$
12768.26 UZS
-62.87
162.63 UZS
1.56
14400.04 UZS
-142.76
29° Kechasi 17°

NASA axborot markaziga kiberhujum uyushtirildi

20:43 / 08.04.2020

NASA kosmik agentligi o‘z xodimlariga masofadan turib ishlashga ruxsat berganidan so‘ng, kiberhujumlar qurshovida qolib ketdi. NASA axborot bo‘limi boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, so‘ngi bir necha kun ichida kosmik agentlik tizimlariga qilingan hujumlar va fishingga urinishlar soni ikki barobarga oshgan.

NASA bayonotiga ko‘ra, agentlik xodimlarining uyda zararli saytlarga kirish holatlari ko‘paygan. Foydalanuvchilarni saytga kirish yoki elektron pochtaga joylashtirilgan zararli dasturni ochishga majburlash – agentlik xodimlarining korporativ tarmoq hamda shaxsiy kompyuterlariga kirishning oson usullaridir. Agentlik memorandumida qayd etilishicha, tajovuzkorlar hujum qilish uchun koronavirus haqidagi shov-shuvli ma’lumotlardan foydalanishgan.

“NASA xodimlari kiberjinoyatchilar NASA elektron qurilmalari va tarmoqlariga hujum qilish uchun bahona sifatida COVID-19 pandemiyasidan foydalanayotganliklaridan xabardor bo‘lishlari kerak. Zararli havolalarga ega elektron pochta xabarlarida ko‘pincha xayriya so‘rovlari, virusning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, xavfsizlik choralari, imtiyoz va soxta vaksinalar haqidagi yangiliklar mavjud bo‘ladi”, – deyilgan ushbu memorandumda.

NASA COVID-19 pandemiyasi fonida kiberhujumlar ko‘payishini qayd etgan yagona muassasa emas. Avvalroq, “Abnormal Secutity” tadqiqotchilari koronavirus mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan fishing hujumlarining ko‘pagani haqida xabar berishgan edi. Xakerlar o‘z buzg‘unchi xatlarini universitet rektorining o‘z talabalariga yoki JSSTning butun dunyoga yo‘llagan koronavirusdan himoyalanish borasidagi tavsiyalari tarzida tarqatishmoqda. 
NASA Axborot bo‘limi xodimlariga o‘zlarining VPN agentligidan kiberhujumlardan himoya qilish uchun foydalanishni, shuningdek, rasmiy elektron pochtalarni shaxsiy maqsadlarda ishlatmaslik va shaxsiy hisoblarni ijtimoiy tarmoqlarda ishlatmaslikni maslahat berdi. Ammo VPN’dan foydalanish faqat korporativ tarmoqqa ulanganlar uchun samarali bo‘ladi.

Uyda ishlaydigan va G Suites, Salesforce yoki boshqa xizmatlardan foydalanadigan odamlar VPN’larga qaraganda ancha sust himoyalangan bo‘ladi. Odatda, VPN dasturlari fishing hujumlari va zararli dasturlardan qo‘shimcha himoya qilmaydi.

Koronavirus AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytiga ham DDoS hujumini keltirib chiqardi. Kiberhujum natijasida sayt o‘chib qoldi. “Bleeping Computer” portalining xabar berishicha, COVID-19 tarqalganidan so‘ng koronavirus haqida ma’lumot qidiradiganlar soni keskin oshdi. Shu munosabat bilan tajovuzkorlar HHS.gov veb-saytida DDoS hujumini amalga oshirish orqali virus to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tarqalishini oldini olishga harakat qilishdi. Bundan tashqari, AQShda “milliy karantin” haqidagi mish-mishlar ham internetda tarqala boshladi. Keyinchalik AQSh Milliy Xavfsizlik Kengashi bu mish-mishlarga rad javobi bilan chiqdi. AQSh rasmiylari chet ellik xakerlar kiberhujum amalga oshirganini aytishmoqda. Biroq hozircha bu ayblov o‘z tasdig‘ini topganicha yo‘q.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on oyatlar…
21:42 / 28.05.2025
29-may uchun ob-havo ma’lumoti

29-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
22:27 / 28.05.2025
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Ostona shahrida “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida isht…
19:54 / 30.05.2025
O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekistonning 2025-yil aprel oyi boshidagi davlat qarzini 42,4 milliard dollarga baholadi.…
18:41 / 28.05.2025
VAR – futboldagi adolatmi yoki...?

VAR – futboldagi adolatmi yoki...?

Millionlar o‘yinida adolatni ta’minlash va xatoliklarni kamaytirish maqsadida FIFA tomonidan 2018-yildan boshlab VAR (Video …
12:55 / 29.05.2025
Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
20:21 / 29.05.2025
Like cup loyihasi to‘xtatildi

Like cup loyihasi to‘xtatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol maydonida havaskor o‘yinchilar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokama…
17:13 / 30.05.2025
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi
14:00 / 30.05.2025
Bekobodda 35 yoshli shaxs qariyb 1 kg “gashish” bilan qo‘lga olindi

Bekobodda 35 yoshli shaxs qariyb 1 kg “gashish” bilan qo‘lga olindi

Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
11:42 / 29.05.2025
30-may uchun ob-havo ma’lumoti

30-may uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.
22:30 / 29.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!