$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Ta’limdagi korrupsiyani yo‘qotish mumkinmi? – OTMlar uchun poraxo‘rlikka qarshi kurashuvchi trenerlar tayyorlandi 

10:10 / 25.12.2019

Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil etishga mas’ul trenerlar tayyorlandi. Ushbu loyiha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamkorligida amalga oshirildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mazkur loyiha doirasida tizimda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. 

Navbatdagi tashabbus –Bosh ilmiy-metodik markaz hamda Bosh prokuraturas Akademiyasi hamkorligida Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilari uchun kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli trenerlar tayyorlash kurslari tashkil etildi.

Joriy yilning 17–21-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu kurslarda 90 ta oliy ta’lim muassasacidan jami 121 nafar trenerlar tayyorlandi.

Trenerlarga malakali mutaxassislar tomonidan oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning mazmun –mohiyati, oliy ta’lim sohasida korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash va baholash masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tashkil etildi.

Kurs yakunida tinglovchilarga elektron shakldagi o‘quv-uslubiy materiallar to‘plami hamda sertifikatlar taqdim etildi.

Mazkur trenerlar joylarda oliy ta’lim muassasalari boshqaruv xodimlari va professor-o‘qituvchilari uchun davriy ravishda kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etib borishlari ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-maydagi Farmoniga muvofiq, 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Elbek BOYMURADOV


Bu ham qiziq

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025
Shifoxonalarda dorilarni qo‘llash bo‘yicha tekshiruvlar va protokollarni yangilash ishlari boshlandi

Shifoxonalarda dorilarni qo‘llash bo‘yicha tekshiruvlar va protokollarni yangilash ishlari boshlandi

Klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqish va xalqaro manbalar tomonidan samarasiz yoki yetarlicha o‘rganilmagan deb topilgan…
15:08 / 13.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025
“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyu…
11:54 / 14.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!