Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatida bir qator infratuzilma loyihalari, jumladan Yangi O‘zbekiston massivini rivojlantirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida ta’mirga muhtoj obyektlar, jumladan musiqa maktabi hamda Geologlar mahallasidagi bolalar bog‘chasi holati o‘rganildi. Ma’lum qilinishicha, rekonstruksiyadan so‘ng ushbu bog‘cha tubdan yangilanib, Samarqanddagi eng yirik maktabgacha ta’lim muassasasiga aylanishi va 600 nafargacha bolani qabul qilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif yakunida viloyat va tumanlar rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Ko‘rilayotgan barcha o‘zgarishlar davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha tizimli islohotlarning bir qismidir.
Joylardagi ishlarni bevosita ko‘zdan kechirish esa amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosini real baholash imkonini bermoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!