Yovvoyi tabiat: Hindistonning eng yirik yovvoyi hayvonlari 10 taligi
Hindiston o'rmoni va milliy bog'larida ko'plab yovvoyi hayvonlar, qushlar va sudraluvchilar yashaydi. Ma’lumki, Hindiston hududining 25 foizdan ko'prog'i zich o'rmon bilan qoplangan. Bu esa yovvoyi tabiat uchun boshpana vazifasini o‘tab beradi.
Hindistondagi eng yirik yovvoyi hayvonlar: Bengal yo'lbarsi, Osiyo fillari, Hind karkidoni, Osiyo arsloni, Hind leopardi, yalqov ayiq, hind yovvoyi buyvoli, yovvoyi eshak, gaur — hind bizoni va nilgay. Hindiston, shuningdek, zaharli ilon va ulkan kaltakesak kabi sudralib yuruvchilarining ko'pligi bilan ham ancha mashhurdir.
Hindistondagi eng yirik yovvoyi hayvonlar
Hind fili Hindistondagi eng katta va baland bo'yli o'txo‘r yovvoyi hayvondir. Yirikligi bo‘yicha undan keyin Hind bizoni, Nilgay va yovvoyi buyvol turadi.
1. Bengal yo'lbarsi
Bengal yo'lbarsi (Panthera tigris tigris) yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi hayvon bo‘lib, davlat mahofazasiga olingan.
Bengal yo'lbarsi - Sibir yo'lbarsidan keyin ikkinchi yirik yovvoyi yo‘lbarsdir. Shuningdek, Hindiston yovvoyi tabiatining milliy ramzi hamdir. Panthera tigris tigris yo'lbarsi yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan sut emizuvchilar ro'yxatiga kiritilgan va bugangi kunda Hindistonning yovvoyi o'rmonlarida 3890 ta yo'lbars yashaydi.
2. Hind fili
Hind fili (Elephas maximus indicus) Osiyoning turli o‘rmonlarida uchraydi. Yo‘qolib ketish xavfi sababli davlat muhofazasiga olingan.
Osiyo filining ko‘p qismi Janubiy Hindistonda uchraydi va doim yashil o'rmonlarda yashaydi.
3. Hind karkidoni
Hind karkidoni (Rhinoceros unicornis)ning umumiy tarqalish soni 3555 ta atrofida bo‘lib, yetarli darajada muhofaza qilinmaydi.
Hind karkidoni (shuningdek, katta Hind karkidoni deb ham ataladi), asosan, Hindistonning shimoliy-sharqiy shtatlarida uchraydi. Hind karkidoni eng ko‘p saqlanadigan joy — Pobitor tabiat qo'riqxonasi va Kaziranga milliy bog'lidir.
4. Osiyo sherlari
Osiyo sherlari (Panthera leo persica) ham yo‘qolib ketish xavfidagi jonivorlardan biri bo‘lib, uning dunyo bo‘ylab 523 donasigina saqlanib qolgan.
Hind sherlari Hind yerlarida uchraydigan beshta yirik mushuksimonlardan biri va ularning eng yirigi bo‘lib, Gujarat shtatida yakka holda yashaydi. Osiyo sherlari bugungi kunda faqat Gujaratdagi Gir Milliy bog'ida saqlanib qolgan va Hindistonning Junagarh shahri yovvoyi o'rmonlarida ularning faqatgina 411 tasi yashaydi, xolos.
5. Hind Leopardi
Hind Leopardi (Panthera pardus fusca)ning umumiy soni 14 mingga yaqin bo‘lib, yaxshi muhofaza qilinmaydi.
Hind leopardlari oyoqlarida ko'tarilib tura olishi bilan tanilgan va shuningdek, yaxshi suzuvchi hamdir. Leopardlar boshqa yirtqichlar bilan birgalikda yashayveradilar. Ammo ular yashash joylarining yo'qolib borayotganligi sababli yo‘qolib ketish xavfi yuqori bo‘lib qolmoqda.
6. Yalqov ayiq
Yalqov ayiq (Melursus ursinus) ham Hindistonda ko‘p uchraydigan yovvoyi tabiatning bir vakilidir. U ochiq tabiatda, himoyasiz holda hayot kechiradi.
Hind yalqov ayiqlari Hindistonda uchraydigan yovvoyi ayiqlarning to'rtta turidan biri bo'lib, ular uzun qora tuklari bilan Osiyo qora ayiqlaridan farq qiladi. Yalqov ayiqlar, asosan, Hindistonning subkontenental mintaqalarida uchraydi.
7. Yovvoyi buyvol
Yovvoyi buyvol (Bubalus arnee) — yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi jonivor bo‘lib, davlat muhofazasiga olingan.
Yovvoyi buyvollar faqatgina Nepal va Butan hududlari bo'ylab cho'zilgan kam sonli muhofaza qilinadigan hududlarda yashaydilar.
8. Gudxur - hind yovvoyi eshagi
Hind yovvoyi eshagi (Equus hemionus khur) ham yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi yirik hayvon bo‘lib, dunyo bo‘ylab uning 4 800 taginasi yashamoqda.
Hindiston eshagini (kxur deb ham ataladi) faqat Gujaratdagi “Little Rann of Kutch” yerlaridan topish mumkin.
9. Gaur - Hind bizoni
Hind bizoni (Bos gaurus), asosan, Hindistonda uchraydigan va yo‘qolib ketish xavfi bo‘lishiga qaramasdan yaxshi muxofaza qilinmaydigan jonivordir.
Odatda Gaur nomi bilan tanilgan Hind bizoni - bu yirik hayvonlardan biridir. Subkontinental mintaqalarda uchraydigan bu tur o‘z turdoshlari orasida eng kuchlisidir.
10. Nilgay
Nilgay (Boselaphus tragocamelus) Hindiston yovvoyi tabiatining g‘aroyib jonivorlaridan biridir.
Nilgay yoki ko'k buqa - bu Osiyodagi eng katta antilopa va Hindistondagi eng ko'p uchraydigan yovvoyi hayvon turlaridan biri sanaladi. U, asosan, Hindistonning pasttekisliklari va butazorlarida uchraydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!