Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar tizimiga aloqador mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aniqlanishicha, u tumandagi 3 ta soy qirg‘og‘ini mustahkamlash va yo‘l o‘tkazgichlar qurish bo‘yicha umumiy qiymati 5,04 mlrd so‘mlik shartnomalarni go‘yoki o‘z aloqalari orqali tadbirkorga olib berganini ro‘kach qilib, MChJ rahbaridan 63 ming AQSh dollari talab qilgan.
Mansabdor 2026-yil mart–aprel oylarida ushbu summaning 24 ming dollarini olgan va qolgan 39 ming dollarni ham berishni talab qilib kelgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u yana 25 ming dollarni xizmat avtomobilida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!