$
12497.75 UZS
-12.08
156.79 UZS
0.24
14658.61 UZS
138.45
34° Kechasi 21°

Sayyoramizning eng chuqur nuqtasi – Mariana botigʻi haqida 10 fakt

11:10 / 13.07.2021

Tinch okeanining g'arbiy qismidagi ushbu chuqurlik moʻjizalarga toʻlib toshgan. Bu yerdagi suv bosimi haddan tashqari katta, shu sababli ham olimlar mazkur chuqurlikni bugungi qadar toʻliq oʻrgana olishmagan.

1. Mariana botigʻi (yoki Mariana novi) sayyoramizdagi eng chuqur nuqta hisoblanadi. U dengiz sathidan 10 994 metr chuqurlikda joylashgan.

2. “Chellenjer jari” esa Mariana novining eng chuqur nuqtasi sanaladi. Mazkur suv osti jarligiga 1875-yilda uning chuqurligini oʻlchab koʻrishga harakat qilgan dengizchilar kemasi nomi berilgan.

3. Mariana botigʻi tubida balandligi 2.5 kilometrni tashkil qiluvchi togʻ borligi aniqlangan.

4. Botiqning eng chuqur nuqtasiga ilk marta 1960-yilda maxsus batiskaf (suv osti apparati) da tushib koʻrishgan.

5. Sayyoramizdagi eng chuqur nuqtaga Mariana orollari sharafiga shunday nom berilgan.

6. 2012-yilda taniqli rejissyor Jeyms Kemeron chuqurlikka batiskaf ichida tushib koʻrgan va atrofni 3D-kamera yordamida tasvirga olgan. Eng qizigʻi, u insoniyat tarixida “Chellenjer jari”ga yolgʻiz oʻzi tushib koʻrgan birinchi odam boʻlgan.

7. Agar Everest togʻi Mariana botigʻi ichida boʻlganida, uning choʻqqisini 2 kilometr balandlikdagi suv yopib turgan boʻlardi.

8. Mariana chuqurligidagi suv bosimi dengiz sathidagi oʻrtacha atmosfera bosimidan 1072 karra yuqori. Botiq suvi harorati esa +1- +4 ⁰C ni tashkil qiladi.

9. Hattoki mana shunday chuqurlikda ham hayot mavjud. Olimlar Mariana chuqurligida ulkan amyoba yashashini aniqlaganlar. Ushbu bir hujayrali organizm tanasining diametri 10 santimetrni tashkil qiladi.

10. Mariana botigʻi dunyodagi eng katta dengiz qoʻriqxonasi hisoblanadi.

 


Bu ham qiziq

Abbosbek Fayzullayev nega yangi klubida maydonga tushmayapti?

Abbosbek Fayzullayev nega yangi klubida maydonga tushmayapti?

Bu borada mutaxassis vaziyatga oydinlik kiritdi
19:06 / 14.08.2025
Toshkentda 15 ta yo‘nalishda tungi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkentda 15 ta yo‘nalishda tungi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Ular tungi soat 22:00 dan 06:00 gacha harakatlanadi.
16:50 / 14.08.2025
Is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

Is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

Tadqiqot mualliflaridan biri Mark Gledvinning aytishicha, bu kelajakda shoshilinch yordam bo‘limida yoki voqea joyida tezkor…
16:17 / 14.08.2025
Rossiyada Telegram va WhatsApp qo‘ng‘iroqlariga cheklovlar joriy etildi

Rossiyada Telegram va WhatsApp qo‘ng‘iroqlariga cheklovlar joriy etildi

Cheklovlar faqat qo‘ng‘iroqlar funksiyasiga taalluqli bo‘lib, ilovalarning qolgan funksiyalari o‘zgarishsiz qolishi bildiril…
10:38 / 14.08.2025
Toshkent va Namanganda chet elga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkent va Namanganda chet elga ishga yubormoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Ular fuqarolardan Xorvatiya davlatiga jo‘natish evaziga pul talab qilgan.
09:26 / 14.08.2025
Yoaxim Lyov O‘zbekiston MTJ taklifini rad etdi

Yoaxim Lyov O‘zbekiston MTJ taklifini rad etdi

Germaniyalik mutaxassis Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasini boshqarmaydi. Bild nashrining xabariga ko‘ra, tajribali muta…
16:59 / 13.08.2025
Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan chiqsa, yalpi ichki mahsulotining katta qismi inqirozga uchraydi

Tadqiqotlarga ko‘ra, Kavkaz davlatining iqtisodi bu tashkilotga salkam qaramlik holatiga kelib qolgan
20:33 / 13.08.2025
Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Starlink Qozog‘istonda ishga tushdi

Texnik ishlar va loyihani ishga tushirishgacha bir yildan ortiqroq vaqt ketgan
21:53 / 14.08.2025
Andijonlik kelinning 44 turdagi buyumlari o‘ziga olib berildi

Andijonlik kelinning 44 turdagi buyumlari o‘ziga olib berildi

MIB yordami bilan undiruvchiga barcha mol-mulki olib berilgan
18:18 / 13.08.2025
O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

O‘zbekistonda ilk bor unikal yurak jarrohligi amalga oshirildi

Yurtimiz tarixida ilk bor yangi turdagi operatsiya o‘tkazildi
21:21 / 13.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!