$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

To‘laqonli hayot uchun 5 kundalik

14:33 / 06.05.2020

Zamonaviy olamda barcha o‘z-o‘ziga psixoterapevt hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda o‘z hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lganlar uchun turli xil onlayn treninglar, seminar va dasturlar ishlab chiqilmoqda. Ular yordamida o‘zingizni stress holatidan olib chiqishingiz, hayotga muhabbat bilan boqishingiz mumkin. Quyida nafaqat shu kabi trening va seminarlarda, balki butun hayotingiz davomida kerakli bo‘lgan 5 kundalik haqida so‘z boradi.

Shukronalik kundaligi

Kimlarga: Hayot zavqi va quvonchlarni his qilmay, zerikarli hayotda yashayapman deb hisoblaganlar uchun.
Qanday yuritish kerak: Tongda va uyqudan oldin ushbu kundaligingizga 3-5 ta shukr qilishingizga sababchi vositalarni yozing. Birinchi navbatda hayotingiz, iste’mol qilish uchun taomingiz, yashash joyingiz, sog‘ligingiz uchun shukronalik qiling. Biror insonning o‘ziga hayotingizda borligining shukronasini og‘zaki ayta olmasangiz, uni ham yozib qo‘yishingiz mumkin.
Bu qanday ishlaydi: Minnatdor bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan narsalarni yozib, hayot sizga nimalar hadya qilganini anglab yetasiz va uni ko‘proq qadrlashni boshlaysiz. Odamlarga minnatdorchilik bildirganda esa, ularga nisbatan iliq munosabatda bo‘lishni boshlaysiz.

Omad kundaligi

Kimlarga: O‘ziga nisbatan ishonchi juda past insonlarga tavsiya etiladi.
Qanday yuritish kerak: Kun davomida erishgan hatto eng kichik yutuqlaringizni ham yozib boring. Masalan: har kuni 10 betdan kitob o‘qir edim, bugun 15 bet o‘qidim.
Bu qanday ishlaydi: Har kuni yozib borilgan kichik ishlar vaqti kelib, haqiqiy yutuqqa aylanadi. Bu omadga bo‘lgan yo‘l – kichik qadamlardan boshlanishini tushunishingizga yordam beradi. Har bir qilayotgan ishingiz o‘z natijasini ko‘rsatishini tushunib yetishingizga ko‘maklashadi. Masalan, qaysidir loyihani tugatmasangiz, lavozimingiz oshishi amrimahol edi. Qaysidir nuqtaga yetib olish uchun juda ko‘p harakat kerak bo‘ladi. Ushbu kundalik esa, buni tushunishda va o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirishda ko‘maklashadi.

Vazifalar kundaligi

Kimlarga: O‘zini hech narsaga ulgurmayotganday his qilayotganlar uchun.
Qanday yuritish kerak: Oddiy qilib aytganda – bu yillik, oylik, haftalik va kunlik rejalar, maqsad va vazifalar yozib boriladigan kundalik. Hafta yoki oy boshida, ertangi rejalaringizni esa tunda yozib boring. Qadamma-qadam vazifalarni kundalikda yozilgan tartibda bajaring.
Bu qanday ishlaydi: Masalan, bozorga ketayotganda nega ro‘yxat olib boramiz? Ayni paytda muhim bo‘lgan narsalarni unutib qo‘ymaslik va keraksiz narsalarga pul sarflab yubormaslik uchun. Vazifalar kundaligi ham bizga aynan shuning uchun kerak. Muhim ishlarni bajarishni unutmaslik va keraksiz narsalarga ortiqcha vaqt sarflamasligimiz uchun.

Salbiy hislar kundaligi

Kimlarga: O‘z tuyg‘ularini namoyon qilishdan qo‘rqadigan, o‘zlarini qafasdagi kabi his qiladiganlar uchun kerak.
Qanday yuritish kerak: Sizni qiynayotgan barcha narsani yozish kerak. Avvalo, jahlingizni chiqaradigan, xafa qiladigan narsalarni, ayni damda his qilayotgan tuyg‘ularingiz va ko‘rib turgan narsalaringizga bo‘lgan fikringizni yozishdan boshlang. Sizni qiynayotgan o‘ylar va barcha narsani shu kundaligingizga tushiring.
Bu qanday ishlaydi: Ichingizdagini to‘kib-solib, biroz hovuringizdan tushasiz. Og‘zaki tanqid qilgan va noligandan ko‘ra qog‘ozga tushirib, keyinchalik bu borada mulohaza yuritgan afzal. Yagona maslahat – ushbu kundalikni hech kim ko‘rmaydigan joyga qo‘ygan yoki vaqt o‘tishi bilan yo‘q qilib yuborgan yaxshi.

Hayot kundaligi
Kimlarga: O‘z hayotiy falsafasini boshqalar bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganlar uchun.
Qanday yuritish kerak: Bu kabi kundalikka falsafiy qarashlaringiz, hayot va umringiz haqida o‘ylaringiz, hayotingiz davomida bo‘lib o‘tgan voqealardan chiqqan xulosalaringizni yozib borishingiz mumkin. Bu kabi kundaliklar juda qimmatli bo‘lib, bu hayotingizning adabiy asaridir. To‘g‘ri, bu kabi kundalikka har kuni yozishni xohlamassiz, bunga hatto majbur ham emassiz. Faqat yuqoridagi kabi holatlardagina unga yozishingiz mumkin. Lekin ushbu kundalikni chiroyli ko‘rinishda saqlashni maslahat bergan bo‘lar edik. Axir kelajakda u avlodlaringizga asqatib qolishi ham mumkin-da.

Bu qanday ishlaydi: Siz ushbu kundalik bilan birga ulg‘ayib borasiz. Ko‘p yillar o‘tganidan keyin uni varoqlab, qanday qimmatli fikr va g‘oyalar, xulosalarga ega bo‘lganingizni tushunib yetasiz. Shu bilan birga u yerda turmush tashvishlari bilan bo‘lib, unutib qo‘ygan ba’zi narsalaringizni va hatto “o‘zingiz”ni topib olishingiz mumkin.

Eng asosiysi, shaxsiy kundalik yuritganda o‘zingizga nisbatan rostgo‘y bo‘lishingiz. Ushbu kundaliklarni sizdan boshqa hech kim o‘qimaydigandek yozing. Kimdir o‘qib qolsa nima bo‘ladi, qabilida yozish o‘z-o‘zini aldashdan boshqa narsa emas.
Hayotimiz yaxshi yo yomon tarafga o‘zgarishi, barcha muvaffaqiyat va yutuqlarimiz o‘zimizga bog‘liq. Shunday ekan nega o‘z kundaligimizni yozmasligimiz kerak?!


Bu ham qiziq

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!