$
12020.48 UZS
4.52
158.77 UZS
-1.53
14048.33 UZS
-3.13
31° Kechasi 18°

Dunyodagi eng qimmat 18 mahsulot

06:04 / 10.11.2014

Zamonaviy dunyoda aynan qaysi mahsulotlar qimmat turadi? Oltinmi? Brilliantmi? Platinami? Siz haqsiz! Lekin bular sayyoramizdagi eng qimmat uchta mahsulot xolos. Quyida esa siz boshqa eng qimmat mahsulotlar bilan ham tanishasiz. Bu buyum va moddalar tibbiyot, oziq-ovqat sanoati, restavratsiya va dizaynda ishlatiladi.

1. Oq tryufel — 1 grammi 5 dollar, yarim kilosi 2000 dollar

1-oq-trufelnew

Oq tryufellar — tanqis mavsumiy zamburug‘lar, ularni har qanday taomga qo‘shish mumkin. Bu qo‘ziqorinlarning qimmatligi o‘sish sharoiti, terilishi, saqlanishi va nozik ta'mi, hidi bilan belgilanadi.

2. Za'far — 1 grammi 11,13 dollar, yarim kilosi 5040 dollar

2-shafrannew

Za'far — ziravor va olov rangli oziq-ovqat bo‘yog‘i. Odamlar asrlar davomida undan ziravor sifatida foydalanishgan, shuningdek, xalq tabobatida ishlatishgan.

3. Eron oq bakrasining ikrasi — 1 grammi 35 dollar, 28 grammi 1000 dollar

3-ikranew

450 grammi 16000 dollar bo‘ladi! Dunyodagi eng qimmat ikra hecham qora emas. Hatto kam uchraydigan kul rang ham emas. Kaspiy dengizida yashaydigan yuz yoshli oq bakra-albinosning ikrasi eng qimmat ikra sanaladi. Bu tanqis taomni odatda kam-kamdan, nonga surib yeyishadi.

4. Oltin — 1 grammi 38,81 dollar

4-oltinnew

Oltinni qadimdan zargarlik buyumlari yasashda ishlatishadi. Bu yumshoq metall elektr uzatishda va korroziyaga qarshi kurashda ham ishlatiladi. Shuningdek, taomlar va kosmetik mahsulotlarda ham mavjud.

5. Rodiy — 1 grammi 45 dollar, 28 grammi 1270 dollar

5-rodiynew

Rodiy ko‘pincha avtomillarning uglerod chiqarishini kamaytiradigan katalitik neytralizatorda qo‘llaniladi.

6. Platina — 1 grammi 48 dollar, 28 grammi 1365 dollar

6-platinanew

Musiqiy disklardan tashqari, platinani zargarlik taqinchoqlarida, turli tajribalarda katalizator sifatida, ilmiy jarayonlarda, shuningdek, ayrim saratonga qarshi dori vositalarida ishlatishadi.

7. Karkidon shoxi — 1 grammi 55 dollar, 450 grammi 25 000 dollar

7-nosorognew

Karkidonlarning qirilib ketayotgan hayvonlar ro‘yxatiga kirib qolganiga odamlarning shafqatsizligi ham sabab bo‘ldi. Hamma gap shundaki, karkidosh shoxi saratonni davolaydi degan mish-mishlar tarqalgan. Biroq bu mish-mishlar tasdiqlanmagan.

8. “Creme de la Mer” kremi — 1 grammi 70 dollar, 30 grammi 2000 dollar

8-kremnew

Bu vosita himoyachilarining aytishicha, krem shu narxga arziydi. Zero, u qarish jarayonini orqaga burib yuborishga qodir. Avvaliga bu kremni NASA fiziklari kuygan joylarni davolash uchun o‘ylab topishgan edi.

9. Metamfetamin — 1 grammi 120 dollar

9-metamfetaminnew

Yana bir giyohvand modda. U yanada kuchliroq.

10. Krek-kokain — 1 grammi 600 dollar

10-krer-kpkainnew

Krek — kokaindan qilinadigan juda kuchli va xavfli giyohvand modda.

11. Kristall shaklidagi LSD — 1 grammi 3000 dollargacha

11-LSDnew

Gallyutsinatsiyalarga sabab bo‘ladigan bu giyohvand moddani “kislota” ham deyiladi.

12. Plutoniy — 1 grammi taxminan 4000 dollar

12-plutoniynew

Radioaktiv plutoyning bir necha xili mavjud. Plutoniydan yadro energetikasi va kosmik sanoatda foydalanishadi. Shuningdek, yadro qurollari ishlab chiqarishda ham.

13. Taaffeit — bir qiroti 2500dan 20000 dollargacha

13-taaffeitnew

Bu toshning rangi och pushtidan binafsha rangga bo‘lishi mumkin. Taaffeit brilliantdan million karra kamroq uchraydi. Uni asosan Shri-Lanka qayirlaridan topishadi. Nisbatan yumshoq bo‘lsa ham, faqat zargarlik taqinchoqlari sanoatida ishlatiladi.

14. Tritiy — 1 grammi 30000 dollar

14-tretiynew

Tritiy — gidrogenning radioaktiv izotopi bo‘lib, undan har qaysi jamoat joyida uchratish mumkin bo‘lgan yorug‘lik sochadigan ko‘rsatkichlar uchun foydalanishadi. AQShda masalan 2 millionga yaqin “Chiqish” belgisi bor.

15. Olmos — 1 qiroti 13000 dollar, 1 grammi 65000 dollar

15-olmoznew

Brilliantlar nikoh uzugiga qo‘yiladigan eng keng tarqalgan tosh. Qirralanmagan brilliant (olmos) nihoyatda qattiqligi bilan mashhur. Ulardan kesuvchi asboblarda foydalanishadi.

16. Peynit — 1 qiroti 300000-600000 dollar

16-peynitnew

Mutaxassislar fikricha, peynit — sayyoramizdagi eng nodir mineral. U pushti yoki jigar rang ko‘rinadi, biroq turli burchaklar ostidan qaraganda, shul'a sochadi. 1950-yillarda Myanma shimolida shu toshni topgan Artur S, D. Peyn sharafiga nomlangan.

17. Kaliforniy-252 — 1 grammi 27 million

17-kaliforniynew

Kaliforniyning bu izotopi “neytron aktivatsiyasi” deb nomlangan jarayon vositasida oltin yoki kumush konini topishi mumkin. Neytron namlikni o‘lchash qurilmalarida quduqdagi neft va suv darajasini topadi.

18. Antimodda — 1 grammi 100 trillion dollar

18-antinew

Uning asosiy ijobiy xususiyati shundaki, davomiy kosmik parvozlarda yoqilg‘i bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Sevinch tayyorladi.


Bu ham qiziq

Ohangaronda ikki g‘isht zavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ohangaronda ikki g‘isht zavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ohangaron tumanida joylashgan ikki g‘isht ishlab chiqarish korxonasi faoliyati Ekologiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra vaqtincha …
11:09 / 25.04.2026
Yaponiya ikki nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Yaponiya ikki nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi. Bu haqda O‘zbekistonning …
15:59 / 26.04.2026
Davlatimiz rahbari Quvada joriy etilgan agrovoltaika texnologiyasi bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari Quvada joriy etilgan agrovoltaika texnologiyasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Quva tumanida agrovoltaika texnologiyasi joriy etilgan q…
17:58 / 27.04.2026
Andijonda “Haj” ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijonda “Haj” ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatining Asaka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarni “Haj” ziyoratiga yuborishni va’da qilgan shaxs q…
10:23 / 26.04.2026
Norvegiyada Ukraina dronlari ishlab chiqariladi

Norvegiyada Ukraina dronlari ishlab chiqariladi

Norvegiya va Ukraina Norvegiyada Ukraina dronlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzoladilar, dastlabki yetkazib beris…
17:08 / 27.04.2026
Aholi oʻn sotixdan 250 million soʻmgacha daromad olishga oʻqitilmoqda

Aholi oʻn sotixdan 250 million soʻmgacha daromad olishga oʻqitilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida “Quva Agrostar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
16:53 / 27.04.2026
Kim Chen In armiya mashg‘ulotlarini kuzatdi

Kim Chen In armiya mashg‘ulotlarini kuzatdi

Kim Chen In Koreya Xalq armiyasi bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazilgan minomyot ekipajlari musobaqasini shaxsan kuzatdi.
16:22 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida 63 ming dollar pora talab qilgan FVB rahbari qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida 63 ming dollar pora talab qilgan FVB rahbari qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar tizimiga aloqador mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
14:11 / 26.04.2026
Samarqandda infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi

Samarqandda infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi

Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatida bir qator infratuzilma loyihalari, jumladan Yangi O‘zbekiston massivini rivojlantiris…
10:54 / 25.04.2026
Andijondagi istirohat bog‘ida attraksion qulab tushdi

Andijondagi istirohat bog‘ida attraksion qulab tushdi

Andijon viloyati FVB Bog‘ishamolda ro‘y bergan hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.
11:39 / 27.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!