Yangi “Avatar”ning tavsirga olish jarayonlari karantindan keyin boshlanadi. Ijodiy guruh kinematografchilarning ushbu loyihasi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan maxsus ruxsatnomadan foydalanib, qolaversa, chegaralarning yopilishi haqidagi buyruqni bekor qilgan tarzda Yangi Zelandiyaga yetib kelishdi. Yangi “Avatar”ni tasvirga olish jarayonlari ijodiy guruhning ikki haftalik karantindan o‘tganidan so‘ng boshlanadi. Rejissyor Jeyms Kemeron va prodyuser Jon Landau Yangi Zelandiyaga 31-may kuni bortdagi 54 nafar yo‘lovchi bilan birga yetib kelishgan.
Tasvirga olish jarayonlari haqida
Yangi “Avatar”ning tasvirga olish jarayoni Yangi Zelandiyada koronavirus tarqalishi sabab o‘rnatilgan qat’iy cheklovlar tufayli mart oyining o‘rtalarida to‘xtatilgan edi. Xabarda aytilishicha, “Avatar” ijodiy guruhi milliy iqtisodiyotga mablag‘ tushishini ta’minlaydigan bir qator shartlarga rioya qilgan holatda qo‘shimcha moliyaviy bonus olishlari ham mumkin ekan. Ma’lum bo‘lishicha, tasvirga olish pavilonlarining kattaligiga qaraganda, ish jarayoniga Vellington va Oklenddagi ko‘pgina studiyalar safarbar etiladi.
Tasvirga olish jarayonlari ham qat’iy sanitar-epidemiologik chora-tadbirlar va majburiy oraliq masofaga amal qilingan tarzda olib boriladi. Ish grafigi, ish uchun qo‘shimcha material va texnikalarning yetkazilishi, navbatlar orasidagi sterilizatsiyaga ham qat’iy amal qilinadi. Shuningdek, tasvirga olish jarayonida yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilishni nazorat qiluvchi maxsus xodim tayinlanadi.
Yodingizda bo‘lsa, biroz avval “Avatar” filmining ikkinchi qismi qanday bo‘lishi va uning qachon e’lon qilinishi haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!