$
12880.35 UZS
-29.8
156.68 UZS
-3.1
14535.47 UZS
-125.3
33° Kechasi 20°

Avtomobillar tarixiga oid qiziqarli faktlar

08:54 / 24.10.2019

Avtomobillar 1769-yilda, bug‘ dvigatelining birinchi nusxalari yaratilganidan keyin paydo bo‘lgan. 1807-yilda Fransua Isaak de Rivaz ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan dunyodagi birinchi avtomobilni yaratdi.

Zamonaviy avtoulovlar davri 1886-yilda nemis ixtirochisi Karl Benz bilan boshlangan. U ilk bora mashinaning ort g‘ildiraklari orasiga ichki yonuv dvigatelin o‘rnatadi. Ixtirochi buni “Benz Patent Motorwagen” deb nomlab, ularni ishlab chiqarish uchun patent oladi. Karl Benz hozirgi kundagi zamonaviy avtomobillarning ixtirochisi hisoblanadi.
 
Shunday qilib, biz sizga avtomobillar tarixidan 10 ta qiziqarli ma’lumotni taqdim etamiz:

Volkswagen Beetle, эскиз Гитлера

1. Adolf Gitler Ferdinand Porshega Volkswagen mashinasini ishlab chiqarish haqida buyruq bergan. Volkswagen nemis tilidan tarjima qilinganda “Xalq aravasi” degan ma’noni anglatadi.  

Mazkur mashinaning eskizini Gitlerning o‘zi chizgan. 1930-yillarda saqlanib qolgan eskiz haqiqatan ham birinchi ishlab chiqarilgan qo‘ng‘iz mashinaning versiyasiga o‘xshaydi.

2. 1971-yilda Bosh vazir Indira Gandi Hindiston uchun “Milliy avtomobil” yaratish taklifi bilan chiqqan. Unga ko‘ra vazifa Bosh vazirning o‘g‘li Sanjay Gandiga topshiriladi. Bu holat Indira Gandiga qarshi hind oppozitsiyasining aybloviga asos bo‘lgan. Shuni ta’kidlash kerakki, Sanjay hayoti davomida hech qachon “xalq avtomobillari”ni ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lmagan. 

Maruti 800

Ammo, baribir, bu hikoya yaxshilik bilan yakun topgan. Hindlarning Yevropalik ishlab chiqaruvchilar orasida sheriklar izlashi yaxshi natijalarga olib kelmadi. Ammo kutilmaganda Suzuki hind loyihasiga qiziqish bildirgan.

Shunday qilib, 80-yillarning boshlarida ular o‘rtasida “Maruti Udyog Ltd.” qo‘shma korxonasi paydo bo‘ldi. Shunisi e’tiborga loyiqki, o‘sha vaqtlarda Dehli yo‘llarida atigi 40 mingta mashina harakatlangan. 

O‘sha vaqtdagi rejaga ko‘ra, zavod kuniga 100 mingdan ortiq mashina ishlab chiqarishi kerak edi. 2014-yilda Dehli yaqinida joylashgan Gurgaon shahridagi Maruti Suzuki korxonasida 16 sekundda bitta mashina yig‘lib: kuniga 3500 ta, oyiga esa 62,500 ta mashina ishlab chiqarilishi haqida ma’lumotlar berilgan. 

3. “Rolls-Royce Ltd.” kompaniyasiga 1906-yilda Charlz Stuart Rolls va Frederik Genri Roys asos solgan.

Silver Ghost

Xuddi shu yili Rolls-Royce o‘zining birinchi avtomobili – “Silver Ghost”ni ishlab chiqargan. 1907-yilda avtomobil Shotlandiyada bo‘lib o‘tgan poygada 24 000 kilometr masofani bosib o‘tib, rekord o‘rnatgan. 

4. Ommaviy kimoshdi savdosida sotilgan eng qimmat avtomobil 1954-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz W196R Formula 1 poyga avtomobili bo‘lib, u 2013-yilning iyul oyidagi 30 million dollarga baholangan.

5. Dunyoga mashhur Ford kompaniyasining asoschisi Genri Ford yoshligida soatsoz bo‘lib ishlagan. Yosh yigitcha haftasiga 300 tagacha soatni tuzatishiga tog‘ri kelgan. 

Генри Форд и Жестяная Лиззи

6. 1916-yilda dunyodagi barcha avtomobillarning 55 foizi Ford kompaniyasining afsonaviy “Model T” mashinasi bo‘lgan.

7. Volkswagen kompaniyasi bir nechta avtomobillariga shamollar nomini qo‘ygan. Masalan, Passat – yil bo‘yi tropik tabiatga ega joylar orasida esadigan shamol; Golf – Fors ko‘rfazidagi iliq havo oqimlari; Polo – qutbli shamol, Jetta esa Tinch okeani sharqiy shamolining nomi hisoblanadi.

8. Britaniyaning hashamatli avtomobil markasi “Aston Martin” nomi Aston Klinton yaqinida bo‘lib o‘tgan  “Aston Xill”dagi poygada qatnashgan Lionel Martin sharafiga qo‘yilgan. 

Aston Martin

9. Birinchi avtomashinalarni boshqarishda rul o‘rniga dastakdan foydalanilgan. Uning dizayni va funksionalligi xuddi joystikka o‘xshash bo‘lgan.

10. Yamaykalik qo‘shiqchi va gitara ustasi Bob Marli BMW avtomobillarini juda yaxshi ko‘rgan. Aynan bu mashinalarga bo‘lgan mehrini u kompaniya logotipining o‘z ismi bosh harflariga mos kelishi bilan izohlagan. Ya’ni, BMW – Bob Marley Wailers.


Bu ham qiziq

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Aprel oyida Soliq mobil ilovasidan iste’molchilarga 115.1 milliard so‘mlik keshbeklar to‘lab berilgan

Mart oyida bu summa 103.2 milliard so‘mni tashkil etgandi. To‘langan keshbeklarning eng ko‘p qismi esa Toshkent shahrida (45…
20:30 / 10.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqandda “zapravka”dagi yong‘in sabab ikki kishi halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 fuqaro halok bo‘lgan.
09:34 / 09.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘zaro o‘t ochishni to‘xtatdi

Shuningdek, Pokiston tashqi ishlar vaziri ham ushbu ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab o‘tdi.
18:42 / 10.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Soliq mobil ilovasining foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, Soliq mobil ilovasida 10 million 965 ming nafardan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
12:10 / 11.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pekin bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy importiga 145 foizlik bojlarni 50-54 foizgac…
22:00 / 09.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!