$
12831.13 UZS
-55.77
161.07 UZS
0.2
14542.80 UZS
-82.54
29° Kechasi 13°

Kun tarixi: 8-may – Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati kuni. “Qizil xoch” va “Yarim oy” belgilarining qanday farqi bor? Ular din ajratadimi?

10:27 / 08.05.2020

Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim oy kuni Shveysariya gumanisti, Qizil xoch asoschisi va Nobel mukofoti laureati Genri Dyunanning tug‘ilgan kuni sharofati bilan har yili 8-may kuni nishonlanadi. Quyida qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati va uning urushga ta’siri haqida foydali ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

• Xalqaro Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyatiga Shveysariyada asos solingan. Bu jamiyat halokat qurbonlariga yordam berish, jamiyatning yordamga muhtoj qatlamlariga har tomonlama ko‘maklashish, birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil qilish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, ushbu jamiyat Xalqaro inson huquqi bo‘yicha bilimlarni tarqatish, qurolli to‘qnashuvlar davrida esa harbiy tibbiyot xizmatchilariga ko‘maklashish vazifalarini ham bajaradi.

• Ushbu jamiyatning belgisi – Shveysariya bayrog‘i ranglarining teskari ko‘rinishidir (Shveysariya bayrog‘ida qizil rangga oq xoch belgisi chizilgan).

• “Qizil xoch” va “Yarim oy” belgilarining vazifa jihatidan hech qanday farqi yo‘q. Lekin ko‘p davlatlar yarim oy belgisini tanlagan. Hozirda juda ko‘p davlatlarda milliy xalqaro Qizil yarim oy jamiyatlari tashkil qilingan. Bu jamiyatlar o‘z davlatlarining muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashib, davlat rivojlanishiga hissasini qo‘shib kelmoqda.

• 1859-yil shveysariyalik yozuvchi Genri Jan Dyunan jang maydonida hech kim e’tibor bermayotgan 40000 nafarga yaqin askarga ko‘zi tushadi va yaradorlarga yordam beradigan tashkilotga ehtiyoj borligiga amin bo‘ladi. U ushbu g‘oyani barcha Yevropa sudlariga chiqara boshlaydi va uning sa’y-harakatlari muvaffaqiyat bilan yakunlandi.

• Qizil xoch va Qizil yarim oy vakillari qurolli mojarolarda taraflarni olishmaydi va siyosiy, irqiy, diniy yoki mafkuraviy tusdagi nizolarda qatnasha olmaydi. Qizil xoch va Qizil yarim oy timsoli tibbiyot vositalarini, masalan, tibbiy transport vositalari yoki shifoxona binolarini harbiy maqsadlarda qo‘llanilmaguniga qadar himoya qiladi.

• Ikki yil ichida Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati 10 ga yaqin mamlakatda ochilgan.

• Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati har yili 70 mingdan ortiq favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar qurbonlariga yordam beradi.

• Kuniga 19000 nafarga yaqin inson Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati tomonidan shoshilinch tibbiy yordam oladi.

• Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab, Afg‘onistondan Zimbabvegacha bo‘lgan 186 ta milliy Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati mavjud.

• Ushbu jamiyatda 97 milliondan ortiq ko‘ngilli ishlaydi va ularning qariyb 50 foizini ayollar tashkil etadi.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 26 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 26 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston global xavfsizlik va tinchlik reytingida 2024-yil uchun yangilangan ro‘yxatda 60-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yil…
19:24 / 26.05.2025
Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Xorazm va Andijonda imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari …
08:58 / 27.05.2025
Sirdaryoda 3 nafar shaxs zaharli gazdan vafot etdi

Sirdaryoda 3 nafar shaxs zaharli gazdan vafot etdi

Sirdaryo viloyatida ota va o‘g‘il, shuningdek ularning qo‘shnisi quduqni tozalash paytida zaharli gaz bilan zaharlanish nati…
20:04 / 26.05.2025
O‘zbekiston va Janubiy Koreya transport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya transport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston transport vazirligi Koreya Respublikasi yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi (MOLIT) delegatsiyas…
15:18 / 27.05.2025
Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haj safariga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘z…
12:58 / 27.05.2025
Rishtonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

Rishtonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tka…
16:53 / 26.05.2025
O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

O‘zbekistonda hududlar kesimida o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi qanday?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yil 1-yanvar holatiga aholining o‘rtacha y…
14:09 / 28.05.2025
O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 20 mingdan oshiq shaxslar qarzdorlik sabab suv ta’minotidan uzilgan

O‘zbekistonda 2025-yil boshidan beri qarzlar tufayli 20,2 ming jismoniy va yuridik iste’molchi suv ta’minoti tizimidan uzild…
15:51 / 27.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi

26-may kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida daraxt Cobalt avtomobili ustiga quladi.
10:59 / 27.05.2025
XAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

XAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Al Jazira nashri xabar berishicha, XAMAS AQShning 60 kunlik sulh va 10 asirni ozod qilish haqidagi taklifiga rozi bo‘lgan, a…
17:59 / 27.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!