$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

VAR – futboldagi adolatmi yoki...?

12:55 / 29.05.2025

Futbol — bu hayajon demakdir. Unda har bir gol, har bir penalti yoki hakam qarori millionlab tomoshabinlarning his-tuyg‘ulariga bevosita ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Ayni shu sababli, millionlar o‘yinida adolatni ta’minlash va xatoliklarni kamaytirish maqsadida FIFA tomonidan 2018-yildan boshlab VAR (Video Assistant Referee) — video yordamchi hakam tizimi joriy etildi. Bu yangilik futbol tarixidagi eng muhim texnologik burilishlardan biri bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. Ammo tizim hali-hanuzgacha futbol jamoatchiligining ijobiy bilan bir qatorda salbiy fikr va mulohazalariga sabab bo‘lib kelmoqda.

Picture background

Keling avval ushbu tizim haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lib olamiz.

O‘zi VAR tizimi nima va u qanday ishlaydi?

VAR — bu stadiondagi bosh (asosiy) hakamga qaror qabul qilishda yordam beruvchi maxsus video texnologiyalardan foydalanuvchi yordamchi tizim hisoblanadi. U quyidagi to‘rtta asosiy holatda hakamning qaroriga qo‘shimcha ravishda o‘yinga “aralashadi”:

1. Gol urilgan yoki yo‘qligi (bahsli, masalan ofsayd yoki qoidabuzarlik holatida);

2. Penalti belgilanishi yoki bekor qilinishi;

3. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka holatida;

4. Noto‘g‘ri identifikatsiya (masalan, boshqa futbolchiga ogohlantirish berilganda).

Picture background

VAR jarayoni quyidagicha kechadi:

Dastlab, holat avtomatik tarzda “check” (tekshirish) jarayoni amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lsa, VAR hakami asosiy hakamni monitor orqali takroriy ko‘rishga chaqiradi. Shuni ham aytib o‘tish joiz VAR o‘yindagi istalgan holat bo‘yicha qaror chiqarishga haqli emas. Yakuniy qarorni faqat bosh hakam qabul qiladi.

Tizimning ijobiy tomonlari

Adolat ta’minlovi:

VAR asosiy vazifasi, hakamlarning ehtimoliy noto‘g‘ri qarorlarining oldini olish va jamoalarga nohaq mag‘lubiyat yozilishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Birgina Rossiya yashil maydonlarida o‘tkazilgan 2018-yilgi Jahon chempionatida 335 ta holat VAR orqali ko‘rib chiqilgan va jamoalar foydasiga 29 ta penalti belgilangan.

Picture background

Futbolchilar manfaati:

Endilikda hakamlar qaror qabul qilishdan oldin ancha sovuqqonlik bilan harakat qilishmoqda. Bu esa futbolchilarning simulyatsiya orqali penalti ishlashlariga qarshi juda samarali bo‘lmoqda.

2022-yilda Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tgan mundialda VAR orqali har bir o‘yinda o‘rtacha 2,3 ta vaziyat qayta ko‘rib chiqilgan.

Picture background

Angliya Premyer Ligasining 2022-2023-yilgi mavsumida tizim orqali 120 dan ortiq penaltiga oid bahsli vaziyati ko‘rib chiqilgan.

Picture background

VAR kamchiliklari:

O‘yin tempiga ta’siri. Tasavvur qiling 80 ming muxlisga to‘la o‘yingoh bahsli epizodda emotsiya bilan VAR qarorini kutish — bu tabiiy o‘yin ritmini sekinlashtiradi va hujumkor ayniqsa qarshi hujumlarga ixtisoslashgan jamoalar uchun noqulayliklarga sabab bo‘ladi.

Picture background

Subyektiv qarorlar:

Texnologiya mavjud bo‘lsa-da, yakuniy qaror inson — ya’ni bosh hakam tomonidan qabul qilinadi. Bu esa ayrim hollarda yana adolatsizliklar davom etishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu tizim haqida mashhur futbol shaxslari qanday fikrdalar?

Muhammad Saloh (Misr va “Liverpul” hujumchisi): “Men VAR’ni yoqtirmayman. Bu futbolni o‘ldiradi. Shikoyat qilmoqchi emasman, sababi jarimaga tortilishim mumkin, lekin baribir u menga yoqmaydi”.

Zinedin Zidan (Fransiya afsonasi va sobiq “Real Madrid” murabbiyi): “Bu futbol uchun qo‘shimcha texnologiya, lekin hayotdagi har narsa kabi u ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. VAR yaxshilanishi mumkin. Biz bu tizimini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”.

Deklan Rays (Angliya va “Arsenal” yarimhimoyachisi): “Bu faqat mening fikrim emas. Bu deyarli barcha APL futbolchilarining fikri. Hech kim o‘yinda VAR bo‘lishini xohlamaydi”.

Manuel Pellegrini (“Real Betis” murabbiyi): “VAR qarorlarni adolatliroq qiladi. Men faqat uning qay holatda ishlatilayotganidan noroziman”.

Ilkay Gundogan (Germaniya va “Manchester Siti” yarimhimoyachisi): “VAR nafaqat futbolchilar, balki tomoshabinlar va butun futbolni sevuvchi har bir kishi uchun o‘yinni o‘zgartirmoqda. Afsuski, u futbolga muhabbatimizning asosiy sababini, ya’ni emotsiyalarni olib qo‘ymoqda”.

VAR texnologiyasining futbolga kirib kelishi bilan allaqachon katta bir davr yakuniga yetgan. Endi o‘yin faqat hakamning hushtagi bilan emas, ekran ortidagi kadrlar bilan ham boshqarilmoqda. Ba’zilar buni adolatning tantanasi deb bilsa, boshqalar uni futbolning chiroyini uning hayajonli daqiqalarini “o‘g‘irlagan”ligidan norozi.

Balki VAR masalasida yakuniy munosabat yo‘qdir. Balki, bu masalaga vaqt o‘tib oydinlik kiritilar. Biroq, har qanday holatda ham (VAR bilan va yoki bu tizimsiz) futbol hamon dunyodagi eng sevimli sport turi bo‘lib qolmoqda.

Bu borada sizning fikringiz qanday?


Futbol


														
														“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

“Barsa” o‘z maydonida “Real”ga mag‘lub bo‘ldi

Tunda La Liganing 10-turidan o‘rin olgan “El-klasiko” bahsi bo‘lib o‘tdi. “Barselona” o‘z maydonida “Real Madrid”ni qabul qi…
09:27 / 26.10.2026

														
														Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Krishtianu Ronaldu terma jamoadan chetlatildi va jarimaga tortildi

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduni bir oy muddatga milliy terma jamoa safidagi o‘yinlardan chetlatdi va u…
10:36 / 20.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

Messi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi

39 yoshli Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyati davomida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlarga minna…
09:41 / 08.10.2026

														
														Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

7-oktyabr kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Benin terma jamoasiga qarshi bah…
09:57 / 07.10.2026

														
														Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Dunyo futbolida ilk bor qora kartochka joriy etildi: u o‘yinni muddatidan oldin yakunlash uchun qo‘llanadi

Ruminiya futbol federatsiyasi (FRF) dunyoda birinchi bo‘lib qora kartochkani joriy etdi. Yangi chora yoshlar futboli uchrash…
12:05 / 12.09.2026

														
														O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekistonning Argentina bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Argentina bilan o‘tkazishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Bunga L…
16:35 / 07.09.2026

														
														Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026

														
														Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

Krishtianu Ronalduning Toshkentga kelish sanasi ma’lum bo‘ldi

“Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasi Elita turniri asosiy bosqichidagi taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkent klubi …
11:47 / 19.08.2026

														
														2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

2026-yilgi mundial FIFA uchun rekord daromad keltirdi

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi.
12:07 / 21.07.2026

														
														Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

Shomurodovning goli JCHning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Kongo DR darvoza…
10:28 / 21.07.2026

Bu ham qiziq

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

28-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatiladi.
17:52 / 27.10.2026
Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqandda öqituvçi 8-sinf öquvçisini sinfdoşlari oldida kaltaklagani aytildi

Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida öqituvçi 8-sinf öquvçi qizini sinfdoşlari oldida kaltakla…
10:58 / 30.10.2026
IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding 20 mln dollarlik kamomad haqidagi da’volarga javob berdi

IMAN Holding “Iman Invest” kompaniyasining 70 mln dollarlik portfelida 20 mln dollar kamomad borligi haqidagi da’volarga mun…
14:18 / 28.10.2026
Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026
“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026
Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand Özbekiston fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz rejimni taklif qildi

Tailand rasmiylari Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun 15 kunlik vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qi…
11:03 / 28.10.2026
“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” yuridik inspektori 6 mln söm olayotganda uşlandi

“Xorazm suv ta’minoti” AJ yuridik inspektori fuqaroning savdo şoxobçasini içimlik suvi tarmoğiga ulaş uçun texnik şartlarni …
14:55 / 28.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!