Kim Chen In Koreya Xalq armiyasi bo‘linmalari o‘rtasida o‘tkazilgan minomyot ekipajlari musobaqasini shaxsan kuzatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashg‘ulotlar davomida harbiylar tabiiy va sun’iy to‘siqlardan o‘tish, tezkor joylashish, shartli nishonlarni yo‘q qilish, shuningdek yashirinish va taktik rejaga muvofiq chekinish kabi ko‘nikmalarni namoyish etgan.
Tadbirda yuqori lavozimli harbiylar, jumladan No Gvan Chxol va Li Yon Gil ham ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, harbiylar yuqori jangovar tayyorgarlik va samaradorlikni namoyish etgan. Kim Chen In mashg‘ulot natijalaridan mamnun bo‘lib, armiyada jangovar tayyorgarlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan.
Shuningdek, u kelgusida harbiy bo‘linmalar o‘rtasida yanada raqobatbardosh va intensiv musobaqalar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rin 11-korpusga qarashli bo‘linmaga, ikkinchi o‘rin 2-korpusga, uchinchi o‘rin esa 91-korpusga nasib etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!