$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Kolumbning “Yangi dunyo”ga ilk sayohati boshlangan kun

12:30 / 03.08.2021

Amerikaning kashf etilishi bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlar yetarlicha. 1492-yilning 3-avgust sanasida taniqli dengizchi Xristofor Kolumb tomonidan “Yangi dunyo”ga ilk sayohat boshlangan. Kolumb bu yerga toʻrt marta ekspeditsiya uyushtirgan, u Hindiston bilan savdo qilish uchun qisqaroq yoʻlni izlab, topmoqchi boʻlgan.

• Kolumb tomonidan “Yangi dunyo”ga uyushtirilgan ilk sayohat 1492-yilning 3-avgust kuni boshlangan. Dengizchi “Santa-Mariya”, “Pinta”, “Ninya” kemalari va 90 nafar hamroh bilan Ispaniyaning Palosa-de-la-Frontera shahridan chiqib ketgan. U Kanar orollaridan gʻarbga qarab burilgan, Atlantika okeanini kesib oʻtgan, 1492-yilning 12-oktyabr kuni Bagamadagi San-Salvador oroliga yetib kelgan. Aynan mana shu sana Amerika kashf etilgan rasmiy kun hisoblanadi. 14-24-oktyabr kunlari Kolumb Bagama orollarining boshqalariga ham borib koʻrgan, 5-dekabr kuni Kubaning shimoli-sharbiy sohillarini kashf qilgan. 6-dekabr kuni Gaiti orollariga yetib borgan. Kolumb kemasi 15-mart kuni Kastiliyaga qaytgan va 1-ekspeditsiya rasman yakunlangan.

• Kolumb hayotining soʻnggi kunlariga qadar Osiyoning sharqiy qirgʻoqlariga borganiga ishongan, aslida esa undan 15 ming kilometr uzoqlikda boʻlgan. Kolumb davrida Yer sharining dumaloq ekanligi aniq boʻlgan, ammo uning oʻlchami haqidagi tasavvurlar aniq emasdi. Kolumb shoyi matolari hamda ziravorlari bilan sayohatchilarni jalb qiluvchi Xitoy va Hindistonga olib boradigan qisqa yoʻlni topmoqchi boʻlgan.

• Dengizchi Ispaniya qiroli va qirolichasini, olimlar va maslahatchilarni ekspeditsiya tashkil qilishga koʻndirish uchun 7 yil vaqt sarflagan. Avvaliga unga hech kim ishonmagan. Saroy olimlari gʻarbga suzib, uzoq Sharqdagi yerlarga yetib olish mumkinligini tushuna olmaganlar.

• Kolumbning kemadagi hamrohlari jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar boʻlishgan. Boshqa hech kim xavfli sayohatga chiqishni istamagan. Axir, oldinda ularni nimalar kutayotgani haqida hech kim bilmasdi.

• Kolumbga taqdim etilgan uchta kema: “Santa-Mariya” (40 metr) , “Ninya” (20 metr) va “Pinta” (20 metr) oʻsha davrlar uchun juda kichik boʻlgan. Ularga 91 kishini sigʻdirish oson ish emasdi. Misol uchun, shaxsiy yotoq joyi faqatgina Kolumbda, kema kapitanlari va guruhning bir nechta aʼzolaridagina boʻlgan, xolos. Dengizchilar qutilar ustida navbatma-navbat uxlab olishgan.

• Kolumb kashf etgan hududi Hindiston ekanligiga qattiq ishongan va bu yerlik aborigenlarni hindular deb atagan.

• Dengizchi Ispaniyaga yevropaliklar uchun nomaʼlum boʻlgan mahsulotlar, jumladan makkajoʻxori, pomidor va kartoshkani olib kelgan. Amerikada esa Kolumb sharofati bilan uzum, ot va sigirlar paydo boʻlgan.

 


Bu ham qiziq

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:59 / 08.05.2025
O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) hakamlar akademiyasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 08.05.2025
Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Sirdaryoda voyaga yetmagan bola zoʻravonlikka uchradi

Yosh bolaga zo‘ravonlik qilgan erkak sarlavhali videolar tarqalgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab b…
21:37 / 10.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 2,9 foizga o‘sdi

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, may oyi boshida respublikaning oltin-valyuta zaxiralari 49,2 milliard dolla…
18:47 / 09.05.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025
Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Kreml Ukrainaning javobini kutmoqda

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiyaning Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan muzokaralarni qayta boshlas…
08:38 / 11.05.2025
O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

O‘zbekiston viloyatlariga 241 ta avtobus yetkazib berildi

2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston mintaqalariga yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 241 ta avtobus va 113 ta…
15:36 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, xotira marosimida ishtirok etdi. B…
14:54 / 08.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!