu Ronalduning sog‘lig‘i yomonlashdi

Krishtianu Ronalduning sog‘lig‘i yomonlashdi

Bu haqda “Al-Nasr” klubi matbuot xizmati xabar berdi.
12:04 / 16.09.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!