$
12938.01 UZS
22.94
158.73 UZS
2.3
14673.00 UZS
13.1
34° Kechasi 20°

Endi voyaga yetmagan shaxslar ham davlat organiga mustaqil murojaat qilishlari mumkin

12:32 / 11.03.2020

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun Prezident tomonidan imzolangandi.

Qonunga muvofiq, bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan qator qonunlar va kodekslarga o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vaziriligi Matbuot xizmati.

Xususan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun yangi modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan davlat organlariga, tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga mustaqil ravishda murojaat berishga haqli.

Shuningdek, Oila kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, oilada bolaning manfaatiga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqli. 

Bunda qaror qabul qiluvchi organ va mansabdor shaxs bola manfaatiga taalluqli masalani hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, ko‘rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qilishi kerak.

Bundan tashqari, ota-ona va bola alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek 14 yoshga to‘lgan bola bir vaqtning o‘zida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqli.

Eslatib o‘tamiz, Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Bu ham qiziq

Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

Putin siyosiy vorisi haqida o‘ylashini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin har doim voris haqida o‘ylashi, ammo yakuniy tanlov rossiyaliklarda bo‘lishi kerakligini a…
22:38 / 04.05.2025
Sirdaryoda sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda

Sirdaryoda sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlab, ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida…
20:06 / 05.05.2025
“Yunusobod” bozorida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda

“Yunusobod” bozorida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda

Tadbirkorlar hamda bozor tashrif buyuruvchilari uchun qulaylik, tartib va xavfsizlikni oshirish maqsadida “Yunusobod” bozori…
11:06 / 05.05.2025
Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Dushanbe Grand Slam. O‘zbekiston terma jamoasi turnirni 5 ta medal bilan yakunladi

Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri mezbonlik qilgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnir o‘z yakuniga yetdi.
20:22 / 04.05.2025
Xitoyliklar Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

Xitoyliklar Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi

Jizzax viloyatining Forish tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘i …
09:32 / 05.05.2025
Moskvada “bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida mobil aloqa va internet cheklab qo‘yildi

Moskvada “bayram kunlarida xavfsizlikni ta’minlash” maqsadida mobil aloqa va internet cheklab qo‘yildi

“Hozirda Moskvada G‘alaba paradi oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, aloqada uzilishlar 9-maygacha davom etis…
15:59 / 05.05.2025
Noqonuniy saqlanayotgan 4 ta Afrika sheri aniqlandi

Noqonuniy saqlanayotgan 4 ta Afrika sheri aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatida ruxsatsiz saqlanayotgan 9 turdagi 80 dan ortiq yovvoyi hayvonlar aniqlandi.
16:57 / 05.05.2025
Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Donald Trampning fikricha, bu “katta tezlikda” halokatga uchrayotgan Amerika kino sanoatini himoya qiladi.
12:42 / 05.05.2025
Asr transferi – Barselonadan Madridgacha…

Asr transferi – Barselonadan Madridgacha…

Figoning 2000-yilda Kataloniyadan Madridga safari nafaqat futbol tarixidagi eng shov-shuvli transfer, balki sport biznesini …
18:27 / 05.05.2025
OFK Elit Chempionlar Ligasi. “Al-Ahli” chempionlikni nishonladi

OFK Elit Chempionlar Ligasi. “Al-Ahli” chempionlikni nishonladi

OFK Chempionlar Ligasi final bahsida Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” va Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoalari bahslash…
09:35 / 04.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!